Kartoshkadagi virusli aynish. Buning sabablari va natijaviy yechimlari
🥔 Kartoshkaning aynishi deganda, odatda yuqumli virus va viroidlar hamda noqulay tuproq-iqlim sharoitlar ta’sirida sifatning pasayishi tushuniladi.
🔴 Aynigan kartoshka bargi tarkibidagi xlorofill kamayadi, fotosintez va transpiratsiya jarayonlari susayadi, hosildorligi va kasalliklarga chidamliligi, tuganaklarning ozuqaviyligi buziladi. Natijada, kartoshka ko‘paytirishga yaroqsiz bo‘lib qoladi.
▶️ Bunday vaziyatning yuzaga kelishiga, hosildorlikning keskin kamayishiga yuqori iqlim harorati sabab bo‘ladi. Virusli aynish yuqumli bo‘lib, u suruvchi hasharotlar orqali kasallangan o‘simlik hujayra shirasini sog‘lom o‘simlikka olib o‘tishi orqali yuqadi.
📌 Natijada, o‘simliklar sog‘lom o‘simliklarga nisbatan o‘sishdan orqada qoladi va ular hosildorligi keskin pasayadi. Virusli kasalliklar bilan oddiy usulda kurashish mumkin emas, shu sababli ularni rivojlanish va yuqumli davrida oldini olish maqsadga muvofiq.
🌡 Agarda yetishtirilayotgan kartoshkalar virus bilan kasallangan bo‘lsa, unga qarshi sertifikatsiyalangan, kasallikka chidamli sog‘lom urug‘li kartoshka navlarini muntazam ravishda ekish talab etiladi. Iqlim haroratiga e’tiborli bo‘lish kerak.
✔️ Urug‘ navlarini yetishtirishda agrotexnika qoidalariga rioya etish zarur. Virusdan himoyalangan kartoshka yetishtirishning eng ishonchli usuli uchki apikal meristemadan mitti tuganak yetishtirishdir. U bakteriyalarga nisbatan chidamlilikni oshiradi.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Veterinariya xizmatida "mahallabay" hamda "xonadonbay" ishlash tizimi amalda
💉 "Davlat veterinariya xizmati xodimlari tomonidan "Dolzarb 90 kunlik" tadbirlari doirasida hududlarda hayvonlarning yuqumli kasalliklariga qarshi profilaktik emlash jarayonlari davom etmoqda."
📍 Xususan, Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi mutaxassis xodimlari, veterinariya uchastkalari hamda tashxis markazi xodimlari bilan birgalikda "Dolzarb 90 kunlik" tadbirlarida faol ishtirok etib, aholi xonadonlaridagi chorva hayvonlarini "kuydirgi" "qutirish" kasalliklariga emlash va "brusellyoz" kasalligiga qarshi qon namunalari olish tadbirlari o‘tkazilmoqda.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘rik mevasi fitosanitar ruxsatnoma asosida qaysi davlatlarga eksport qilinmoqda?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Karam eksporti 3 barobarga oshgan. Meva-sabzavotlar eksporti statistikasi
📊 Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonning 2024 yil yanvar-aprel oylarida meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hajmi:
— Olxo‘ri (quritilgan) – 7,6 ming tonna
— Uzum – 5,6 ming tonna
— Uzum (quritilgan) – 12,6 ming tonna
— Pomidor – 11,6 ming tonna
— Karam – 148 ming tonna
— Piyoz – 121,3 ming tonna
— Sabzi – 55,3 ming tonna
— Bodring – 2,6 ming tonna
— Qalampir – 2,8 ming tonna
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
— Olxo‘ri (quritilgan) – 7,6 ming tonna
— Uzum – 5,6 ming tonna
— Uzum (quritilgan) – 12,6 ming tonna
— Pomidor – 11,6 ming tonna
— Karam – 148 ming tonna
— Piyoz – 121,3 ming tonna
— Sabzi – 55,3 ming tonna
— Bodring – 2,6 ming tonna
— Qalampir – 2,8 ming tonna
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston-Misr: samarali hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
🇺🇿 🇪🇬 O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher Shukurov Misr Arab Respublikasining delegatsiyasi a’zolari bilan uchrashdi.
🟢 Uchrashuv avvalida bugungi kunda ikki mamlakat o‘rtasida olib borilayotgan hamkorlik masalalarini e’tirof etish barobarida qishloq xo'jaligi sohasidagi o'zaro hamkorlikni yana-da rivojlantirish, bilim va malakalar almashinuvini ta'minlash masalalari muhokama qilindi.
💬 Shuningdek, mamlakatimizda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan, paxtachilik tizimida erishilgan yutuqlar, mahsulotni sifat darajasi va klaster va fermer xo‘jaliklarimiz tomonidan ekib parvarishlash jarayonidan tortib, paxtani xomashyo holatidan ishlab chiqarish bosqichidagi ip-kalava hamda tayyor mahsulotga aylantirilishi hamda eksport va import masalalari yuzasidan fikr almashildi
🟢 O‘z navbatida, Misr tomoni sabzavot va poliz ekinlarining urug‘ navlarini yetishtirish hamda Misr Arab Respublikasiga import qilish borasida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlik qilish bo‘yicha taklifini o‘rtaga tashladi.
📌 Aytish kerak, mazkur hamkorlik mamlakatlarimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, o‘zaro do‘stlik va mustahkam ishonchga asoslangan hamkorlik negizida taraqqiy etmoqda.
✅ Albatta, mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasida xorijiy investitsiya loyihalarini amaliyotga tatbiq etish uchun davlatimiz rahbari tomonidan xorijiy investorlar uchun yaratilgan muhit va ularga beriladigan imtiyozlar agrar soha rivoji hamda oziq ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM