Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining and Geology
11.6K subscribers
14.3K photos
934 videos
65 files
5.12K links
Download Telegram
Davlatimiz rahbari hokimlar va sektor rahbarlari mahallada oʻtkazayotgan qabullar ham oʻzgarishi kerakligi, qabullarda mahalla “yettiligi” koʻtargan eng ogʻir masalalarning yechimi boʻlishi lozimligini taʼkidladi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligiga viloyat hokimlari bilan birga barcha mahallalarda ijtimoiy xodimlar faoliyatini tashkil qilish topshirildi.

Protez vositalarini berish, nafaqa va qarovsiz qolgan bolalarga vasiylikni rasmiylashtirish, oʻzgalar parvarishiga muhtoj keksalarni yolgʻiz deb eʼtirof etish kabi 49 ta ijtimoiy xizmat mahallagacha tushirilishi belgilandi.

Mahallada ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish elektron platformasi ishlab chiqiladi.

Yigʻilishda “Muruvvat” uylari va Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlarida ijtimoiy xizmatlarni mobil va kunduzgi qatnov shaklida koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish topshirildi.

Kelgusi yildan 40 ta tumanda reabilitatsiya, sogʻlomlashtirish va nogironligi bor shaxslarga qaraydiganlarni oʻqitish boʻyicha koʻp tarmoqli ijtimoiy xizmatlar markazlari ishga tushiriladi.

Bu orqali, yana 60 ming ehtiyojmand aholi ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olinadi, ularga qarayotgan 3 ming kishi oʻqitiladi.

Hozirda nafaqa olayotgan, lekin mehnat qilib, daromad olish istagida boʻlgan 660 ming aholi uchun zarur sharoitlar yaratilishi ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi yaxshilanishiga xizmat qiladi.

#kongeologiya #mingeo #ijtimoiy_himoya #videoselektor_yigilishi

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
1-oktabrdan aholiga koʻrsatiladigan barcha ijtimoiy yordamlarni “ijtimoiy karta” orqali moliyalashtirishni joriy etiladi.

Bunda, eng avvalo, “Saxovat va koʻmak”, “Ayollar”, “Yoshlar” daftarlari jamgʻarmalari, keyinchalik bosqichma-bosqich 74 turdagi ijtimoiy nafaqa va yordamlar oʻtkaziladi.

Ushbu karta orqali transport va kommunal sohalardagi imtiyozlardan ham foydalanish mumkin boʻladi.

Yigʻilishda nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Oʻzbekiston 2021-yilda Nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyaga qoʻshilgani tarixiy voqea boʻldi va undagi majburiyatlarni bajarish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, viloyat va tuman hokimlari ushbu shaxslarga yordam berish, ularning uyushmalari va tashkilotlari bilan muloqot qilish, sharoit yaratish bilan yetarlicha shugʻullanamayotgani koʻrsatib oʻtildi.

Ayrim vazirlik, idoralar va viloyat hokimliklarda nogironligi boʻlgan birorta odam ishga olinmagani tanqid qilindi.

#kongeologiya #mingeo #ijtimoiy_himoya #videoselektor_yigilishi

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Tumanlardagi davolash oʻrinlarining 5 foizi nogironligi boʻlganlarni reabilitatsiya qilishga ajratilishi, tuman markaziy shifoxonalarida tibbiy reabilitatsiya xonalari tashkil etilishi belgilandi.

Protez vositalari 18 turdan 30 turga, ajratilayotgan mablagʻ esa 1,5 barobar oshirilib, 100 milliard soʻmga yetkaziladi hamda ular bilan taʼminlash elektron shaklda boʻladi.

Nogironligi boʻlgan shaxslar bunday vositalarni uydan turib, vaucher orqali onlayn yoki “Inson” markazi yordamida istalgan ishlab chiqaruvchidan olishi mumkin boʻladi.

Mutasaddilarga nogironligi boʻlgan shaxslarga dori vositalarini tarqatishda ham tartib oʻrnatib, shaffof tizim yaratish topshirildi.

Bu uyda oʻtirgan nogironligi bor shaxslarning harakatlanishi yengillashishiga, bilim olishi va kasbiy koʻnikma egallashi, mehnat qilishi yoki sport bilan shugʻullanishi uchun imkoniyat yaratilishiga xizmat qiladi. Protezlarni olish muddati qisqaradi.

Shuningdek, bino va inshootlarni qurish loyihasi nogironligi boʻlganlar uchun qulay muhit yaratilganligi boʻyicha ham majburiy ekspertizadan oʻtkaziladi.

Xorijiy mutaxassislar ishtirokida joriy yilda kamida 500 nafar loyihachi va arxitektorni nogironligi boʻlgan shaxslar uchun toʻsiqsiz muhit yaratishga oʻqitish vazifasi qoʻyildi.

Poytaxtdagi bekatlarni, jamoat transporti, jumladan metroni nogironligi bor odamlarga moslashtirish boʻyicha ikki yillik dastur amalga oshiriladi. Bu ishlarni hududlarda ham boshlash boʻyicha viloyat hokimlariga topshiriq berildi.

Barcha davlat idoralari saytlarini nogironligi borlar uchun qulay shaklga keltirish zarurligi qayd etildi.

#kongeologiya #mingeo #ijtimoiy_himoya #videoselektor_yigilishi

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Nogironligi boʻlgan sayyohlar uchun qulay infratuzilma yaratish boʻyicha “toʻsiqsiz turizm” dasturi tasdiqlangan.

Mutasaddilarga madaniy meros, muzey va konsert-tomosha obyektida bunday odamlarga qulay sharoitlarni yaratish, mehmonxonalardagi oʻrinlarni nogironligi borlarga moslashtirish topshirildi.

Nogironligi bor sayyohlar uchun transport, mehmonxona, madaniyat obyektlari va ziyoratgohlarga haftalik va oylik maxsus chegirmalar berish grafigini tasdiqlanadi.

Xodimlarining 50 foizida nogironlik boʻlgan tadbirkorlarga davlat buyurtmachilari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish imkoniyati beriladi.

Bunday odamlarni ishga olgan korxonalarga tadbirkorlik reytingida qoʻshimcha ball beriladi.

Nogironligi boʻlganlarni kasbga tayyorlaydigan 4 ta ixtisoslashgan maktabni tarmoq rahbarlari otaliqqa oladi. Bu maktab oʻquvchilariga ishlab chiqargan mahsulotini davlat xaridlari doirasida toʻgʻridan-toʻgʻri sotishga ruxsat beriladi.

#kongeologiya #mingeo #ijtimoiy_himoya #videoselektor_yigilishi

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligida monomarkazlarda nogironligi boʻlganlar taʼlim olishi uchun qulay muhit va zarur infratuzilmani yaratib, ularga stipendiya toʻlash tartibini joriy qilish topshirildi.

Nogironligi borlar kasanachilik va hunarmandchilik asosida yaratgan mahsulotlarini elektron platforma orqali sotish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

Vazirlik va hudud rahbarlariga yil yakuniga qadar barcha byudjet tashkilotlariga 20 ming nafar, banklarga kamida 1 ming nafar nogironligi borlarni ishga qabul qilish topshirildi.

Imkoniyati cheklangan bolalar boradigan 112 ta maktab va 74 ta bogʻchadagi taʼlim dasturini qayta koʻrib chiqish, maktablarni inklyuziv taʼlimga moslashtirish dasturini amalga oshirish muhimligi taʼkidlandi.

Nogironligi boʻlganlar uchun Sportni rivojlantirish assotsiatsiyasi tashkil etiladi. Paralimpiya qoʻmitasi, tegishli sport federatsiyalari, Oʻzbekiston maxsus olimpiadasi Assotsiatsiya tarkibiga kiradi.

Assotsiatsiya nogironligi bor shaxslarni mahalladan boshlab ommaviy sportga jalb qilish bilan shugʻullanadi va “Besh tashabbus” doirasida sport musobaqalarini oʻtkazib boradi.

#kongeologiya #mingeo #ijtimoiy_himoya #videoselektor_yigilishi

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Davlatimiz rahbari nogironligi borlar hayoti va erishgan yutuqlari toʻgʻrisida taʼsirchan mediakontent, filmlar tayyorlash muhimligini taʼkidladi.

Telekanallarda informatsion, ayniqsa, bolalar dasturlari efirining muayyan qismini surdotarjima, subtitr yoki “yuguruvchi satr” bilan namoyish etish zarurligi qayd etildi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj odamlar qalbida oʻziga ishonch va qatʼiyat tuygʻusini oshiradigan badiiy asarlar yaratilsa, maqsadga muvofiq boʻlishi taʼkidlandi.

Yigʻilishda ota-ona mehriga muhtoj bolalarga gʻamxoʻrlik masalalari koʻrib chiqildi.

Bugungi kunda ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni eʼtibordan chetda qoldirmaslik uchun keng koʻlamli ishlar olib borlmoqda. Shunga qaramay, quyi boʻgʻindagi eʼtiborsizlik oqibatida joylarda qarovsiz qolib ketgan bolalar aniqlanayotgani qayd etildi. Hozirda ularga vasiylik belgilanmoqda.

Shuningdek, ota-onasi migratsiyada boʻlgan, noqulay ijtimoiy muhitdagi oilalarda tarbiyalanayotgan, ruhiy-jismoniy rivojlanishida xususiyatlari bor bolalarga yordam tizimini takomillashtirish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

#kongeologiya #mingeo #ijtimoiy_himoya #videoselektor_yigilishi

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Bundan buyon joylarda vasiylik, homiylik, patronatga olingan hamda oilaviy bolalar uylaridagi bolalar bilan mahalladagi ijtimoiy xodimlar shugʻullanishi belgilandi.

Ular ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslar bola oldidagi majburiyatini qay darajada bajarayotganini monitoring qilib, baholab boradi.

Buning uchun hokimliklar huzuridagi Vasiylik va homiylik komissiyalari tugatilib, ularning vakolati “Inson” markazlariga oʻtkaziladi.

Sogʻligʻi, hayoti xavf ostida boʻlgan, yetim va nazoratsiz qolgan bolalarni qaramogʻiga olish boʻyicha “ixtisoslashgan tutingan oila” tizimi joriy etiladi.

Tutingan oila maxsus sertifikatga ega 30 yoshga toʻlgan odamlar tomonidan tashkil etilib, unga 3-5 nafargacha bolalar qabul qilinadi.

Ixtisoslashgan 160 ta taʼlim muassasasida bosqichma-bosqich “gʻamxoʻrlik” guruhlari tashkil qilinadi. Yaʼni, ogʻir kasalligi bor bolalarga shu guruhlarda qarash orqali, ota-onalariga ishlashi uchun sharoit yaratib beriladi.

Ota-onasidan ayrilgan yoshlarni hayotda oʻz oʻrnini topib ketishi uchun koʻmaklashish tizimi ham oʻzgaradi. Endilikda “Yoshlarga hamrohlik” dasturi asosida bunday yoshlarni qoʻllab-quvvatlash 23 yoshgacha etib belgilanadi (hozirda 18 yosh).

#kongeologiya #mingeo #ijtimoiy_himoya #videoselektor_yigilishi

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Yigʻilishda Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari ishini oʻzgartirish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

Bu markazlarni tarbiyasi ogʻir bolalarning muammolari bilan ishlab, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish boʻyicha kompleks ijtimoiy xizmat koʻrsatadigan maskanga aylantirish lozimligi qayd etildi.

Mutasaddilarga bunday markazlarni “Hayot maktabi” sifatida qayta tashkil etish topshirildi.

Yetim va ota-ona qaramogʻisiz boʻlgan yoshlarning salohiyatini roʻyobga chiqarishiga koʻmaklashish uchun ularni tadbirkorlik va kasb-hunarga oʻqitish, dehqonchilik uchun yer berish muhimligi taʼkidlandi.

Vazirlar Mahkamasiga oliygohni tamomlagan, ota-ona mehridan mahrum boʻlgan yoshlarni davlat tashkilotlariga ishga joylashtirish boʻyicha tizim yaratish topshirildi.

Bunday yoshlarga uy-joy berish tizimi ham tubdan qayta koʻrib chiqiladi.

Bunda “Inson” markazlari tomonidan haqiqatda uy-joyga muhtoj yoshlar roʻyxati shakllantiriladi, ularga beriladigan uy-joyning narxi bozor bahosidan kelib chiqib, hududlar kesimida belgilanadi. Shundan kelib chiqib, joriy yilda bu maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar 140 milliard soʻmga yetkaziladi.

Mutasaddilarga 1-iyunga qadar navbatda turgan 500 nafar yetim bolalarni uy-joy bilan taʼminlash topshirildi.

#kongeologiya #mingeo #ijtimoiy_himoya #videoselektor_yigilishi

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Voyaga yetmagan qizlarni unashtirish va yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi nikoh bilan bogʻliq kelajak avlod salomatligiga salbiy taʼsir qilayotgan holatlarning oldini olish, buning oqibatlarini tushuntirish borasida ishlar lozim darajada olib borilmayotgani qayd etildi.

Keyingi yillarda mamlakatimizda oila va xotin-qizlar huquqlarining kafolatlari, ayollarni zoʻravonlik va tazyiqdan himoya qilish tizimi ancha kuchaytirildi. Lekin bunday holatlar hali ham uchrab turibdi.

Zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlar reabilitatsiya bilan yetarlicha qamrab olinmagani qayd etildi.

Ayollar va bolalarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoyalash boʻyicha mahalla darajasida alohida tizim yaratilishi belgilandi.

Tazyiqqa uchragan ayollar reyestri tuzilib, ularga mahallada tezkor kompleks xizmat koʻrsatish tizimi joriy qilinadi.

Har bir tuman shifoxonasida zoʻravonlikka uchraganlarga tibbiy va ruhiy yordam koʻrsatish uchun tunu kun ishlaydigan xonalar tashkil etiladi.

Qiyin vaziyatdagi yosh onalarni qoʻllab-quvvatlash uchun “Onalar maskani” xizmatini yoʻlga qoʻyish topshirildi.

Yigʻilishda soha uchun masʼullar va hududlar rahbarlarining hisoboti tinglandi.

#kongeologiya #mingeo #ijtimoiy_himoya #videoselektor_yigilishi

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube