#Live
🟢 Ayni daqiqalarda, Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida sabzavot, poliz va kartoshka ekinlari seleksiyasi, urugʻchiligi, mahsulot yetishtirishda zamonaviy, resurs tejamkor va intensiv texnologiyalarni qoʻllashning ilmiy asoslari va istiqbollari mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtmoqda.
📌 Maqsad sabzavot, poliz va kartoshkachilik sohalarida soʻnggi yillarda erishilgan yutuqlar, amalga oshirilayotgan tadqiqotlar va ularning natijalari, sohadagi mavjud muammolar va ularning ilmiy yechimlari boʻyicha takliflar hamda istiqboldagi rejalarni belgilash va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shilliqqurtlarga qarshi kurashning samarali usullari
🐌 Shilliqqurtlar turli meva, o‘simliklar yaproqlari, dekorativ o‘simliklar va gullar (karam, baqlajon, pomidor, bodring, kartoshka, salat bargi, no‘xat, sabzi va shovul) bilan oziqlanishni yaxshi ko‘radilar.
⏳ Shilliqqurtlar quyoshdan pana va namlikda o‘zlarini yaxshi his qiladilar. Ulitka (salyangoz)lardan farqli o‘laroq, ular qobiq bilan himoyalanmaganligi sababli tunda ov qilishni ma’qul qo‘rishadi. Faoliyatining eng yuqori cho‘qqisi sentyabr oyida kuzatiladi.
🟢 Ularni doim ham uchratavermaymiz, ammo mavjudligidan darak beruvchi belgilar, harakat izlari ya’ni yarim shaffof och-ko‘kimtir izlarni ko‘rish mumkin.
🔗 Ushbu havola(link) orqali ularga qarshi kurashning samarali usullari haqida ma’lumotga ega bo’lishingiz mumkin.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
40 yildan ortiq issiqxona maydonining o‘sishi
✅ Sun’iy yo‘ldosh tahlillari shuni ko‘rsatdiki, issiqxonalar 40 yil oldin 300 km² bo‘lgan bo‘lsa, hozirda 13 000 km² dan ortiq maydonni egallaydi. Bu esa issiqxonalar 40 yil ichida 43 barobarga oshgan degani.
🇨🇳 Xitoy va uning shimoliy hududlarida dunyodagi barcha issiqxonalarning 60 foiziga ega davlat bo‘lib, yetakchilik qilmoqda. Xitoyning shimoli-sharqidagi Shandon provinsiyasida 820 km² dan ortiq maydonda issiqxonalar mavjud.
🥒Asosan u yerda bodring, baqlajon, pomidor, shuningdek, qulupnay, uzum, kivi, ajdaho mevasi kabi qimmatli rezavor va mevalar yetishtiriladi. Pomidor va bodring ishlab chiqarish 1990-yilga qaraganda 2020-yilda 6 barobarga oshgan.
👨🏫 Tadqiqotchi olimlar 65 ta eng yirik klasterlar tomonidan issiqxonalarning paydo bo‘lgan yilni aniqlash uchun “Landsat” tasvirlaridan foydalangan holda Xitoy, Ispaniya, Italiya, Turkiya va Meksikadagi o‘zgarishlarni kuzatishdi.
🔗 Bu global hodisa bo‘lib, Xitoy birinchi o‘rinda turadi, biroq u Ispaniya, Italiya, Meksika, Turkiya, Marokash, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Niderlandiya va Fransiyani o‘z ichiga olgan yana 119 davlatga ta’sir qiladi. Afrika qit’asida esa issiqxonalar asosan sabzavot va gullar ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
🥒Asosan u yerda bodring, baqlajon, pomidor, shuningdek, qulupnay, uzum, kivi, ajdaho mevasi kabi qimmatli rezavor va mevalar yetishtiriladi. Pomidor va bodring ishlab chiqarish 1990-yilga qaraganda 2020-yilda 6 barobarga oshgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari davlat reyestridan ro‘yxatdan o‘tkazish TARTIBI
📁 Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi nav ordinatorlari tomonidan topshirilgan nav va duragaylarning hujjatlarini belgilangan tartibda o‘rganib chiqib, nav hujjatlari qabul qilinadi;
⛓ Urug‘lik materiallarini nav sinash stansiya va uchastkalariga yetkazib berish bo‘yicha taqsimotni ishlab chiqadi hamda talabnoma beruvchiga ma’lum qiladi;
✅ Nav sinash stansiya va uchastkalaridagi qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarida xo‘jalik uchun foydali belgilar bo‘yicha kuzatuvlarni olib boorish bilan bir qatorda ma’lumotlarni kiritib boradi.
