QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.5K subscribers
27.3K photos
2.83K videos
7 files
10.3K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Uchuvchisiz uchish qurilmalari bilan xizmat ko‘rsatuvchi “Mind as Engine spin-off" korxonasining taqdimoti tashkil etildi

🟢Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligida, vazirlik va uning tizim tashkilotlari hamda hududiy boshqarmalar mas'ullari, fermerlar va klasterlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari mutaxassislari uchun mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasiga amalga oshirilgan texnologiyalar transferi doirasida ishlab chiqarilgan uchuvchisiz uchish qurilmasining ko‘rgazmali taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

🚁Unda qishloq xo‘jaligi dalalari, bog‘lari va o‘rmon yerlarini aeronavtik kimyoviy qayta ishlash, logistika, yong‘inga qarshi va boshqa sohalarda qo‘llanishiga mo‘ljallangan avtonom uchuvchisiz uchish qurilmasi (dron) orqali xizmat ko'rsatuvchi “Mind as Engine spin-off" korxonasining HUMOUN uchuvchisiz uchish qurilmasi imkoniyatlari va xususiyatlari ishtirokchilarga tanishtirildi.

Taqdimotda ushbu qurilmadan qishloq xo‘jaligining boshoqli don ekinlarda, paxtachilik, bog‘dorchilik, kungaboqar, jo‘xori ekinlarini kimyoviy o‘g‘itlash tadbirlarida foydalanish afzalliklari haqida tushunchalar berildi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🅰️👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍

Qishloq xo‘jaligi ekinlarini sovuqdan asrash

❄️ Yurtimizga sovuq havo oqimlari kirib kelishi va shu munosabat bilan qishloq xo‘jaligi sohasida yetishtirilayotgan ekin hamda o‘simliklarni qisqa muddatli qattiq sovuqdan asrash va betalafot o’tish bo‘yicha maslahat va tavsiyalar:

1. O‘rab qo‘yish: Iloji bo‘lsa, daraxtlar va o‘simliklarni sovuq urishi va qordan himoya qilish uchun maxsus materiallar (mato, plyonka, kraft-qog‘oz, spanbond) bilan yopish tavsiya etiladi. Bu gullaydigan kurtaklarni qisqa muddatli qattiq sovuqdan saqlab qolishga yordam beradi;

2. Ozuqa moddalari bilan sug‘orish: Sovuq havo massasi kirib kelishidan oldin daraxtlar yetarli darajada namlik va ozuqa olgan bo‘lishiga ishonch hosil qilish. Odatda suvga va foydali moddalarga to‘yingan daraxtlar past haroratlarga ko‘proq chidamliroq;

3. Mulchalash: Ekinlar ildiz zonasini maxsus ozuqa moddalar bilan qoplash tuproqdagi issiqlik va namlikni saqlab qolishga yordam beradi, bu esa ildizlarni sovuqdan himoya qiladi;

4. Shikastlangan shoxlarni kesib tashlash: Qor og‘irligi ostida ba'zi shoxlarni sinishi yoki sovuq urishi xavfini kamaytirish uchun qurib qolgan yoki shikastlangan novdalarni kesib tashlash mumkin. So‘ng, kesilgan joyni mis sulfatning suvli eritmasi (1 litr suv uchun 1 choy qoshiq modda) bilan ishlov berish mumkin;

5. Shamoldan himoya qilish: Imkoniyat bo‘lsa, daraxtlar va o‘simliklar atrofida vaqtinchalik shamol to‘siqlarini yaratish. Bu to‘siqlar ekinlarni yelvizaklardan asrashga yordam beradi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Бугун Президент Шавкат Мирзиёев Андижон вилоятига ташриф буюради.

Давлатимиз раҳбари саноат ва қишлоқ хўжалиги корхоналари, ижтимоий соҳа объектлари ва маҳаллалар ҳаёти билан танишиши, ҳудудни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш бўйича келгуси вазифаларни белгилаб бериши режалаштирилган.  

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Андижанскую область.

Глава государства ознакомится с промышленными и сельскохозяйственными предприятиями, объектами социальной сферы и жизнью махалли, определит дальнейшие задачи социально-экономического развития региона.

Facebook|Instagram|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2024-yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti 3,5 mlrd dollarga yetkaziladi

🗣Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi axborot xizmati rahbari Sabina Sadinova ma’lum qildi.

📈 Shundan meva-sabzavot 2,5 mlrd dollarga va boshqa oziq-ovqat mahsulot eksportini 1 mlrd dollarga yetkazish maqsad qilingan.

Bunda:
🍎 meva eksportini – 45 foizga,
🥕 sabzavotni – 50 foizga,
🍉 poliz ekinlari – 36 foizga,
🍇 uzumni – 2,2 barobarga,
🫘 dukkakli mahsulotlar eksportini 32 foizga ko‘paytirish uchun choralar ko‘rilmoqda.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tuproq eroziyasi va unga qarshi kurashish

🌲 Tog‘ jinslarining, tuproqning yoki boshqa yuzalar butunligining va ularning fizik-kimyoviy xususiyatlarini parchalanib, buzilishi va yemirilishi eroziya deb ataladi.

❗️Eroziyaga uchragan maydonlarda tuproq qashshoqlashib, uning tarkibi buzilib, yaroqsiz yerlarga aylanib qoladi. Eroziyaga uchragan tuproqda hosildorlik 5-10 marotaba kamayib, har xil begona o‘tlar 2-4 marta ko‘payadi.

ℹ️ Doimo bir xil ekin ekilaversa tuproqning holati yomonlashib, ozuqa moddalar miqdori kamayib boraveradi. Tuproqdagi ozuqa moddalarni ko‘paytirish uchun mineral o‘g‘itlar ishlatiladi. Shu sababli almashlab ekishni joriy qilish hamda organik o‘g‘itlar solish tuproqning tarkibini yaxshilaydi va eroziya jarayoni sustlashadi.

Eroziyaga qarshi kurashishni agrotexnik usuli:
Agrotexnik usullarning asosiy vazifasi – dalalardagi suv oqimini kamaytirish (yerga ishlov berish yo‘nalishi va chuqurligini belgilash, chuqurchalar, uzlukli egatlar, kichik limanlar hosil qilish)ga qaratilgan bo‘lishi kerak. Bunda yer yuzasida paydo bo‘ladigan suv oqimining vujudga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ilg‘or agrotexnika usullarini qo‘llash, jumladan, yerni ag‘darib chuqur haydash zarur.

ℹ️ Bu tadbirlar:
– yonbag‘ir yerlarga bo‘ylama va ko‘ndalangiga chuqur ishlov berish;
– maxsus suvni ushlab qoluvchi (uzlukli, tirqishli, chuqurchali) egatlar hosil qilish;
– haydov qatlami chuqurligini oshirish;
– o‘g‘itlar kiritish;
– tuproqni ag‘darmasdan yumshatish;
– baland poyali ekinlarni yetishtirishni ko‘zda tutadi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM