“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati o‘z tarixida “S&P Global Ratings” xalqaro reyting agentligi tomonidan birinchi kredit reytingini oldi.
Kompaniyaga O‘zbekiston Respublikasining suveren reytingiga muvofiq “Barqaror” prognozi bilan “BB-” uzoq muddatli kredit reytingi berildi.
“S&P Global Ratings” xalqaro reyting agentligi reytingni baholash doirasida bir vaqtning o‘zida Kompaniyaning kreditga layoqatlilik xususiyatlarini (SACP) bb+ darajasida baholadi, bu bugungi kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi korxonalari orasidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.
“S&P Global Ratings” xalqaro reyting agentligi hisobotiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida joylashgan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ 2023-yil yakuniga ko‘ra 2,9 million unsiya oltin ishlab chiqargan, jahonda to‘rtinchi yirik oltin ishlab chiqaruvchi korxona hisoblanadi. Kompaniya ishlab chiqarish tannarxining arzonligi va boy resurs bazasi, shuningdek, qarz yukining konservativ ko'rsatkichlari: aylanma kapitalda o‘zgarishgacha operatsion faoliyatdan pul oqimi (FFO) qarzga nisbatan ko‘rsatkichining 60 foizdan barqaror oshishi bilan ajralib turadi.
2023-yil yakuni bo‘yicha “NKMK” AJda oltinning bir unsiyasi uchun ishlab chiqarishning umumiy xarajati (TCC) 745 AQSh dollarini tashkil etdi va reyting agentligi baholagan kompaniyalar orasida eng past ko‘rsatkichlardan biridir. “S&P Global Ratings” reyting agentligi hisobotida oltin narxining qulay konyunktura sharoitida “NKMK” AJ tomonidan kelgusi yillarda yuqori operatsion va moliyaviy ko‘rsatkichlarga erishishi taʼkidlandi.
АО «Навоийский горно-металлургический комбинат» получил первый в своей истории кредитный рейтинг от агентства S&P Global Ratings. Компании присвоен долгосрочный кредитный рейтинг «BB-» с прогнозом «Стабильный», что соответствует суверенному кредитному рейтингу Узбекистана.
В рамках рейтинговой оценки, агентство S&P Global Ratings одновременно произвело оценку характеристик собственной кредитоспособности (SACP) Компании на уровне bb+, это самый высокий уровень, который когда-либо присваивался предприятиям из Республики Узбекистана.
Согласно отчету рейтингового агентства S&P Global Ratings: «АО «Навоийский горно-металлургический комбинат», расположенный в Республике Узбекистан, является четвертым по величине производителем золота в мире с объемом производства 2,9 млн унций по итогам 2023 года, выгодно отличаясь низкой себестоимостью производства и богатой ресурсной базой, а также консервативными показателями долговой нагрузки: денежный поток от операционной деятельности до изменений в оборотном капитале (FFO) к долгу стабильно превышает 60%».
На конец 2023 года общие денежные затраты (TCC) НГМК составили 745 долларов США на унцию золота, что является одним из самых низких показателей среди компаний, оцениваемых рейтинговым агентством. S&P Global Ratings ожидает, что при благоприятных ценах на золото НГМК будет демонстрировать высокие операционные и финансовые показатели в ближайшие годы.
#kongeologiya #mingeo #NKMK #SPGlobal_Ratings
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning 4-iyul kuni vazirlik xodimlariga “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonun va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori talablarini yetkazish maqsadida seminar oʻtkazildi.
Tadbirda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi ijro apparati boshqarma va boʻlimlar rahbar va mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Uni Kon-geologiya vaziri maslahatchisi M. Pirojkov boshqarib, mazkur Qonunning mazmun-mohiyati toʻgʻrisida ma’lumotlar berib o‘tdi.
Shuningdek, vazirlikning Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlimi boshligʻi Sh.Sagʻdullayev o‘z taqdimotida manfaatlar toʻqnashuvi tushunchasi va turlari, manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish maqsadida davlat tashkiloti xodimiga belgilangan cheklovlar hamda Odob-axloq komissiyasining va davlat organlarining manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari toʻgʻrisida batafsil tushuntirib berdi.
Tadbir yakunida mavzu doirasida fikr-mulohazalar bildirilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.
4 июля текущего года был проведен семинар в целях доведения до сотрудников министерства требований закона «О конфликте интересов» и постановления Президента Республики Узбекистан «О мерах по эффективной организации исполнения Закона Республики Узбекистан «О конфликте интересов».
В мероприятии приняли участие руководители управлений, отделов и ответственные лица исполнительного аппарата министерства горнодобывающей промышленности и геологии. Советник министра М. Пирожков представил информацию участникам семинара о сути и содержании данного закона.
Также начальник отдела внутреннего контроля по противодействия коррупции Ш.Сагдуллаев в своем презентационном материале подробно разъяснил понятие и виды конфликта интересов, ограничения, налагаемые на работника государственной службы в целях предупреждения конфликта интересов, а также полномочия комиссии по этике и государственных органов в области регулирования отношений, связанных с конфликтом интересов.
В завершение мероприятия были высказаны мнения в рамках темы и даны ответы на вопросы участников.
#kongeologiya #mingeo #korrupsiyaga_qarshi_kurash #manfaatlar_toqnashuvi #seminar #Manfaatlar_toqnashuvi_togrisidagi_Qonun
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ tomonidan Buxoro viloyati Peshku tumanida joylashgan “Taskazgan” uchastkasida grafit ma’daniga geologik qidiruv ishlari olib borilmoqda.
Loyiha doirasida uchastkada jami 14 400 p.m. kolonkali hamda geotexnik burg‘ilash ishlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, ushbu geologik qidiruv ishlariga jamiyatning “Qizilqum” MGQE va “Hisor” MGQEdan zamonaviy gidrofitsirlashgan burg‘ilash uskunalari jalb qilingan.
Olingan kern namunalari xalqaro JORC kodeksi asosida hujjatlashtirilib, tahlillar uchun laboratoriyalarga jo‘natildi.
Bundan tashqari “Taskazgan” uchastkasida 1 000 p.m. gidrogeologik burg‘ilash ishlari “Qizilqum” MGQE tomonidan amalga oshirilmoqda.
АО «Узбекгеологоразведка» ведет геологоразведочные работы на графитовом месторождении «Тасказган», расположенном в Пешкунском районе Бухарской области.
В рамках проекта на участке предусмотрено проведение колонного и геотехнического бурения общей протяженностью 14 400 п.м, в данных геологоразведочных работах было задействовано современное гидрофицированное буровое оборудование «Кызылкумского» и «Гисарского» ЦГРЭ.
Полученные образцы керна были задокументированы в соответствии с международным кодексом JORC и для анализа отправлены в лаборатории.
Кроме того, на участке «Тасказган» «Кызылкумская» ЦГРЭ проводится гидрогеологическое бурение на 1 000 п.м.
#kongeologiya #mingeo #Ozbekgeologiyaqidiruv #Qiziliqum_MGQE #Hisor_MGQE #Tasqazgan #geologiya_ishlari #burgilash_ishlari
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida Oʻzbekiston Respublika Prezidentining 2024-yil 28-fevraldagi “Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish Agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-91-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilayotgan Texnik reglamentlarning holati va standartlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan tadbirlar, texnik reglamentlar muhokamasi tashkil etildi.
Vazir B.F. Islamov boshchiligida oʻtkazilgan muhokamalarda “Togʻ-kon sanoati va geologiya” sohasida standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita” faoliyati tashkil etilgani hamda mazkur qoʻmitaning soha tashkilotlari qoʻllaniladigan standartlarni milliy, xalqaro standartlar darajasida uyg‘unlashtirishdagi vakolatlari tushuntirildi.
Uchrashuvda vazirlik masʼul xodimlari, texnik qoʻmita aʼzolari bilan birgalikda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbari A.Jumanazarov ishtirok etdi.
Muhokama natijasida barcha qoʻyilgan maqsadlar va topshiriqlarni oʻz vaqtida bajarilishi boʻyicha koʻrsatmalar berildi va birgalikda amalga oshiriladigan tadbirlar belgilab olindi.
В министерстве горнодобывающей промышленности и геологии в соответствии с постановлением Президента Республики Узбекистан от 28 февраля 2024 года № ПП-91 «О мерах по организации деятельности Агентства по техническому регулированию Республики Узбекистан» организовано обсуждение состояния разрабатываемых технических регламентов и осуществляемых мероприятий в области стандартизации и технических регламентов.
В ходе обсуждений, проведенных под руководством министра Б. Исламова, была разъяснена организация деятельности «Технического комитета по стандартизации в области горнодобывающей промышленности и геологии», а также полномочия этого комитета по гармонизации стандартов, применяемых отраслевыми организациями, на уровне национальных и международных стандартов.
На заседании приняли участие должностные лица министерства и члены технического комитета, а также руководитель Агентства по техническому регулированию А.Джуманазаров.
В результате обсуждения были даны указания по своевременному выполнению всех поставленных целей и задач и определены мероприятия, которые будут осуществляться совместно.
#kongeologiya #mingeo #texnik_reglamentlar #muhokama
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kongeologiya #mingeo #dayjest
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM