Geologiya fanlari universiteti rektori M.Isoqov birinchi kurs talabalari bilan uchrashib, ular bilan ochiq muloqot olib bordi.
Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi va bu jarayonda ko‘plab dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Muloqot davomida talabalar turar-joy masalalari, dars mashg‘ulotlari va ilmiy loyihalari haqida so‘z yuritishdi. Rektor bir murojaatga jiddiy yondashib, masalalarni joyida hal etish uchun tegishli fakultet va bo‘lim rahbarlariga topshiriqlar berdi.
Uchrashuv davomida geologiya sohasi, uning kelajagi va bu yo‘nalishda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning ahamiyati, bilim olishda faollik ko‘rsatish, ilm-fan rivojiga hissa qo‘shish hamda kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lish yo‘lida astoydil harakat qilish muhimligi ta’kidlandi.
Ilmiy va o‘quv faoliyatida yuqori natijalarga erishgan talabalarga maxsus stipendiyalar topshirildi.
Ректор Университета геологических наук М.Исоков провел встречу со студентами Университета, где ответил на вопросы учащихся, так же были обсуждены многие насущные темы.
Во время общения студенты говорили о проблемах размещения, классных занятиях и исследовательских проектах. Ректор внимательно отнесся к каждому обращению и дал поручения руководителям соответствующих факультетов и кафедр с целью оперативного решения вопросов на месте.
Во время встречи было отмечено значение геологической отрасли, ее перспективы и важность научных исследований в этой сфере. Также подчеркнута необходимость активного участия в обучении, вклада в развитие науки и упорного труда на пути к становлению квалифицированными специалистами.
Студентам, добившимся высоких результатов в научной и учебной деятельности, были вручены специальные стипендии.
#kongeologiya #mingeo #GFU #muloqot #rektor_va_yoshlar
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Navoiyuran” DKda korxona Bosh direktori Dj.Fayzullayev ishtirokida Ilmiy-texnik kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda korxona rahbarlari, mutaxassislari va Geologiya fanlari universiteti vakillari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda GFU mutaxassislari zamonaviy GAT-texnologiyalardan foydalanish, 3D geologik modellarni yaratish va foydali qazilma zaxiralarini hisoblash, mashinali o‘rganish algoritmlarini ishlab chiqish asosida yirik konlar ochish, yangi istiqbolli maydonlarni aniqlash bo‘yicha taqdimotlar qilishdi.
В ГП «Навоийуран» с участием генерального директора предприятия Дж.Файзуллаева состоялось заседание Научно-технического совета. На встрече присутствовали руководители предприятия, специалисты и представители Университета геологических наук.
На совещании специалисты ГФУ представили доклады о применении современных ГИС-технологий, создании 3D-геологических моделей и подсчете запасов полезных ископаемых, а также о разработке алгоритмов машинного обучения для открытия крупных месторождений и выявления новых перспективных участков.
#kongeologiya #mingeo #Navoiyuran #GFU #ilmiy_texnik_kengash #hamkorlik
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Britaniya geologiya xizmati “Yashil energetikaga o‘tishda qo‘llab quvvatlash uchun Markaziy Osiy geologiya xizmatlari salohiyatini mustahkamlash” bo‘yicha hamkorligi doirasida Kon-geologiya vazirligi, Geologiya fanlari universiteti va ilmiy-tadqiqot institutlari uchun joriy yil 3-4-mart kunlari gender tenglik bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
Seminarda Britaniya geologiya xizmatining Gender tenglik bo‘yicha katta ilmiy xodimlari Doktor Keeli Mills va Mariya Kariuki ishtirok etishdi.
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimida gender tenglik bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, xotin-qizlarga yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekistonda xotin-qizlarni tabiiy fanlar sohasiga jalb qilinishi, ularning faoliyati va ilmiy ishlardagi o‘rni haqida fikr almashildi.
В рамках сотрудничества Министерства горнодобывающей промышленности и геологии и Британской геологической службы «По укреплению потенциала геологических служб Центральной Азии для поддержки перехода к зеленой энергетике» 3-4 марта текущего года для сотрудников Мингеологии, Университета геологических наук и научно-исследовательских институтов был проведен семинар по гендерному равенству.
В семинаре приняли участие старшие научные сотрудники Британской геологической службы по вопросам гендерного равенства доктор Кеели Миллс и Мария Кариуки,.
Обсуждалась работа по обеспечению гендерного равенства в системе министерства горнодобывающей промышленности и геологии, условия и возможности, созданные для женщин.
Также состоялся обмен мнениями о вовлечении женщин в сферу естественных наук в Узбекистане, их деятельности и роли в научной работе.
#kongeologiya #mingeo #gender_tenglik #Britaniya_geologiya_xizmati #xalqaro_hamkorlik #seminar #GFU #MRI #GGI #NGKGQI
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi Geologiya fanlari universiteti Geologiya va geofizika institutining Glyatsial geologiya markazi ilmiy xodimlari Markaziy Osiyoda muzliklarni monitoring va modellashtirish bo‘yicha mintaqaviy ishchi guruh yig‘ilishida ishtirok etdilar.
Tadbirda 2025 – 2026-yillarga mo‘ljallangan qo‘shma yo‘l xaritasi, muzliklar va muzlik ko‘llarini monitoring qilish va modellashtirish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama etildi.
Научные сотрудники центра Гляциальной геологии Института геологии и геофизики Университета геологических наук Министерства горнодобывающей промышленности и геологии приняли участие в заседании региональной рабочей группы по мониторингу и моделированию ледников в Центральной Азии.
На мероприятии обсуждалась совместная дорожная карта на 2025-2026 годы, укрепление сотрудничества в области мониторинга и моделирования ледников и ледниковых озер.
#kongeologiya #mingeo #GGI #GFU #Glyatsial_geologiya_markazi
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirlgi Geologiya fanlari universiteti “Mineral resurslar instituti” DM Analitik tadqiqotlar markazi O‘ZAK.SL.0384-milliy reyestr bo‘yicha xalqaro talablarga javob beradigan O‘z DSt ISO/IEC 17025:2019 guvohnomasini oldi.
Bu analitik tadqiqotlar markazining tahlil natijalarini ishonchliligi va xalqaro talablar asosida faoliyat yuritayotganligini tasdiqlaydi. Markazda 19 turdagi tahlillar uchun akkreditatsiya guvohnomasi olindi.
Центр аналитических исследований ГУ «Институт минеральных ресурсов» Университета геологических наук Министерства горнодобывающей промышленности и геологии получил сертификат O‘z DSt ISO/IEC 17025:2019, который соответствует международным требованиям по национальному реестру O‘ZAK.SL.0384.
Это подтверждает достоверность результатов анализа аналитического центра и то, что он работает в соответствии с международными требованиями. Центру выдан сертификат аккредитации на проведение 19 видов анализов.
#kongeologiya #mingeo #Analitik_tadqiqotlar_markazi #MRI #GFU #xalqaro_sertifikat
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi markaziy apparati, tizimosti korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Vazir B.Islamov rahbarligida o‘tgan yig‘ilishda Davlat rahbari tomonidan sohaga berilayotgan e’tibor sabab qator yutuqlar qo‘lga kiritilayotgani, katta loyihalar amalga oshirilayotgani qayd etildi.
Shu bilan birga sohada kadrlar tayyorlashga jiddiy e’tibor qaratish zarurligi, xorijiy tajribani o‘rgangan holda ta’limda yangi marralarni zabt etish muhim ahamiyatga ega ekani, inson resurslarini to‘g‘ri boshqarish katta natijalarga erishishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqilib, Yusupov Rustam Payzraxmanovich Prezidentning tegishli qaroriga asosan tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining o‘rinbosari lavozimiga, Kadirxodjayev Azam Alisherovich Hukumatning tegishli qarori bilan Geologiya fanlari universiteti rektori lavozimiga tayinlangani ma’lum qilindi.
Состоялось совещание с участием сотрудников центрального аппарата министерства горнодобывающей промышленности и геологии, а также руководителей подведомственных предприятий и организаций.
На совещании, прошедшем под руководством министра Б. Исламова, было отмечено, что благодаря вниманию, уделяемому отрасли со стороны главы государства, достигнут ряд успехов и реализуются крупные проекты.
В то же время было подчеркнуто, что необходимо уделять серьёзное внимание подготовке кадров, важно изучать зарубежный опыт и добиваться новых высот в образовании, а также эффективное управление человеческими ресурсами способствует достижению значительных результатов.
На совещании был рассмотрен организационный вопрос, в соответствии с постановлением Президента Республики Узбекистан Юсупов Рустам Пайзрахманович назначен заместителем министра горнодобывающей промышленности и геологии, а по соответствующему постановлению Правительства Кадирходжаев Азам Алишерович назначен ректором Университета геологических наук.
#kongeologiya #mingeo #yigilish #GFU
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Geologiya fanlari universitetida 7-aprel kuni Geologiya sohasi xodimlari kuni munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, talabalar va ilmiy tadqiqot institutlari vakillari ishtirok etdi.
Shuningdek, tadbirda universitet va uning tarkibiga kiruvchi muassasalarda samarali faoliyat yuritayotgan bir guruh xodimlarga faxriy yorliqlar, tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.
7 апреля в Университете геологических наук состоялось мероприятие, посвященное профессиональному празднику – Дню геолога.
В нем приняли участие руководство университета, профессора, студенты и представители научно-исследовательских институтов.
На мероприятии также были вручены почетные грамоты, благодарственные письма и памятные подарки группе сотрудников университета и учреждений, входящих в его структуру.
#kongeologiya #mingeo #Geologlar_kuni #kasb_bayrami #tadbir #GFU
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Geologiya fanlari universiteti Geologiya va geofizika instituti “Litologiya va cho‘kindi rudogenez” laboratoriyasi xodimlari tomonidan Angren ko‘mir koni hududida ilmiy-geologik qidiruv ishlari olib borilmoqda.
Tadqiqotlar ko‘mir qatlamlarini qamrab olgan tog‘ jinslarining litologik tarkibi va lito-fatsial joylashuv xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan.
Dala ishlari davomida turli gorizontlardagi cho‘kindi jinslarning tarkibi, struktura va yuzaga chiqish shakllari o‘rganilmoqda. Ushbu ma’lumotlar asosida havzaning paleogeografik rivojlanishi va cho‘kindi rudogenez jarayonlarining ilmiy asoslari aniqlanadi.
Mazkur ishlanmalar konning istiqbolli qatlamlarini baholash va yangi geologik model yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Сотрудниками лаборатории «Литология и осадочный рудогенез» Института геологии и геофизики Университета геологических наук ведутся научно-геологоразведочные работы на территории Ангренского угольного разреза.
Исследования направлены на определение литологического состава и особенностей литофациального расположения горных пород, покрывающих угольные пласты.
В ходе полевых работ изучаются состав, структура и формы выхода на поверхность осадочных пород различных горизонтов. На основе этих данных определяются научные основы палеогеографического развития бассейна и процессов осадочного рудогенеза.
Данные разработки имеют важное значение для оценки перспективных пластов и создания новой геологической модели.
#kongeologiya #mingeo #GFU #GGI #Angren_komir_koni #litologiya #ilmiy_geologik_qidiruv_ishlari #tadqiqotlar
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Mineral resurslar instituti” DM xodimlari tomonidan “Respublika hududida tarqalgan alohida istiqbolli ma’dan namoyonlari ma’danlari tarkibida sanoat uchun muhim yo‘ldosh elementlarning tarqalish xususiyatlarini o‘rganish” mavzusidagi davlat budjeti loyihasi doirasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Institut geologlari Kandagan maydonida vismut minerallashuvini tadqiq qilish, minerallashgan zonalarning moddiy tarkibini o‘rganish maqsadida dala tadqiqot ishlari olib bormoqda.
Сотрудниками ГУ «Институт минеральных ресурсов» проводится ряд работ в рамках госбюджетного проекта на тему «Изучение особенностей распредления критических элементов в составе руд отдельных перспективных рудопроявлениях, распространённых на территории Республики».
Геологи института проводят полевые исследования на участке Кандаган с целью изучения висмутовой минерализации и вещественного состава минерализованных зон.
#kongeologiya #mingeo #GFU #MRI #Kandagan_maydoni #dala_tadqiqot_ishlari
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Geologiya fanlari universiteti “Geologiya va geofizika instituti” DM Ma’dan hosil bo'lish jarayonlari laboratoriyasi ilmiy xodimlari tomonidan Janubiy O‘zbekiston hududidagi Qizilmachit, Qorason, Xo‘jabarku-Malyangur paleovulqonlarini oʻrganish ishlari olib borilmoqda.
Dala ishlari paleovulqon hosilalari va vulqon bo‘g‘zidagi minerallarning metallogenik salohiyatini o‘rganishga xizmat qiladi.
Tadqiqotlar natijasida, bu hududlarning ma’dan hosil bo‘lish jarayonlari, vulkanik faoliyatning metallogenezga ta’siri va bu jarayonlarning kelajakdagi geologik resurslar bilan bog‘liq istiqbollari aniqlanadi.
Научные сотрудники лаборатории процессов рудообразования ГУ «Институт геологии и геофизики» при Университете геологических наук проводят исследования палеовулканов Кизилмачит, Карасан и Ходжабарку-Малянгур, расположенных на юге Узбекистана.
Полевые работы направлены на изучение образований палеовулканов и металлогенического потенциала минералов, расположенных в жерлах вулканов.
В результате исследований будут определены процессы рудообразования в данных районах, влияние вулканической активности на металлогенез, а также перспективы этих процессов в контексте будущих геологических ресурсов.
#kongeologiya #mingeo #GFU #GGI #paleovulqonlar #dala_ishlari #Qizilmachit #Qorason #Xojabarku_Malyangur
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM