Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining and Geology
12.9K subscribers
15.2K photos
1.09K videos
65 files
5.47K links
O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining rasmiy kanali

Batafsil: https://telegra.ph/Ozbekiston-Respublikasi-Tog-kon-sanoati-va-geologiya-vazirligi-04-17
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида Республика Маънавият ва маърифат кенгашининг кенгайтирилган йиғилиши бўлиб ўтди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось расширенное заседание Республиканского совета по духовности и просветительству.

#Mirziyoyev #yigilish #manaviyat #marifat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🟦🟦🟩🟩  Yakunlangan hafta davomida kanalimizda eʼlon qilingan eng muhim xabarlar

🟢 “Geologiya va geofizika institutida Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

🟢 OKMK: 2-Mis boyitish fabrikasi yillik prognozlarni muddatidan oldin bajardi

🟢 “Oʻzbekgeofizika” AJ: Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi hududlardagi 3D seysmik qidiruv ishlari to‘liq bajarildi

🟢 DZKning navbatdagi yig‘ilishida noma’dan foydali qazilma konlari, oltin va yer osti suvlari konlarining hisobotlari tasdiqlandi

🟢 Mahalliy xomashyo bazasidan samarali foydalanish va ilgʻor texnologiyalarga asoslangan sanoatni rivojlantirish mavzusidagi brifing 1, 2

🟢 “Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti” DMda Koreya kompaniyalari bilan memorandum imzolandi

🟢 Kon-geologiya vazirligida Yoshlar parlamenti a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi

🟢 No comments: Yoshlar parlamenti a’zolari bilan uchrashuv

🟢 Tadbirkorlik subyektlari va yer qa’ridan foydalanuvchilarga yaratilgan qulayliklar xususida rolik

🟢 “Oʻzbekgeofizika” AJ “Buxoro geofizika ekspeditsiyasi” filiali 800 kv km hajmdagi 3D seysmik qidiruv ishlarini to‘liq bajardi

#kongeologiya #mingeo #dayjest

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Jamoatchilikning konchilik va geologiya korxonalari faoliyatiga munosabati, sohada korrupsiyaga qarshi kurashish va shaffoflikni taʼminlash yoʻnalishida amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan soʻrovnoma

https://forms.gle/71AJrCGwnST6bdVm7

#kongeologiya #mingeo #sorovnoma

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️⭕️

📣 “Togʻ-kon sanoatida barqaror rivojlanish” mavzusida taqdimot

Tadbirda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi mutasaddilari, OKMK, PWC xalqaro konsalting kompaniyasi vakillari, vazirlikning tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etmoqda.

📹 Jonli efir / Прямой эфир

#kongeologiya #mingeo #taqdimot #OKMK #jonli_efir

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 “Tog‘-kon sanoatida barqaror rivojlanish” mavzusida taqdimot tadbiri

2023-yil 26-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida “Tog‘-kon sanoatida barqaror rivojlanish” taqdimot bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni O'zbekiston Respublikasi tog'-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o'rinbosari O.Nasritdinxodjaev kirish so'zi bilan ochib berdi va "Sanoatning tog'-kon sektori sohasida barqaror rivojlanishi" mavzusidagi taqdimotini ishtirokchilar e'tiboriga havola qildi.

Shuningdek, kon-geologiya vazirligining taqdimot tadbirida “Olmaliq KMK” AJ hamda PWC xalqaro konsalting kompaniyasi vakillari taqdimotlarini namoyish qilishdi.

Kon-geologiya vazirligi tizimida tog‘-kon va metallurgiya korxonalarida salmoqli ishlar amalga oshirilib, ular qatorida Global tashabbuskorlik hisoboti (GRI - Global reporting initiative) standartlari asosida “Barqaror rivojlantirish hisoboti” (SDR) ishlab chiqilgani, ISO sertifikatlarining olingani, qayta tiklanuchi energiya manbalari va suv tejamkor texnologiyalarning joriy qilinayotgani alohida qayd etib o‘tildi.

#kongeologiya #mingeo #taqdimot #OKMK #tadbir #ESG

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining and Geology
💠 “Tog‘-kon sanoatida barqaror rivojlanish” mavzusida taqdimot tadbiri 2023-yil 26-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida “Tog‘-kon sanoatida barqaror rivojlanish” taqdimot bo‘lib o‘tdi. Tadbirni O'zbekiston Respublikasi…
💠 Презентация на тему «Устойчивое развитие в горнодобывающей промышленности»

26 декабря 2023 года в министерстве горнодобывающей промышленности и геологии Республики Узбекистан состоялась презентация на тему «Устойчивое развитие в горнодобывающей промышленности».

Мероприятие открыл первый заместитель министра горнодобывающей промышленности и геологии Республики Узбекистан О.Насритдинходжаев и представил участникам презентацию на тему «Устойчивое развитие промышленности в области горнодобывающего сектора».

Также выслушаны доклады и презентации представителей АО «Алмалыкский КМК» и международной консалтинговой компании PWC.

Отмечено, что в Мингеологии и его подведомственных предприятиях проводится значительная работа в данном направлении, в частности разработан «Отчета об устойчивом развитии» (SDR) на основе стандартов Отчета о глобальной инициативе (GRI - Global reporting Initiative), получены сертификаты ISO, внедрены водосберегающие технологии и возобновляемые источники энергии.

#kongeologiya #mingeo #taqdimot #OKMK #tadbir #ESG

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 “Shargʻunkoʻmir” AJ konida koʻmir qazib chiqarish ishlari boshlandi

Joriy yilning 26-dekabr kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida “Shargʻunkoʻmir” AJni modernizatsiya qilish va loyiha quvvatini yiliga 900 ming tonnagacha toshkoʻmir qazib olishga yetkazish” investitsiya loyihasi asosida Oʻrta Osiyoda Yagona boʻlgan mexanizatsiyalashgan texnologiyalar asosida koʻmir qazib olish ishlari boshlandi.

Tantanali tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B.Islamov, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi Z.Narzullayev, Surxondaryo viloyati hokimi U.Qosimov, Sariosiyo tumani hokimi A.Donayev, “Sharg‘unko‘mir” AJ rahbari X.Abdullayev, korxona xodimlari va OAV vakillari ishtirok etdi.

Kon-geologiya vaziri o‘z tabrik so‘zida “Sharg‘unko‘mir” AJ tarixi, so‘nggi yillarda ko‘mir qazib olish sanoatiga berilayotgan ulkan e’tibor, kondan qazib olinadigan toshko‘mirning yurtimiz iqtisodiyoti, sanoatga qo‘shadigan hissasi katta ekanligini ta’kidladi.

Surxondaryo viloyati hokimi yangi konning ochilishi 2024-yilda Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani va Sharg‘un shahri aholisi, “Sharg‘unko‘mir” AJ xodimlariga o‘ziga xos sovg‘a bo‘lishini qayd etdi.

Tantanali tadbirdan keyin jurnalistlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun press-tur tashkil qilinib, korxonaning yangi ma’muriy binosi bilan tanishtirildi, investitsiya loyihasi haqida batafsil ma’lumot berildi.

#kongeologiya #mingeo #Shargunkomir #Surxondaryo #Sariosiyo #press_tur

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM