Uzbektourism.uz
5.09K subscribers
11.7K photos
1.41K videos
2 files
5.85K links
Ekologiya vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi

Manzil: Toshkent sh., Yunusobod t., Amir Temur ko‘chasi, 107B.

Sayt: uzbektourism.uz

Facebook: https://www.facebook.com/motas.uz/

Pochta: [email protected]

Tel: +998 71 205 06 00
Download Telegram
#TITF2022

📌
Navoiy viloyati hamda Qirg'iziston Respublikasi o'rtasida memorandium imzolandi.

📝 Unga ko'ra, 2023-yilda turizm sohasini rivojlantirishda Qirg'iziston Respublikasidan Navoiy viloyatiga turistlar oqimini yuborish bo'yicha takliflar qabul qilindi. Ya`ni 2023-yilning yanvar oyidan boshlab har oy davomida Navoiy viloyatiga Qirg'iziston Respublikasidan 5000 ga yaqin sayyohlarni jalb qilish bo'yicha kelishuvga erishildi.

⚡️Qirg'iziston Respublikasi vakillari Navoiy viloyatining safari turizmi, ziyorat turizmi va eko turizm obyektlariga qiziqish bildirgan va aynan shu turizm turlarini rivojlantirish maqsadida viloyatga investitsiya kiritish bo'yicha ikki tomonlama memorandium imzolandi.

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Web sayt |Telegram|Facebook|Instagram
#txty2022 #titf2022 #тмтя2022

Ayni daqiqalarda "O'zekspomarkaz" Milliy ko'rgazmalar majmuasida "Ipak yo'lida turizm" 27-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasining yopilish marosimi bo'lib o'tmoqda.

____

В э
ти минуты в Национальном выставочном комплексе "Узэкспоцентр" проходит церемония закрытия 27-й Ташкентской международной туристической ярмарки «Туризм на Шелковом пути».

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Rasmiy|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#txty2022
#tashkent_region

Bo‘lib o‘tayotgan “Ipak yo‘lida turizm” 27-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi katta taassurotlarga boy bo‘lmoqda. Soha mutasaddilari Toshkent viloyatining pavilonida bo‘lib, viloyatning turistik salohiyatini namoyon etib turgan burchakning o‘ziga xosligi haqida fikr bildirishdi.

Mazkur ko‘rgazmada 10 dan ortiq turfirmalar, 30 ga yaqin mehmonxona, restoran, hunarmandlar va boshqa turizm yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar ishtirok etmoqda.

Shuningdek, viloyatlar kesimida ham kelishuvlar yo‘lga qo‘yilgani e’tiborga molik. Jumladan, Farg‘ona, Jizzax viloyatlari bilan ikki va uch tomonlama memorandumlar imzolandi.

👉@tvturizm_madaniymeros
Forwarded from VisitTashkent
#TXTY_2022 #ТМТЯ_2022

💥 “O‘zEkspoMarkaz” Milliy ko'rgazmalar majmuasida “Ipak yo'lida turizm” 27-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosim davomida, Turizm va madaniy meros vaziri o‘rinbosari B.Shaxriyorov so‘zga chiqib, Yarmarkani yuqori saviyada tashkillashtirishda yaqindan yordam bergan barcha tashkilotlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

🤵‍♂️ Shuningdek, xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan martabali mehmonlar ham minbarda chiqish qilib, samimiy mehmondo‘stlik va yuqori darajada tashkilotchilik uchun Yarmarka tashkilotchilariga o‘z samimiy tilaklarini bildirishdi.

🔥 Shundan so‘ng Yarmarkada ishtirok etganlarni turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahar Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan Toshkent shahri stendi “Eng zamonaviy stend” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topildi.

⚡️ Toshkent shahri nomidan sertifikat va esdalik sovg‘asini hokim o‘rinbosari F.Davrukov qabul qilib oldi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Махсус репортаж | «Ипак йўлида туризм»: Тошкент халқаро туризм ярмаркаси
#2dec #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur