Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining and Geology
13.1K subscribers
14.7K photos
1.04K videos
65 files
5.32K links
Download Telegram
💠 Osiyo taraqqiyot banki delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 19-avgust kuni Osiyo taraqqiyot banki (OTB) delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifi doirasida bank vakillari va mustaqil ekspertlar hamda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi rahbariyati ishtirokida uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuvda “Barqaror moliyalashtirish dasturi orqali Markaziy va Gʻarbiy Osiyo mamlakatlarida yashil tiklanishni taʼminlash” texnik koʻmak dasturi doirasida togʻ-kon korxonalarida atrof-muhit, ijtimoiy va boshqaruv (ESG) tamoyillarini keng joriy qilish, xususan iqlim strategiyasini ishlab chiqish, mutaxassislar malakasini oshirish hamda sohada suv resurslaridan samarali foydalanish kabi ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Vazirlik mutaxassislari hamda togʻ-kon sanoati va geologiya korxonalari vakillari tomonidan Osiyo taraqqiyot banki delegatsiyasining ishchi guruhlari bilan 19 – 26-avgust kunlari yana bir qator uchrashuvlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

🔹 🔹 🔹

💠 Состоялась встреча с делегацией Азиатского банка развития

19 августа текущего года в рамках визита делегации Азиатского банка развития (АБР) в Узбекистан была организована встреча представителей банка и независимых экспертов с руководством Министерства горнодобывающей промышленности и геологии.

На заседании в рамках программы технической помощи «Обеспечение зеленого восстановления в странах Центральной и Западной Азии посредством программы устойчивого финансирования» обсуждались вопросы широкого внедрения экологических, социальных и управленческих (ESG) принципов на горнодобывающих предприятиях, разработки климатической стратегии, повышения квалификации специалистов водной сферы и вопросы сотрудничества по таким приоритетным направлениям, как эффективное использование ресурсов.

19-26 августа планируется провести серию встреч рабочих групп делегации Азиатского банка развития со специалистами Мингеологии и предприятиями горнодобывающей промышленности и геологии.

#kongeologiya #mingeo #xalqaro_hamkorlik #OTB #uchrashuv

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
August 20, 2024
💠 Yer osti boyliklarini oʻzlashtirishga tadbirkorlar keng jalb etiladi

Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti boʻlib oʻtmoqda.

Qoraqalpogʻistonda yurtimizning barcha hududlaridan 300 ga yaqin tadbirkor va investorlar toʻplandi. Shuningdek, muloqotda xorijda biznesini yoʻlga qoʻygan yana 40 dan ziyod vatandoshlarimiz ishtirok etishayapti. Hududiy studiyalardan 3 mingga yaqin biznes vakillari qatnashmoqda.

Muloqot davomida yer osti boyliklarini oʻzlashtirishga tadbirkorlarni keng jalb etib, ishlab chiqarishni koʻpaytirish muhimligi taʼkidlandi.

Shu yilning oʻzidayoq 150 tadan ortiq kon va maydonlar tadbirkorlarga sotildi. Yil yakunigacha yana 300 ta kon va maydonlar tadbirkorlarga taklif qilinadi.

Qurilishda qum-shagʻalga ehtiyojni qoplash maqsadida 110 million kub metr zaxirali 172 ta kon ham tadbirkorlik uchun ajratiladi.

#kongeologiya #mingeo #Mirziyoyev #safar #Qoraqalpogiston #ochiq_muloqot #tadbirkorlarga_imkoniyatlar

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
August 20, 2024
💠 Namangan viloyatida noqonuniy qum-shag‘al qazib olgan mansabdorga chora ko‘rildi

Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan aniqlangan Namangan viloyati Kosonsoy tumani hududida mansab vakolatidan qasddan foydalanib, foydali qazilma qum-shag‘alni noqonuniy qazib olib, davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilganligi holati yuzasidan ochilgan jinoyat ishi tuman sudida ko‘rib chiqildi.

Kosonsoy tuman sudining qaroriga asosan mansab vakolatidan qasddan foydalanib, foydali qazilma qum-shag‘alni noqonuniy qazib olib, davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan G‘.D. ga nisbatan 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi hamda 500 million so‘mdan ortiq zararni xatlangan ko‘chmas mulklar va ashyoviy dalillar evaziga, shuningdek boshqa mablag‘lar hisobidan qoplash yuzasidan sud hukmi o‘qildi.

🔹 🔹 🔹

💠 Приняты меры в отношении лица незаконно добывавшего песок и гравий в Наманганской области

В районном суде рассмотрено уголовное дело, возбужденное по факту умышленного использования должностных полномочий на территории Косонсайского района Наманганской области при незаконной добыче полезных ископаемых песчано-гравийной смеси, повлекшей причинение значительного ущерба интересам государства.

Данная ситуация была выявлена Инспекцией по надзору в сфере горнодобывающей промышленности и геологии.

На основании решения Косонсайского районного суда был вынесен приговор в отношении гражданина Г.Д., умышленно злоупотреблявшего должностными полномочиями, незаконно добывавшего песчано-гравийные полезные ископаемые и причинившего существенный ущерб интересам государства, к ограничению свободы сроком на 2 года и возмещению ущерба на сумму более 500 миллионов сумов за счет недвижимого имущества и вещественных доказательств, а также за счет иных средств.

#kongeologiya #mingeo #TKSGSNQI #sud_hukmi

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
August 20, 2024
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💠 Yer osti boyliklarini oʻzlashtirishga tadbirkorlar keng jalb etiladi

🔹 🔹 🔹

💠 Предприниматели будут широко участвовать в освоении недр

#kongeologiya #mingeo #Mirziyoyev #safar #Qoraqalpogiston #ochiq_muloqot #tadbirkorlarga_imkoniyatlar

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
August 20, 2024
August 20, 2024
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
August 20, 2024
💠 Kon-geologiya vazirligi mutasaddilari Shveysariya loyihasi doirasidagi uchrashuvda ishtirok etishdi

Samarqand shahrida Zarafshon daryosi havzasining Oʻzbekiston hududidagi qismida suv resurslarini kompleks boshqarishni takomillashtirish yuzasidan kengashi aʼzolarining birinchi ishchi yigʻilishi oʻtkazildi.

Unda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi vakillari, Qashqadaryo, Navoiy, Jizzax hamda Buxoro viloyatlaridan sohaga aloqador maʼsullar ishtirok etishdi.

Tadbirda “Zarafshon daryosi havzasida suv resurslarini iqlim oʻzgarishini hisobga olgan holda boshqarish” dasturi, undagi loyihalar samarasi, mahalliy aholining turmush farovonligini oshirishga qoʻshadigan hissasi haqida soʻz yuritildi.

🔹 🔹 🔹

💠 Представители Мингеологии приняли участие во встрече в рамках швейцарского проекта

В городе Самарканде состоялось первое рабочее заседание членов Совета по совершенствованию комплексного управления водными ресурсами в бассейне реки Зарафшан на территории Узбекистана.

В нем приняли участие представители министерства горнодобывающей промышленности и геологии, ответственные лица из Кашкадарьинской, Навоийской, Джизакской и Бухарской областей.

На мероприятии говорилось о программе «Управление водными ресурсами в бассейне реки Зарафшан с учетом изменения климата», результатах реализуемых в ней проектов, о вкладе в повышение благосостояния местного населения.

#kongeologiya #mingeo #Samarqand #xalqaro_hamkorlik #Shveysariya_loyihasi

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
August 21, 2024
💠 Mansab vakolatini suiste’mol qilib davlatga zarar yetkazgan holda noqonuniy qum-shag‘al qazib olish holati bo‘yicha jinoyat ishi sudda ko‘rib chiqildi

Namangan viloyati Namangan tuman sudida Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan aniqlangan mansab vakolatini suiste’mol qilib noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olib, davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan F.P. ning jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Sud hukmiga asosan F.P. ga nisbatan 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi hamda umumiy miqdorda 278,3 mln so‘mlik zararni Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi foydasiga undirilishi haqida qaror chiqarildi.

🔹 🔹 🔹

💠 Уголовное дело по факту незаконной добычи песчано-гравийной смеси в ущерб государству путем злоупотребления должностными полномочиями рассмотрено в суде

В Наманганском районном суде Наманганской области было рассмотрено уголовное по факту злоупотребления должностными полномочиями, незаконной добычи песчано-гравийную смеси со стороны гражданина Ф.P., причинивший существенный ущерб интересам государства, выявленный Инспекцией по надзору в сфере горнодобывающей промышленности и геологии.

На основании приговора суда в отношении Ф.P. назначено наказание в виде ограничения свободы сроком на 2 года и вынесено решение о взыскании в пользу Инспекции по надзору в сфере горнодобывающей промышленности и геологии ущерба на общую сумму 278,3 млн. сумов.

#kongeologiya #mingeo #TKSGSNQI #sud_hukmi

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
August 22, 2024
💠 Geologiya fanlari universitetida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi

2024-yil 22-avgust kuni Geologiya fanlari universitetida “Mineral resurslar instituti” DM tomonidan tashkil etilgan “Foydali qazilma konlarini geologik, mineralogik o‘rganish, ularni qazib olish, boyitish va foydali komponentlarini ajratib olish texnologiyalarining innovatsion yo‘nalishlari” xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.

Anjumanda 4 ta seksiya bo‘yicha “Foydali qazilma konlari geologiyasi istiqbolli maydonlarni prognozlash usullari”, “Konlar mineralogiyasi, geokimyosi, genezisi, strukturaviy, tektonik tuzilishi va boshqa bashoratlash mezonlari”, “Ma’danlarni qayta ishlash va ulardan foydali komponentlarni ajratib olishning innovatsion texnologiyalari” va “Foydali qazilma konlarini qazib olishda yangi texnologiyalar” kabi mavzularidagi taqdimotlar hamda muhokamalar o‘tkazildi.

Tadbirda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, uning tizimosti korxona va tashkilotlari vakillari, mahalliy va xorijlik mutaxassislar, xalqaro ekspertlar ishtirok etishdi.

🔹 🔹 🔹

💠 В Университете геологических наук прошла международная научно-практическая конференция

22 августа 2024 года в Университете геологических наук прошла международная научно-практическая конференция «Геология и минералогия месторождений полезных ископаемых, инновационные направления добычи, обогащения и технологии извлечения ценных компонентов» организованная ГУ «Институт минеральных ресурсов».

На конференции в 4 секциях представлены презентации на такие темы, как «Геология месторождений полезных ископаемых и методы прогнозирования перспективных площадей», «Минералогия, геохимия, генезис, структурное, тектоническое строение и другие прогнозные критерии месторождений», «Инновационные технологии переработки руд и извлечения полезных ископаемых» и «Новые технологии в добыче полезных ископаемых».

В мероприятии приняли участие представители министерства горнодобывающей промышленности и геологии, его подведомственных предприятий и организаций, отечественные и зарубежные специалисты, международные эксперты.

#kongeologiya #mingeo #GFU #MRI #xalqaro_hamkorlik #xalqaro_ilmiy_amaliy_anjuman

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
August 22, 2024