📌 Har yilgi hosildan olingan namunalar asosida laboratoriya tahlillari o‘tkazilib, takliflar tayyorlanadi hamda ekspert komissiyasiga taqdim qiladi;
➡️ Komissiya xulosasi asosida o‘zining tegishli qarori loyihasini tayyorlanib, Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Chorvachilikda Turkiya bilan hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi
🇺🇿 🇹🇷 Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan 6-iyun kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
🟢 Tashrif doirasida Anqara shahrida ikki davlat rahbarlari raisligida Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
🟢 Shu munosabat bilan ayni paytda Turkiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Turkiyaning chorvachilikni rivojlantirish va yirik chorva komplekslarini qurishga ixtisoslashgan “Salurbey group” kompaniyasi boshqaruv kengashi a'zosi Ibrahim Aydin bilan uchrashdi.
💬 Vazir Ibrohim Abdurahmonov yurtimizda investorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, oziq-ovqat xavfsizligi va agrar sohaga davlat siyosati darajasida qaratilayotgan e'tibor natijasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumot berar ekan, hamkorlikda amalga oshiriladigan agroloyihalarning istiqbollari to‘g‘risida ham to‘xtalib o‘tdi.
▶️ Uchrashuv davomida nafaqat chorvachilik, balki agrar sohadagi boshqa yo‘nalishlar hamda terini qayta ishlash, sut va go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha ham hamkorlik takliflari o‘rtaga tashlandi.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xotin-qizlar reproduktiv salomatligi-sog‘lom kelajak asosi
🟢 Toshkent davlat agrar universitetida Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan "Sog‘lom avlod uchun" xalqaro xayriya fondi, Akademik Yorqin To‘raqulovich nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, 3-son tumanlararo Teri-tanosil kasalliklari dispanseri malakali shifokorlari tomonidan universitetda tahsil olayotgan 1 va 2 - bosqich talabalar turar joyida yashovchi talaba qizlar va ishchi xodimlar chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o’tkazildi.
➕ Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan qizlar o‘rtasida tibbiy madaniyatni oshirish maqsadida "Xotin-qizlar reproduktiv salomatligi-sog‘lom kelajak asosi, "Yod tanqisligi kasalliklari", "Talaba-qizlar gigiyenasi", "Kamqonlik kasalligi, davosi va profilaktikasi" mavzularida targ‘ibot va tashviqot ishlari ham olib borildi.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda urugʻchilik genbanklarining ahamiyati katta
🇺🇿 🇹🇷 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga rasmiy tashrifi doirasida Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov ushbu mamlakatda boʻlib, Turkiyaning yirik va taniqli agrar soha tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazayotgani haqida xabar bergan edik.
📌 Asosiy mavzusi hamkorlikda agrar soha taraqqiyotini ta'minlash boʻlgan shunday uchrashuvlardan biri Turkiya urugʻchilik genbanki direktori Humeyra Yaman bilan boʻlib oʻtdi.
💬 Uchrashuv chogʻida har ikki davlatdagi genbanklarning faoliyat yoʻnalishlari, dunyoda hukm surayotgan bugungi geosiyosiy vaziyat va iqlim oʻzgarishining salbiy oqibatlari sezilib turgan bir paytda bunday genbanklarning oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda tutgan oʻrni haqida toʻxtalib oʻtildi.
🔵 Vazir Ibrohim Abdurahmonov Turkiya urugʻchilik genbankidagi ish jarayoni, bu yerda saqlanayotgan urugʻlar, olib borilayotgan ilmiy izlanishlar bilan tanishar ekan, sara urugʻ navlarini koʻpaytirish va genbankni yanada boyitish borasida har ikki davlat muassasalarining hamkorlik istiqbollariga alohida eʼtibor qaratdi.
✅ Shuningdek uchrashuvda ikki davlat urugʻchilik genbanklari oʻrtasida yoʻlga qoʻyilgan hamkorlik natijasi oʻlaroq, joriy yilning aprel oyida oʻzbekistonlik mutaxassislarga seminar-treninglar tashkil etilgani ham aytib oʻtildi va kelgusida ham bunday hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib olindi.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM