Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining and Geology
12.5K subscribers
15.7K photos
1.14K videos
65 files
5.67K links
O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining rasmiy kanali

Batafsil: https://telegra.ph/Ozbekiston-Respublikasi-Tog-kon-sanoati-va-geologiya-vazirligi-04-17
Download Telegram
💠 Universitetda kitob yarmarkasi tashkil etildi

Kitob — qalblarni yorituvchi nur, tafakkurni boyituvchi xazina, kamolot cho‘qqisi va ma’naviy komillikka yetaklovchi hamroh.

Geologiya fanlari universitet kampusida “Sharq” nashriyot matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bilan hamkorlikda kitob yarmarkasi tashkil etildi.

Ushbu kitobxonlik tadbirida universitetning professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqot instituti tadqiqotchilari, xodimlar va talabalar yangi nashr etilgan ilmiy-ommabop, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy, huquqiy adabiyotlar bilan yaqindan tanishdilar.

✍️✍️✍️

💠 В университете организована книжная ярмарка

Книга - сокровище, обогащающее души, вершина зрелости и спутник, ведущий к духовному совершенствованию.

В кампусе университета геологических наук совместно с издательской полиграфической компанией “Шарк” организована книжная ярмарка.

На этом мероприятии участвовали профессорско-преподавательский состав университета, исследователи научно-исследовательских институтов, а также студенты.

Они ознакомились с недавно изданной научно-популярной, социально-политической, духовно-просветительской, литературно-художественной, юридической литературой.

#kongeologiya #mingeo #GFU #kitob_yarmarkasi #Sharq

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Yoshlarni geologiya sohasiga yoʼnaltirish ishlari tizimli tashkil etilmoqda

Kitob tumani 68-sonli umumiy oʼrta taʼlim maktabining 7-sinf oʼquvchilari uchun “Kitob geologiya milliy tabiat bogʼi” DM dala bazasi hududi hamda muzeyiga ekskursiya tashkilllashtirildi. Oʼquvchilar orasida davra suhbatlari oʼtkazildi.

Bunday tadbirlar maktablarda taʼlim olayotgan oʼquvchilarda geologiya sohasiga qiziqishni uygʼotish hamda yoshlarning kelajakda ushbu sohani egallashlari uchun koʼmak beradi.

✍️✍️✍️

💠 Организуется работа по привлечению молодежи в геологическую отрасль

Для учащихся 7 класса средней общеобразовательной школы № 68 Китабского района была организована экскурсия по территории полевой базы ГУ “Китабский национальный геологический природный парк ”, а также в музей учреждения. Среди учащихся были проведены ознакомительные беседы.

Такие мероприятия способствуют пробуждению интереса к геологии у учащихся, обучающихся в школах, а также будущему освоению этой отрасли молодежью.

#kongeologiya #mingeo #yoshlar #kitob_milliy_bogi

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Kitob geologiya milliy tabiat bogʼi” DMga talabalar tashrif buyurdilar

Qarshi Davlat universitetining geografiya fakulteti talabalari oʼquv yili mobaynida olgan nazariy bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida “Kitob geologiya milliy tabiat bogʼi” DMga tashrif buyurishdi.

Talabalar tabiiy sharoitlarda geologik jarayonlarni kuzatdilar. Muassasa mutaxassislari tomonidan geologiya tabiat bogʼining yaratilishi, tarixi, paleontologiya, litologiya hamda paleozoy erasining ordovik, silur, devon davri yotqiziqlari xaqida maʼlumot berildi.

Tadbir soʼnggida “Kitob geologiya milliy tabiat bogʼi” DM muzeyiga ekskursiya uyuushtirildi.

📝📝📝

💠 Студенты посетили ГУ «Китабский геологический национальный природный парк»

Студенты факультета географии Каршинского государственного университета с целью дальнейшего закрепления теоретических знаний, полученных в течение учебного года посетили ГУ «Китабский геологический национальный природный парк».

Студенты наблюдали за геологическими процессами в естественных условиях. Специалисты учреждения предоставили информацию о создании геологического природного парка, его истории, палеонтологии, литологии, отложениях ордовикского, силурийского и девонского периодов палеозойской эры.

В завершение мероприятия была организована экскурсия в музей Китабского геологического парка.

#kongeologiya #mingeo #talabalar #kitob_milliy_bogi

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Kitob geologiya milliy tabiat bog‘iga mahalliy sayyohlar bilan bir qatordag xorijiy sayyohlar ham tashrif buyurmoqdalar

Germaniya va Shveysariya davlatlaridan velosport bilan shug‘ullanuvchi sayyohlar Kitob geologiya milliy tabiat bog‘iga tashrif buyurishdi. Xorijiy sayyohlar Kitob geoparkining turistik faoliyati bilan tanishdilar, tabiat qo‘ynida maroqli hordiq chiqardilar.

📝📝📝

💠 Китабский геологический национальный природный парк посещают как местные, так и иностранные туристы

В Китабский геологический национальный природный парк приехали велотуристы из Германии и Швейцарии. Иностранные туристы ознакомились с туристической деятельностью Китабского геопарка и приятно отдохнули на лоне природы.

#kongeologiya #mingeo #kitob_milliy_bogi #Germaniya #Shveysariya #velosport #sayyohlar

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Paleontologlar Chakil-Kalon tog‘ tizmasi va Kindiktepa vodiysi yaqinida o‘rganishlar o‘tkazdi

Kitob geologiya milliy tabiat bog‘i” DM paleontologlari Chakil-Kalon tog‘ tizmasi Xauzieramko tepaligida va Kindiktepa vodiysiga yaqin hududlarda o‘rganishlar olib bormoqda.

O‘rganish jarayonida tog‘ jinslar tarkibidagi organik qoldiqlar tahlil qilinib, izlanishlar natijasi ilmiy faoliyatga hamda milliy tabiat bog‘i bazasini kengaytirishga xizmat qiladi.

📝📝📝

💠 Палеонтологи проводили исследования вблизи хребта Чакил-Калон и долины Киндиктепа.

Палеонтологи «Китабского геологического национального природного парка» проводят исследования на сопке Хаузиерамко Чакил-Калонского хребта и на участках вблизи долины Киндиктепа.

В ходе исследования анализируются органические остатки в горных породах, а результаты исследования послужат научной деятельности и расширению базы национального природного парка.

#kongeologiya #mingeo #Kitob #paleontologlar #organik_qoldiqlar

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Janubiy Chaqilqalon togʻlarida olib borilayotgan geologiya qidiruv ishlari xususida

Oʻzbekiston Respublikasi Tog'-kon sanoati va geologiya vazirligi Geologiya fanlari universiteti “Mineral resurslar instituti” DM xodimlari tomonidan Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Janubiy Chaqilqalon togʻlarida geologiya qidiruv ishlarini amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, hududda “Janubiy Oʻzbekiston va Molguzar togʻlarining togʻli va togʻ oldi hududlarining zamonaviy analitik usullar yordamida hamda ularning amalga oshirishning oqilona texnologiyalariga asoslangan holda 1:100 000 miqyosdagi koʻp maqsadli geokimyoviy xaritasini tuzish” loyihasi boʻyicha dala tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

📝📝📝

💠 О геологоразведочных работах, проводимых в горах Южный Чакилкалян

Сотрудники ГУ “Институт минеральных ресурсов” Университета геологических наук Министерства горнодобывающей промышленности и геологии Республики Узбекистан проводят геологоразведочные работы в горах Южный Чакилкалян Китабского района Кашкадарьинской области.

Также на территории ведутся полевые исследования по проекту “Составление многоцелевой геохимической карты горных и предгорных районов Южного Узбекистана и Молгузар в масштабе 1:100 000 с использованием современных аналитических методов и рациональных технологий”.

#kongeologiya #mingeo #MRI #GFU #Chaqilqalon #Molguzar #Kitob #Qashqadaryo #geologiya_qidiruv_ishlari

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠Kitob geologiya milliy tabiat bog‘i” DM vakillari Olmaotada tashkil qilingan xalqaro geoforumda qatnashishdi

Kitob geologiya milliy tabiat bog‘i” DM xodimlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida “YuNESKO global geoparklari barqaror rivojlanish va hamkorlik uchun” mavzusida tashkil qilingan xalqaro geoforumda ishtirok etishdi.

Forum doirasida Markaziy Osiyoda YuNESKO global geoparklarini yaratishda mavjud muammolar, YuNESKO talablari, geologik meros va uning muhofazasi mavzusida suhbat hamda taqdimotlar bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, Markaziy Osiyodagi salohiyati yuqori bo‘lgan geoparklar, YuNESKO global geoparkini tashkil qilish mumkin bo‘lgan hududlar o‘rganildi. Qozog‘iston Respublikasi Jambil viloyatida joylashgan “Qoratau” geoparkidagi geologik obyektlarga dala tashrifi uyushtirildi.

🔹 🔹 🔹

💠 Представители ГУ «Китабский геологический природный парк» приняли участие в международном геофоруме в городе Алматы

Сотрудники ГУ «Китабский геологический природный парк» приняли участие в международном геофоруме «Глобальные геопарки ЮНЕСКО для устойчивого развития и сотрудничества», организованном в городе Алматы (Казахстан).

В рамках форума состоялась беседа и презентации по актуальным проблемам создания глобальных геопарков ЮНЕСКО в Центральной Азии, требованиям ЮНЕСКО, геологическому наследию и его охране.

Также были изучены геопарки с высоким потенциалом в Центральной Азии, а также территории, на которых можно создать глобальный геопарк ЮНЕСКО. Была организована полевая поездка к геологическим объектам геопарка «Каратау», расположенного в Жамбылской области Республики Казахстан.

#kongeologiya #mingeo #Kitob_GMTB #Olmaota #YuNESKO #xalqaro_hamkorlik #geopark

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ “Hisor” MGQE hamda “Kitob geologiya milliy tabiat bog‘i” DM uyushtirilgan press-tur tafsilotlari

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ “Hisor” markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasiga press-tur tashkillashtirildi.

Press tur davomida ishtirokchilarga dastlab “Samarqand” MGQE faoliyati, ekspeditsiyada amalga oshirilayotgan laboratoriya tadqiqotlari haqida ma’lumot berildi.

Keyinchalik, press turning ikkinchi kunida “Hisor” MGQE mutaxassislari ekspeditsiya obyektlari, jumladan “Akba” istiqbolli uchastkasida qilinayotgan burg‘ilash, lahim o‘tish ishlari xususida jurnalistlarga, tadbir ishtirokchilariga batafsil gapirib berdilar.

Uchinchi kuni ishtirokchilar“Kitob geologiya milliy tabiat bog‘i” DM faoliyati bilan tanishib, Xalqaro geologiya stratigrafik hamjamiyati tomonidan dunyoda yagona deb e’tirof etilgan “Zinzilban” geologik kesmasi xalqaro stratigrafik etalon – ems yarusining quyi chegarasi standarti yoki tayanch nuqta deb tan olinganligini bilib oldilar.

Zinzilban kesmasi 1989-yilda Xalqaro stratigrafiya komissiyasining 28-xalqaro kongressida quyi devon yotqiziqlarining ems yarusi quyi chegarasini xalqaro miqyosda mutlaq yoshini ajratish birligi sifatida qabul qilingan. 1996-yilda Xalqaro geologik fanlar ittifoqi (IUGS) tomonidan tayanch nuqta deb tan olingan va “Oltin qoziq” mavqei berilgan.

Press-tur tadbiri O‘zA, Manzur, Darakchi, “Xalq so‘zi” 1, 2 kabi nashrlarda, “Mening yurtim” telekanali “Hudud”, “Renessans TV” telekanalining “Ovoza” dasturida 1, 2, “Qashqadaryo TV” telekanali “Qashqadaryo axboroti” ko‘rsatuvida keng yoritildi.

Shuningdek, tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining tizimosti korxonalari “O‘zmetkombinat” AJ, “Geologiya va geofizika instituti” DM, “Mineral resurslar instituti” DM, “Tog‘-kon va geologiya sohasi xodimlari malakasini oshirish instituti” DM, “O‘zbekko‘mir” AJ kabilarda tadbir to‘g‘risida postlar, lavhalar tayyorlandi.

#kongeologiya #mingeo #press_tur #Ozbekgeologiyaqidiruv #Hisor_MGQE #Kitob_GMTB #Mening_yurtim #Hudud #Renessans_TV #Qashqadaryo_TV #Xalq_sozi #UzA #Manzur #Darakchi #Ovoza #Akba_uchastkasi

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qashqadaryo viloyatini kompleks rivojlantirishning ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi

Davlat rahbari yig‘ilish avvalida viloyatdagi o‘zgarishlarga, xalqning turmush tarzidagi sezilarli siljishlarga alohida e’tibor qaratdi:

“Viloyatdagi o‘zgarishlarni ko‘rib, odamlar bilan gaplashib, islohotlarimiz ularning hayotiga shiddat bilan kirib borayotganiga yana bir bor amin bo‘ldim. Oldinlari bitta viloyatdagi o‘zgarishlar bilan tanishishga bir kun yetardi. Shu kunlarga yetib keldik, hozir bitta tumanga bir hafta ham kam”, —

dedi davlatimiz rahbari.

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, joriy yilda viloyatga 3,5 milliard dollarlik investitsiyalarni jalb qilish rejalashtirilgan. Bu raqam so‘nggi yillarda viloyat iqtisodiyotida kuzatilayotgan yuqori sur’atdagi o‘sishni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ayniqsa, Koson, Kitob va Chiroqchi tumanlarida investitsiya hajmi oxirgi besh oyda qariyb ikki barobarga oshgani alohida qayd etildi. Bu ko‘rsatkich hududlar salohiyatini yuzaga chiqarishda amalga oshirilayotgan ishlar samarasi ekanini ko‘rsatadi.

Shu bilan birga, hali ham sanoat yetib bormagan 12 ta kon mavjudligi qayd etildi. Bugungi kunda qurilish materiallari sohasida 150 million dollarlik 16 ta loyiha tayyor holatga keltirilgan. Prezident mutasaddilarga bu kabi konlarni auksionga chiqarish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.

Qiziqarli ma’lumotlardan biri shundaki, Kitob tumanidagi 100 gektar maydonda 20 tonna oltin zaxirasi aniqlangan. Bu yerda tabiatga zarar yetkazmasdan, yopiq texnologiyalar asosida oltin qazib olishga 100–150 million dollar sarmoya kiritishga tayyor investorlar borligi ma’lum qilindi. Davlat rahbari ushbu konni ham auksionga chiqarish zarurligini ta’kidladi.

Shuningdek, Kitobda yana 5 ta istiqbolli maydonda 39 tonna oltin, Chiroqchi tumanida esa 10 ming tonna noyob metallar zaxirasi aniqlangani va bu hududlarda geologiya ishlarini boshlash bo‘yicha topshiriq berilgani Qashqadaryoning kelajakdagi industrial markazga aylanish imkoniyatlarini ochib bermoqda.

#Mirziyoyev #safar #Qashqadaryo #yigilish #kongeologiya #mingeo #yer_qaridan_foydalanish #Kitob_tumani #istiqbolli_maydonlar #Chiroqchi_tumani

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
💠 Geologik hamkorlik doirasida Kitobda dala ishlari olib borildi

Rossiya Federatsiyasi Fanlar akademiyasi Geologiya instituti (GIN RAN) yetakchi tadqiqotchisi, geologiya-mineralogiya fanlari doktori Andrey Dronov “Kitob geologiya milliy tabiat bog‘i” DM hududida dala tadqiqot ishlarini olib bordi. U o‘z ishida Yevrosiyo ordovik yotqiziqlarini taqqoslash asosida o‘rganishga e’tibor qaratdi.

Tadqiqot davomida Shahrio‘mon-1, Shahrio‘mon-2, Shahrio‘mon-2a va Novobak (silur davri) geologik kesmalari o‘rganilib, laboratoriya tahlillari uchun namunalar olindi. Ishlarda mahalliy geolog olimlar tomonidan uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatildi.

To‘plangan namunalar ilmiy tahlil uchun olib ketildi. Natijalar 2025-yil avgust–sentabr oylarida e’lon qilinishi rejalashtirilgan. Ushbu hamkorlik geologiya sohasida xalqaro ilmiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

🔹 🔹 🔹

💠 В рамках геологического сотрудничества в Китабском геологическом парке проведены полевые исследования

Ведущий научный сотрудник Геологического института Российской академии наук (ГИН РАН), доктор геолого-минералогических наук Андрей Дронов провел полевые исследования на территории Китабского национального геологического природного парка. В своей работе он сосредоточился на сравнительном изучении ордовикских отложений Евразии.

В ходе исследований были обследованы стратиграфические разрезы Шахриомон-1, Шахриомон-2, Шахриомон-2а и Новобак (силур), отобраны образцы для лабораторных анализов. Методическая и практическая помощь в проведении работ была оказана местными геологами.

Собранные образцы доставлены для научного анализа. Публикация результатов ожидается в августе–сентябре 2025 года. Данное сотрудничество способствует укреплению международных научных связей в области геологии.

#kongeologiya #mingeo  #kitob_milliy_bogi #Rossiya #xalqaro_hamkorlik #Shahriomon_1 #Shahriomon_2 #Shahriomon_2a #Novobak

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM