2024-yil 22-avgust kuni Geologiya fanlari universitetida “Mineral resurslar instituti” DM tomonidan tashkil etilgan “Foydali qazilma konlarini geologik, mineralogik o‘rganish, ularni qazib olish, boyitish va foydali komponentlarini ajratib olish texnologiyalarining innovatsion yo‘nalishlari” xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.
Anjumanda 4 ta seksiya bo‘yicha “Foydali qazilma konlari geologiyasi istiqbolli maydonlarni prognozlash usullari”, “Konlar mineralogiyasi, geokimyosi, genezisi, strukturaviy, tektonik tuzilishi va boshqa bashoratlash mezonlari”, “Ma’danlarni qayta ishlash va ulardan foydali komponentlarni ajratib olishning innovatsion texnologiyalari” va “Foydali qazilma konlarini qazib olishda yangi texnologiyalar” kabi mavzularidagi taqdimotlar hamda muhokamalar o‘tkazildi.
Tadbirda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, uning tizimosti korxona va tashkilotlari vakillari, mahalliy va xorijlik mutaxassislar, xalqaro ekspertlar ishtirok etishdi.
22 августа 2024 года в Университете геологических наук прошла международная научно-практическая конференция «Геология и минералогия месторождений полезных ископаемых, инновационные направления добычи, обогащения и технологии извлечения ценных компонентов» организованная ГУ «Институт минеральных ресурсов».
На конференции в 4 секциях представлены презентации на такие темы, как «Геология месторождений полезных ископаемых и методы прогнозирования перспективных площадей», «Минералогия, геохимия, генезис, структурное, тектоническое строение и другие прогнозные критерии месторождений», «Инновационные технологии переработки руд и извлечения полезных ископаемых» и «Новые технологии в добыче полезных ископаемых».
В мероприятии приняли участие представители министерства горнодобывающей промышленности и геологии, его подведомственных предприятий и организаций, отечественные и зарубежные специалисты, международные эксперты.
#kongeologiya #mingeo #GFU #MRI #xalqaro_hamkorlik #xalqaro_ilmiy_amaliy_anjuman
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning 22-avgust kuni Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlimi boshligʻi Sh.Sagʻdullayev tomonidan “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ masʼul xodimlari uchun seminar oʻtkazildi.
Tadbir davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi PQ-81-son qarori talablariga muvofiq, korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash yoʻnalishlari va indikatorlarni bajarish boʻyicha taqdimot materiallari bilan tushuntirib oʻtildi.
Shuningdek, Kon-geologiya vazirligida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan tanishtirildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
22 августа текущего года начальником отдела внутреннего антикоррупционного контроля министерства горнодобывающей промышленности и геологии Ш.Сагдуллаевым проведен семинар для ответственных работников АО «Тепловые электрические станции».
В ходе мероприятия разъяснена эффективность работы по противодействию коррупции в соответствии с требованиями Постановления Президента Республики Узбекистан от 12 января 2022 года № ПП-81, продемонстрированы презентационные материалы по направлениям рейтинговой оценки и выполнению индикаторов.
Также представлена информация о проделанной работе в сфере противодействия коррупции в министерстве.
В завершение мероприятия были даны ответы на интересующие участников вопросы.
#kongeologiya #mingeo #korrupsiyaga_qarshi_kurash #seminar #Issiqlik_elektr_stansiyalari #hamkorlik
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Geologiya fanlari universiteti (GFU) hamda M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti (MDU) 2024/25-yilgi o‘quv yili uchun “Geologiya (Geofizika)” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasida qo‘shimcha qabul e’lon qildi.
O‘qish muddati - 4 yil (GFUda 2 yil va MDUda 2 yil). Talabalar oʻqishni tamomlagach, GFU va MDUning 2 ta diplomiga ega boʻladilar.
O‘qish to‘lov-shartnoma asosida amalga oshiriladi (soha korxona va tashkilotlari bilan kelishuv asosida ulardan moliyaviy ko‘mak olgan holda shartnoma pulini to‘lash imkoniyati mavjud).
Hujjatlarni qabul qilish onlayn tarzda joriy yil 25-avgustga qadar amalga oshiriladi.
Университет геологических наук (УГН) (Узбекистан, г. Ташкент) совместно с Московским государственным университетом имени М.В.Ломоносова (МГУ) объявляет дополнительный набор на 2024/2025 учебный год по подготовке бакалавров по направлению Геология (Геофизика).
По окончанию студенты получат 2 диплома УГН и МГУ.
Продолжительность обучения – 4 года (2 года в УГН в Ташкенте и 2 года в МГУ в Москве).
Обучение реализуется на платно-контрактной основе (имеется возможность оказания финансовой поддержки со стороны отраслевых компаний).
Подача документов осуществляется онлайн, до 25 августа 2024 года.
#kongeologiya #mingeo #GFU #MDU #qabul_2024
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kongeologiya #mingeo #Ozbekgeologiyaqidiruv #Ozbekiston_telekanali #Mahalla_telekanali
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentlar tegishli shartnomani imzolab, Oʻzbekiston-Ozarbayjon munosabatlarini ittifoqchilik darajasiga olib chiqdilar
#Mirziyoyev #tashrif #Ozarbayjon #hujjatlar
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#Mirziyoyev #tashrif #Ozarbayjon #hujjatlar
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashdilar
#Mirziyoyev #tashrif #Ozarbayjon #ishbilarmonlar
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#Mirziyoyev #tashrif #Ozarbayjon #ishbilarmonlar
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida videokonferensaloqa orqali Yer qaʼrini qidirish, foydalanish va muhofaza qilish boʻyicha Hukumatlararo kengash Ishchi guruhining to‘rtinchi yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda zamonaviy sharoitlarda geologiya va yer qa’ridan foydalanishning dolzarb yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Yig‘ilishda Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston va MDH kengashining Ijro qo‘mitasi vakillari ishtirok etishdi.
Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri maslahatchisi N.Xaqberdiyev Ishchi guruh yig‘ilishiga rahbarlik qildi.
Mutaxassislar foydali qazilmalar zaxiralari ekspertizasi milliy tizimlariga integratsiyalashgan holda MDHga aʼzo davlatlarning zaxiralari auditi boʻyicha yagona institutni tashkil etish bilan bogʻliq masalalarni muhokama qildilar. Shuningdek, zaxiralar, resurslarni baholash va foydali qazilmalarni ishlab chiqish bo‘yicha mutaxassislar va vakolatli shaxslar uchun o‘quv dasturi loyihalari hamda model axloq kodeksini ishlab chiqish kabi masalalar ham kun tartibida bo‘ldi.
Foydali qazilmalar zaxiralarini davlat ekspertizasi va auditi tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha tahliliy hisobot eshitildi, ushbu sohada MDHga a’zo davlatlarning ekspertlari va vakolatli shaxslar reyestrini yaratish maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi.
Barcha ma’lumotlar 2024-yil sentabr oyida yer qa’rini qidirish, undan foydalanish va muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo kengashning navbatdagi yig‘ilishida ko'rib chiqish uchun yuboriladi.
Ishchi guruhning navbatdagi majlisi 2025-yilning birinchi choragida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
#kongeologiya #mingeo #MDH #Hukumatlararo_kengash #Ishchi_guruh_yigilishi #xalqaro_hamkorlik
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM