QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.1K subscribers
28.1K photos
2.86K videos
7 files
10.5K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#Ozbekiston #Turkiya

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida vazir Jamshid Xodjayev Turkiya Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi. Tadbirda, shuningdek, Turkiya Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari va siyosati bosh boshqarmasi (TAGEM) direktori Nevzat Birishik hamda turk agrar idorasining boshqa vakillari qatnashdi.

Muzokaralar yakunida TAGEMning Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjonda faoliyat yurituvchi mintaqaviy idorasini Toshkentda ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

TAGEM
hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga binoan 2021-yilda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida tashkil etilgan Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish ko‘zda tutilgan.

🇺🇿👉🏻 BATAFSIL
Олий даражадаги Ўзбекистон-Туркия Стратегик ҳамкорлик кенгашининг иккинчи йиғилиши бўлиб ўтди.
Президентлар ҳамкорликни янада кенгайтиришнинг устувор йўналишларини батафсил кўриб чиқдилар.
Ҳамкорлик кўлами кенгайганини ҳисобга олиб, томонлар икки томонлама муносабатларни янги даражага – кенг қамровли стратегик шериклик босқичига олиб чиқишга қарор қилдилар.

Состоялось второе заседание Узбекско-Турецкого Совета стратегического сотрудничества высшего уровня.
Президенты подробно рассмотрели приоритетные направления дальнейшего расширения взаимодействия.
Учитывая достигнутые масштабы сотрудничества, стороны решили поднять двусторонние отношения на новый уровень – всеобъемлющего стратегического партнерства.

#Mirziyoyev #tashrif #Turkiya #muzokara

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Hamkorlik #Turkiya #nav_sinash

O‘ZBEKISTONLIK AGRAR SOHA VAKILLARI NAV SINASH BORASIDA
TURKIYA TAJRIBASINI O‘RGANISHMOQDA

🔬Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazining mutaxassislari Anqarada safarda bo‘lib turishibdi. Hamyurtlarimiz Turkiyada qishloq xo‘jaligida navlarni sinash va sertifikatlash tizimining tarixi, qishloq xo‘jaligi ekinlari (jumladan, mevachilik va uzumchilik) nav va duragaylarining sinovida ko‘rsatiladigan xizmat turlari bilan tanishishdi.

Shuningdek, ikki davlatdagi sohada amalga oshirilayotgan ishlar va kelajakdagi ustuvor vazifalar bilan tanishilib, iqlim o‘zgarishi jarayonida texnik, don, dukkakli, meva va sabzavot ekinlarining davlat sinovlariga oid o‘zaro fikrlar almashilib, muzokaralar o‘tkazildi.

Jumladan, Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) vakolatxonasi ko‘magida, amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihani birgalikda tayyorlash yuzasidan “TURKTOB” urug‘chilik uyushmasi hamda Turkiyaning qishloq xo‘jaligi navlarini sinash va sertifikatlashtirish markazi bilan bu borada ham kelishib olindi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#hamkorlik #Ozbekiston #Turkiya

URUG‘CHILIK SOHASINI RIVOJLANTIRISHDA
TURKIYA BILAN HAMKORLIK

🤝Respublikamizdagi Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) vakolatxonasida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi, Urug‘chilikni rivojlantirish markazi hamda “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi" Davlat unitar korxonasining rahbar-mutaxassislari ishtirokida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

👉Tafsilotlar saytimizda.

*****
#сотрудничество #Узбекистан #Турция

СОТРУДНИЧЕСТВО С ТУРЦИЕЙ В РАЗВИТИИ СЕКТОРА СЕМЕНОВОДСТВА

🤝В представительстве Турецкого агентства по сотрудничеству и координации (TIKA) в нашей республике состоялась кооперационная встреча с участием руководителей и специалистов Центра тестирования сортов сельскохозяйственных культур, Центра по развитию семеноводства при Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан и Государственного унитарного предприятия «Центр оказания услуг в агропромышленном комплексе».

👉Подробнее на сайте.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM