Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining and Geology
12.5K subscribers
15.7K photos
1.14K videos
65 files
5.67K links
O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining rasmiy kanali

Batafsil: https://telegra.ph/Ozbekiston-Respublikasi-Tog-kon-sanoati-va-geologiya-vazirligi-04-17
Download Telegram
💠 “Moliyaviy savodxonlikni oshirish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimosti korxona va tashkilotlarining moliya, buxgalteriya, xaridlar, ichki audit xizmati hamda monopoliyaga qarshi komplayens sohasidagi xodimlarning malakasini oshirish, tizimda budjet mablagʻlarini maqsadli va samarali ishlatish yuzasidan “Moliyaviy savodxonlikni oshirish” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Seminarda “Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish”, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyul sanasidagi PF-100-sonli “Byudjet mablagʻlaridan foydalanish ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”ga Farmoni mazmun-mohiyati, “Raqobat qonunchiligi va uning buzilish ehtimollari hamda unga kiritilayotgan oʻzgarishlar”, “Xoʻjalik jamiyatlarida buxgalteriya hisobini yuritish”, “Davlat xaridlarini amalga oshirish”, “Davlat xaridlari jarayonida manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsiya xavf-xatarlarini aniqlash, oldini olish”, “Soliqlar va soliqqa tortish tartibi, debitorlik va kreditorlik qarzlarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”, “Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standarti” mavzularida ma’ruzalar va taqdimotlar qilindi.

Hisob palatasi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va istyemolchilarni huquqini himoya qilish qoʻmitasi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi xodimlari malakasini oshirish markazi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mutaxassislari, ekspertlari ishtirokidagi seminarlarda ishtirokchilar oʻzaro tajriba almashdilar va malakalarini oshirdilar.

🔹 🔹 🔹

💠 Проведен семинар на тему «Повышение финансовой грамотности»

Министерством горнодобывающей промышленности и геологии проведен семинар на тему «Повышение финансовой грамотности» по повышению квалификации работников служб финансов, бухгалтерского учета, закупок, внутреннего аудита и антимонопольного комплаенса подведомственных предприятий и организаций, целенаправленному и эффективному использованию бюджетных средств.

На семинаре были проведены лекции и презентации на темы: «Ведение бухгалтерского учета в бюджетных организациях», Суть и значение Указа Президента Республики Узбекистан от 10 июля 2024 года № УП-100 «О дополнительных мерах по усилению финансового контроля за использованием бюджетных средств», «Конкурентное законодательство и возможности его нарушения, а также вносимые в него изменения», «Учет в государственных закупках», «Осуществление государственных закупок», «Выявление, предупреждение рисков конфликта интересов и коррупции в процессе государственных закупок», «О налогах и порядке налогообложения, снижению дебиторской и кредиторской задолженности», «Международный стандарт финансовой отчетности».

На лекциях с участием специалистов, экспертов Счетной палаты, Министерства горнодобывающей промышленности и геологии, комитета по развитию конкуренции и защите прав потребителей, Института социально-духовных исследований при Республиканском центре духовности и просвещения, Центра повышения квалификации работников министерства сокращения бедности и занятости, Ташкентского государственного экономического университета участники обменялись опытом и повысили свои навыки.

#kongeologiya #mingeo #seminar #moliyaviy_savodxonlik #Hisob_palatasi #raqobat #soliqlar #budjet_mablaglari

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Kon-geologiya vazirligi va tizimosti korxonalarida davlat xaridlari jarayonida kontragentlarni tekshirish orqali korrupsiogen xavf-xatarlarini kamaytirish yuzasidan tadbir oʻtkazildi

Joriy yilning 1-noyabr kuni Kon-geologiya vazirligi va tizimosti korxonalarida davlat xaridlari jarayonida kontragentlarni tekshirish, manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsiogen xavf-xatarlarini aniqlash va oldini olish maqsadida soha masʼul xodimlari oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib borish, ularda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida maxsus seminar oʻtkazildi.

Mazkur tadbirda Kon-geologiya vazirligi hamda uning tizimosti korxonalarining xaridlar, buxgalteriya, moliya, ichki audit boʻlimlarining masʼul xodimlari va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining xodimlari ishtirok etdi.

Vazirlikning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlimi Sh.Sagʻdullayev yigʻilish ishtirokchilariga vazirlik va tizimosti tashkilotlarida davlat xaridlari jarayonida shaffof va samarali tizimni joriy etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdi.

Tadbirda yakunida mavzuga oid bir qator fikr mulohazalar bildirilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

🔹 🔹 🔹

💠 Проведено мероприятие на тему снижения коррупциогенных рисков путем проверки контрагентов в процессе государственных закупок в Мингеологии и его подведомственных предприятиях

1 ноября текущего года проведен семинар в целях проверки контрагентов в процессе государственных закупок, выявления и предупреждения коррупциогенных рисков и конфликтов интересов, проведения разъяснительной работы среди ответственных работников отрасли, формирования у них нетерпимого отношения к коррупции в Министерстве горнодобывающей промышленности и геологии и его подведомственных предприятиях.

В мероприятии приняли участие ответственные работники отдела закупок, бухгалтерии, финансов, внутреннего аудита, структур внутреннего антикоррупционного контроля Министерства горнодобывающей промышленности и геологии и его подведомственных предприятий.

Начальник отдела внутреннего антикоррупционного контроля Мингеологии Ш.Сагдуллаев рассказал участникам о проводимой работе по внедрению прозрачной и эффективной системы государственных закупок в министерствах и подведомственных организациях.

В завершение мероприятия был высказан ряд мнений по теме и даны ответы на вопросы участников.

#kongeologiya #mingeo #seminar #moliyaviy_savodxonlik #Hisob_palatasi #raqobat #soliqlar #budjet_mablaglari #korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Oʻzbekiston texnologik metallar kombinatida aksilkorrupsiya oyligi doirasida tadbir oʻtkazildi

Joriy yilning 15-noyabr kuni Oʻzbekiston texnologik metallar kombinatida “9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bagʻishlangan aksilkorrupsiya oyligi doirasida tadbir boʻlib oʻtdi.

Mazkur tadbirda Kombinat rahbariyati va xodimlari, Kon-geologiya vazirligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlimi boshligʻi Sh. Sagʻdullayev hamda Chiriq shahridagi huquq-taribot idoralarining masʼul xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida taqdimot materiallari yordamida korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvi tushunchasi, sohaga oid qabul qilingan normativ huquqiy hujjatlar, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlik, davlat xizmatchisi tomonidan qonunchilik normalarining buzilishi uni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos boʻlishi mumkinligi toʻgʻrisida batafsil tushuntirib oʻtildi.

🔹 🔹 🔹

💠 На АО «Узбекский комбинат технологический металлов» состоялось мероприятие в рамках месяца противодействия коррупции

15 ноября текущего года на АО «Узбекский комбинат технологический металлов» состоялось мероприятие в рамках антикоррупционного месяца, посвященного «9 декабря – Международному дню борьбы с коррупцией».

В мероприятии приняли участие руководство и сотрудники комбината, начальник отдела внутреннего антикоррупционного контроля Министерства горнодобывающей промышленности и геологии Ш. Сагдуллаев и ответственные сотрудники правоохранительных органов города Чирчик.

С помощью презентационных материалов были подробно разъяснены понятие коррупции и конфликта интересов, принятые нормативные правовые акты, относящиеся к отрасли, ответственность за коррупционные правонарушения, нарушения норм законодательства государственным служащим, которые могут служить основанием для привлечения его к ответственности в установленном законодательством порядке.

#kongeologiya #mingeo #Ozbekiston_texnologik_metallar_kombinati #korrupsiyaga_qarshi_kurashish #seminar #aksilkorrupsiya_oyligi

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Kon-geologiya vazirligi mutaxassislari Olmaotada oʻtkazilgan seminarda ishtirok etishdi

Qozogʻistonnning Olmaota shahrida Fransiya geologiya xizmati (BRGM) tomonidan “GARDENIA dasturiy taʼminoti: Global gidrogeologik modellashtirish” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi Suv muammolari instituti hamda Ekologiya vazirligi tizimidagi Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot instituti, shuningdek, gidrogeologiya, gidrologiya va gidrometriya boʻyicha mutaxassislar qatnashdi.

GARDENIA dasturiy taʼminoti boʻyicha nazariy (dasturiy taʼminot strukturasi, kiruvchi maʼlumotlar turlari, olinadigan natijalar) va amaliy (Oʻzbekistonning Toshkent viloyati boʻyicha gidrogeologiya, gidrologiya va gidrometriya monitoringi maʼlumotlari, ularni modellashtirish, kelgusi 5, 10, 20 va 30 yilda bashoratlash) ishlar amalga oshirilib, uni Oʻzbekiston sharoitida qoʻllash imkoniyatlari muhokama qilindi.

🔹 🔹 🔹

💠 Специалисты Мингеологии приняли участие в Алматинском семинаре

В городе Алматы французская Геологическая служба (BRGM) провела семинар на тему «Программное обеспечение GARDENIA: глобальное гидрогеологическое моделирование».

В нем приняли участие сотрудники Министерства горнодобывающей промышленности и геологии Республики Узбекистан, Института водных проблем в системе Министерства водного хозяйства и научно-исследовательского института гидрометеорологии в системе Министерства экологии, а также специалисты по гидрогеологии, гидрологии и гидрометрии.

Проведены теоретические (структура программного обеспечения, типы входящих данных, полученные результаты) и практические (данные гидрогеологического, гидрологического и гидрометрического мониторинга Ташкентской области Узбекистана, их моделирование, прогнозирование на ближайшие 5, 10, 20 и 30 лет) работы по программному обеспечению GARDENIA, обсуждены возможности его применения в условиях Узбекистана.

#kongeologiya #mingeo #BRGM #xalqaro_hamkorlik #seminar #Olmaota

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 “Navoiy kon-metallrugiya kombinati” AJ: Aksilkorrupsiya oyligi doirasida tadbir oʻtkazildi

Joriy yilning 12-dekabr kuni “Navoiy kon-metallrugiya kombinati” AJda “9-dekabr-Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni“ga bagʻishlangan navbatdagi tadbir boʻlib oʻtdi.

Unda “Navoiy KMK” AJ ijro apparati va tashkiliy boʻlinmalarning masʼul xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda Kon-geologiya vazirligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlimi boshligʻi Sh.Sagʻdullayev korrupsiyaga qarshi kurashish va uning huquqiy asoslari, manfaatlar toʻqnashuvi tushunchasi va turlari, odob-axloq qoidalari, uning prinsiplari hamda Odob-axloq komissiyasi vakolatlari toʻgʻrisida taqdimot qildi.

🔹 🔹 🔹

💠 АО «Навоийский горно-металлургический комбинат»: проведено мероприятие в рамках месяца противодействия коррупции

12 декабря текущего года в АО «НГМК» состоялось очередное мероприятие, посвященное Международному дню борьбы с коррупцией.

В нем приняли участие сотрудники центрального аппарата и организационных подразделений АО «НГМК».

На мероприятии начальник отдела внутреннего антикоррупционного контроля Мингеологии Ш.Сагдуллаев выступил с докладом и презентацией о противодействии коррупции и ее правовых основах, понятии и видах конфликта интересов, правилах этикета, принципах и полномочиях комиссии по этике.

#kongeologiya #mingeo #korrupsiyaga_qarshi_kurashish #NKMK #seminar #aksilkorrupsiya_oyligi #xalqaro_korrupsiyaga_qarshi_kurashish_kuni

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Elektron hujjatlar almashish samaradorligini oshirish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi

2025-yil 23-yanvar kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida “Raqamli hukumat” tizimi doirasida elektron hujjatlar almashish samaradorligini oshirish maqsadida o‘quv seminari o‘tkazildi.

Seminarda “Unicon Soft” MChJ mutaxassislari tomonidan “edo.ijro.uz” tizimidan samarali foydalanish, tizimning afzalliklari, hujjat yaratish, kelishish, imzolash, tahrirlash va boshqa qulayliklar haqida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, seminar davomida vazirlik xodimlari tizim bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

🔹 🔹 🔹

💠 Проведен семинар по повышению эффективности электронного документооборота

23 января 2025 года в Министерстве горнодобывающей промышленности и геологии был проведен обучающий семинар с целью повышения эффективности электронного обмена документами в рамках системы «Цифровое правительство».

На семинаре специалистами ООО «Unicon Soft» была предоставлена информация об преимуществах и эффективном использовании системы «edo.ijro.uz».

Также в ходе семинара сотрудники Мингеологии получили ответы на интересующие их вопросы.

#kongeologiya #mingeo #seminar #ijro_intizomi #Raqamli_hukumat

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Britaniya geologiya xizmati bilan hamkorlikda tashkil etilgan seminar-trening haqida

Geologiya fanlari universitetida Britaniya geologiya xizmati (BGS) bilan birgalikda 3D modellashtirish, yer osti suvlari, muhim metallar va ma’lumotlar vizualizatsiyasi yuzasidan seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, treninglar doirasida ishtirokchilarga veb-xaritalarni yaratish bo‘yicha maxsus kurs tashkil qilindi.

Seminar-treninglar 11-fevralga qadar davom etadi.

🔹 🔹 🔹

💠 О семинаре-тренинге, организованном в сотрудничестве с Британской геологической службой

В Университете геологических наук в сотрудничестве с Британской геологической службой (BGS) проводятся семинары-тренинги по 3D-моделированию, подземным водам, критическим металлам и визуализации данных.

Кроме того, в рамках тренингов для участников организован специальный курс по созданию веб-карт.

Семинары-тренинги продлятся до 11 февраля.

#kongeologiya #mingeo #GFU #seminar #xalqaro_hamkorlik #BGS

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Davlat xizmatida xodimlar faoliyatini strategik rejalashtirish yuzasidan seminar

2025-yil 11-fevral kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida davlat xizmatida xodimlar faoliyatini to‘g‘ri tashkil qilish hamda strategik rejalashtirish tizimini joriy qilishga qaratilgan seminar tashkil etildi. Tadbir vazirlik hamda GIZ xalqaro hamkorlari ishtirokida o‘tdi.

Muhokamalarda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi vakillari, vazirlik departament, boshqarma va bo‘lim boshliqlari, shuningdek xalqaro ekspert Damir Axmetovich ishtirok etdi.

Tadbir davomida davlat xizmati xodimlari faoliyatini strategik rejalashtirish, sohada inson resurslarini boshqarish tizimidan samarali foydalanishga e’tibor qaratildi. Xalqaro ekspert xodimlar ehtiyoji, shuningdek xodimlar bilan ishlash strategiyasi yuzasidan tahlil natijalari bilan tanishtirdi.

14-fevral kuni manfaatdor vazirliklar vakillari, idoralar hamda xalqaro hamkorlar ishtirokida loyihaning yakuniy bosqichi xulosalari bo‘yicha tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

🔹 🔹 🔹

💠 Семинар по стратегическому планированию кадров в государственной службе

11 февраля 2025 года в Министерстве горнодобывающей промышленности и геологии Республики Узбекистан прошел семинар, посвященный внедрению системы стратегического планирования кадров в государственной службе. Мероприятие организовано в рамках совместного проекта Министерства и международных партнеров GIZ.

В обсуждениях приняли участие представители Государственного агентства по развитию госслужбы (АРГОС), руководители подразделений и отделов Министерства, а также международный эксперт Дамир Ахметович.

Основное внимание было уделено проекту стратегического планирования кадров, который направлен на формирование эффективной системы управления человеческими ресурсами в отрасли.

Международный эксперт Дамир Ахметович представил результаты анализа кадровых потребностей, а также предложенные решения по развитию кадровой стратегии.

Семинар стал частью завершающего этапа реализации проекта, в рамках которого 14 февраля состоится заключительное мероприятие с участием заинтересованных министерств, ведомств и международных партнеров.

#kongeologiya #mingeo #seminar #ARGOS #GIZ

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Kon-geologiya sohasi matbuot kotiblari uchun seminar-trening o‘tkazildi

2025-yil 28-fevral kuni “Geologiya, tog‘-kon sanoati, metallurgiya sohasini ommaviy axborot vositalarida yoritishda yangicha yondashuv, o‘zaro hamkorlik, kommunikatsiyalar, tezkor axborot almashinuvini amalga oshirish, inqirozli vaziyatlarda maqbul yechim topish, samarali keyslardan va sun’iy intellektdan foydalanish” mavzusida seminar-trening tashkil qilindi.

Seminar treningda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimosti korxona hamda tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan matbuot kotiblari, Axborot xizmatlari xodimlari ishtirok etishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bo‘lim boshlig‘i M.Parpiyev, PR-xizmatlar faoliyati, matbuot pullini to‘g‘ri tashkil etish, PR-strategiya tuzish, inqirozli vaziyatlarda maqbul yechimlar topish bo‘yicha taqdimot qildi.

Shuningdek, AOKA mas’ul xodimi M.Fayziyev Axborot xizmatlari faoliyatida sun’iy intellekt texnologiyalaridan unumli foydalanish, fotosuratlar hamda videotasvirlarga AI texnologiyalari yordamida ishlov berish va sohaga aloqador boshqa zamonaviy texnologiyalar haqida ma’lumot berdi.

🔹 🔹 🔹

💠 Проведен семинар-тренинг для пресс-секретарей горно-геологической отрасли

28 февраля 2025 года состоялся семинар-тренинг на тему «Современные подходы к освещению геологии, горнодобывающей промышленности и металлургии в средствах массовой информации, взаимное сотрудничество, коммуникации, оперативный обмен информацией, поиск оптимальных решений в кризисных ситуациях, использование эффективных кейсов и искусственного интеллекта».

В семинаре-тренинге приняли участие пресс-секретари и сотрудники информационных служб предприятий и организаций, входящих в систему Министерства горнодобывающей промышленности и геологии.

Начальник отдела Агентства информации и массовых коммуникаций при Администрации Президента Республики Узбекистан М. Парпиев представил доклад о деятельности PR-служб, правильной организации пресс-пуллов, разработке PR-стратегий, а также о поиске оптимальных решений в кризисных ситуациях.

Кроме того, ответственный сотрудник АИМК М. Файзиев рассказал о продуктивном использовании технологий искусственного интеллекта в деятельности информационных служб, обработке фотографий и видеоматериалов с помощью AI-технологий, а также о других инновациях, применяемых в данной сфере.

#kongeologiya #mingeo #seminar_trening #AOKA #matbuot_kotiblari

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Gender tenglik masalalari bo‘yicha seminar tashkil qilindi

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Britaniya geologiya xizmati “Yashil energetikaga o‘tishda qo‘llab quvvatlash uchun Markaziy Osiy geologiya xizmatlari salohiyatini mustahkamlash” bo‘yicha hamkorligi doirasida Kon-geologiya vazirligi, Geologiya fanlari universiteti va ilmiy-tadqiqot institutlari uchun joriy yil 3-4-mart kunlari gender tenglik bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Seminarda Britaniya geologiya xizmatining Gender tenglik bo‘yicha katta ilmiy xodimlari Doktor Keeli Mills va Mariya Kariuki ishtirok etishdi.

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimida gender tenglik bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, xotin-qizlarga yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekistonda xotin-qizlarni tabiiy fanlar sohasiga jalb qilinishi, ularning faoliyati va ilmiy ishlardagi o‘rni haqida fikr almashildi.

🔹 🔹 🔹

💠 Организован семинар по вопросам гендерного равенства

В рамках сотрудничества Министерства горнодобывающей промышленности и геологии и Британской геологической службы «По укреплению потенциала геологических служб Центральной Азии для поддержки перехода к зеленой энергетике» 3-4 марта текущего года для сотрудников Мингеологии, Университета геологических наук и научно-исследовательских институтов был проведен семинар по гендерному равенству.

В семинаре приняли участие старшие научные сотрудники Британской геологической службы по вопросам гендерного равенства доктор Кеели Миллс и Мария Кариуки,.

Обсуждалась работа по обеспечению гендерного равенства в системе министерства горнодобывающей промышленности и геологии, условия и возможности, созданные для женщин.

Также состоялся обмен мнениями о вовлечении женщин в сферу естественных наук в Узбекистане, их деятельности и роли в научной работе.

#kongeologiya #mingeo #gender_tenglik #Britaniya_geologiya_xizmati #xalqaro_hamkorlik #seminar #GFU #MRI #GGI #NGKGQI

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM