Savdo-sanoat palatasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi
1.63K subscribers
5.74K photos
731 videos
68 files
2.74K links
Savdo-sanoat palatasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi rasmiy Telegram kanali
https://www.facebook.com/uzchamber.sd/
https://instagram.com/uzchamber_sd/
Download Telegram
Sherobod tumanidagi Mikromarkazda ish qig‘in!

Tadbirkorlik bugun ayollarning ham sevimli mashg‘ulotiga, asosiy faoliyatiga aylanib bormoqda. Maqsad esa bitta har bir ayol ishli bo‘lishi, hunar o‘rganib, ro‘zg‘orini uddalashi kerak.

Ayni shu maqsadda lider tabirkorlarning ishsiz fuqarolarga, xususan, ayollarga biriktirilib, markazlashgan holda ularni ish bilan ta’minlashi uchun joylarda Mikromarkazlar tashkil etilayotgani ham bunga misol.

Sherobod tumani “Taroqli” mahallasida 10 ta yo‘nalishda hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi, 150 nafar xotin-qizlarning bandligini ta’minlovchi mikromarkaz tashkil etilgan. Ayni damda 132 nafar ayollar turli yo‘nalishlarda ham o‘qitilib, ham ish o‘rganib, shu bilan bir qatorda ishlay boshladi. Subsidiya asosida jihozlangan ushbu markazda tumandagi yettita mahalladagi ishsiz, imkoniyati cheklangan xotin-qizlar markazga jalb etilgan bo‘lib, ular uchun zaruriy shart sharoitlar yaratilgan.

Eng muhimi, endi ular qanday tikaman, nima tayyorlayman, qo‘limdan keladimi-yo‘qmi, mahsulotni kimga, qanday sotaman deb ovora bo‘lib o‘tirmaydi. Markazda faoliyat boshlagan ayollarga 14 nafar lider tadbirkorlar biriktirilib, ish o‘rganishi, oylik bilan ta’minlanishi ham belgilab qo‘yilgan.

Markazda xotin-qizlar uchun asosan, gilam to‘qish, pazandalik, tikuvchi, to‘quvchilik, sandiqchilik, sartaroshlik, sovundan gullar yasash faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bularning har biri ayol kishi bilishi kerak bo‘lgan va oilada ham, jamiyatda ham eng muhim yo‘nalishlardan hisoblanadi.

Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi Axborot xizmati

t.iss.one/uzchamber_sd / facebook.com/uzchamber.sd
Forwarded from Savdo-sanoat palatasi
🇺🇿 Samarqandda “ShHTga aʼzo davlatlar hududlari oʻrtasidagi biznes sheriklik haftaligi” boʻlib oʻtmoqda

Ushbu tadbir mintaqalararo va tarmoqlararo ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirishga, shuningdek, ShHTga aʼzo davlatlar oʻrtasida iqtisodiy oʻsish nuqtalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Joriy yilning 8 avgust kuni ushbu tadbir doirasida Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi oʻrinbosari Jamshed Urakov ShHT doirasidagi savdoni moliyalashtirish masalalari mavzusida nutq so'zladi.

Batafsil saytimizda
____

🇺🇿 В Самарканде проходит “Неделя делового партнерства регионов государств-членов ШОС”

Данное мероприятие будет способствовать развитию межрегиональных и межотраслевых деловых связей, а также формированию точек экономического роста между государствами-членами ШОС.

8 августа т.г. в рамках данного мероприятия заместитель председателя Торгово-промышленной палаты Узбекистана Жамшед Ураков выступил с речью о финансировании торговли в рамках ШОС.

Подробнее на сайте

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tomorqa xazina

Sherobodda xandon pista pishibdi

Sherobodlik Saydulla Mavlonov tomorqasidan 100 tup xandon pista ko’chatlarini ekib, yaxshigina hosil yig’ib olmoqda.

Issiqqa, suvsizlika chidamli ushbu pista ko’chatlari avvaliga Erondan olib kelingan bo‘lsa, endilikda tadbikorning o’zi 15 sotix tomorqasida pista ko’chatlarini yetishtirib, xaridorlarga yetkazib bermoqda.

Pistaning anomal sovuq va anomal issiqqa chidamli, cho’l mintaqalarida suvsizlikda ham yaxshi hosil beradigan yangi navlari o’zimizda ham yaratilgan.

Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti professor o’qituvchisi Abdurayim Qurbonov pistaning 19 xil navini sinab ko’rgan va natijada “ahmadiy” va “akbariy” navlari issiq va quruq iqlimga chidamliligi jihatdan o’zini oqlagan.

Pistaning ushbu navlari Qumqo’rg’on, Jarq’org’on, Oltinsoy hamda Sherobod tumanlarida katta-katta maydonlarga ekilgan.

Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi Axborot xizmati

t.iss.one/uzchamber_sd / facebook.com/uzchamber.sd
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
To'qimachilik uskunalari #TTME 2023 Xalqaro ko'rgazmasida Koreya Respublikasi milliy pavilyoni tarkibida

- SAMHWA MACHINERY CO. LTD
- LEEWHA SRC. LTD
- HAEINMACHINERY., LTD
- KUIL MACHINERY INDUSTRY CO., LTD
- BOOKWANG TECH
kompaniyalari ishtirok etadi

Ular mutaxassislar e'tiboriga noto‘qima matolar uchun mashinalar, yigiruv va chiyratish mashinalarining keng assortimenti, kalibrlash uskunalari, andaza bosib chiqarish mashinalari va texnologiyalari, igna teshuvchi mashinalarni taqdim etadi.

❗️Ko'rgazmaga tashrif buyurish uchun https://bit.ly/TTME_Reg_uz havolasi orqali ro'yxatdan o'ting va Koreya kompaniyalari vakillari bilan to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar olib boring.

Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi Axborot xizmati

t.iss.one/uzchamber_sd / facebook.com/uzchamber.sd
❗️Tadbirkorlar diqqatiga

Joriy yilning 20-23 sentyabr kunlari Iroq Respublikasining Bag'dod shahridagi Xalqaro ko'rgazmalar markazida "Binolar va inshootlari" mavzusida ko'rgazma tashkil etish rejalashtirilgan.

Ko'rgazmada qurilish materiallari, eshik va derazalar, liftlar va eskalatorlar, metall mahsulotlari, keramik fasadlar kabi taqdimoti bo'lib o'tadi.

Shu bilan birga, ishtrokchilar o'z mahsulotlarini taqdimotini qilibgina qolmay qurilish sohasidagi tendensiyalar, muammolar va ularning yechimlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi Axborot xizmati

t.iss.one/uzchamber_sd / facebook.com/uzchamber.sd
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi mutaxassislari hududlarga chiqqan holda tadbirkorlar bilan yuzma yuz uchrashib, muammolarni o‘rganmoqda. Ishbilarmonlarning muammolarini o‘rganish bilan bir qatorda tadbirkorlik subyektlari uchun soliq imtiyozlari haqida batafsil ma’lumotlar berilmoqda.
Denov tumanida o‘tkazilgan uchrashuv ushbu lavhada aks etgan.

Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi Axborot xizmati

t.iss.one/uzchamber_sd / facebook.com/uzchamber.sd
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasiga marhamat!


Tadbirkorligingizni rivojlantirmoqchimisiz, raqobatbardosh, eksportbop va import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaryapsizmi?

Joriy yilning 24-25-avgust kunlari Surxondaryoda o‘tkaziladigan hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi ayna siz uchun.

Yo‘nalishlar:
• Qishloq xo‘jaligi;
• Meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash;
• Qurilish materiallari;
• Dorivor o‘simliklarni qayta ishlash sohalari;
• Oziq-ovqat sanoati.

Yarmarka doirasida:

• O‘zaro manfaatli shartnomalar;
• Mahalliy sanoat sohalarini rivojlantirish muhokamalari;
• Sanoat va xizmat ko‘rsatish korxonalari uchun turli nominatsiyalar.

Ko‘rgazmada ishtirok etish istagidagi tadbirkorlarni ushbu sanoat yarmarkasiga taklif etamiz.

Batafsil: (+998 93) 884-11-04

Manzil: Surxondaryo viloyati, Termiz tumani, “Termiz Xalqaro Savdo Markazi” Erkin Savdo zonasi

Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi Axborot xizmati

t.iss.one/uzchamber_sd / facebook.com/uzchamber.sd
#Tadbirkorga keng yo‘l

Eksport va investitsiya
tomon qadam tashlang!

Raqobatbardosh va eksportbop mahsulot ishlab chiqarayapsizmi? Biznesingizni xalqaro miqyosda rivojlantirmoqchimisiz? Investitsiya jalb etish harakatidamisiz?

Endi bu yanada oson.

O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi tomonidan Surxondaryo viloyatiga Rossiyadan sarmoya jalb qilishda, hududda ishlab chiqarilayotgan eksportbop mahsulotlarga xaridor topishda va tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqa yo‘nalishlarida amaliy ko‘mak ko‘rsatib borish maqsadida elchixonaning birinchi kotibi Fexruz Urazov biriktirilgan.

Ishlab chiqarilayotgan mahsulotini xorijga eksport qilish va investitsiya jalb etish istagidagi tadbirkorlar uchun ajoyib imkoniyat.

Qulay imkoniyatni boy bermang!

Murojaat uchun: 7906082-07-07 telegramm,el.pochta:[email protected])

Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi Axborot xizmati

t.iss.one/uzchamber_sd / facebook.com/uzchamber.sd
Forwarded from Savdo-sanoat palatasi
🖼 Jamoatchilik ekspertizasi oʻtkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

“Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi toʻgʻrisida”gi Qonunning 22-moddasida belgilangan Savdo-sanoat palatasining qonun ijodkorligi sohasidagi vakolatlarini amalga oshirgan holda, Palata tomonidan qonunchilik hujjatlari loyihalari yuzasidan Jamoatchilik ekspertizalari oʻtkazilib, ularning tadbirkorlik faoliyatiga taʼsirini baholagan holda jamoatchilik ekspertizasi xulosalari berib kelinmoqda.

Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklar boʻyicha nazorat xaridini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori (ID-82065) loyiha yuzasidan Jamoatchilik ekspertizasi xulosasi berildi.

Batafsil saytimizda

🕊 Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bugunning ishbilarmonlari

“MUSHTAR STAR INVEST”da 32 nafar fuqaro bandligi ta’minlangan

Sherobod tumanida joylashgan “MUSHTAR STAR INVEST” MCHJ 2022-yilda tashkil etilgan. Xitoy texnologiyasi asosida faoliyat yuritayotgan ushbu korxona rahbari Bahriddin Ibragimovning tashabbusi bilan qop ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, xo‘jalik qog‘ozlari, sochiqlar ham ishlab chiqarilmoqda.

Loyiha qiymati 8 milliard so‘m bo‘lgan ushbu korxonada ayni paytda 32 nafar fuqarolar bandligi ta’minlangan. Ishchi-xodimlar uchun barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratilgan.

Korxonaning kunlik ishlab chiqarish quvvati 20 ming dona. Qoplar asosan, granulalardan, xo‘jalik qog‘ozlari hamda sochiqlar maklaturadan ishlab chiqariladi.

Mahsulotlar ichki bozordan tashqari, Qashqadaryo viloyatiga ham yetkazib berilmoqda.

Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi Axborot xizmati

t.iss.one/uzchamber_sd / facebook.com/uzchamber.sd