QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.1K subscribers
28.1K photos
2.86K videos
7 files
10.5K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
KUZGI AGROTEXNIK TADBIRLAR BO‘YICHA TAVSIYALAR BERILDI

Samarqand viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi tomonidan Toyloq tumanida navbatdagi amaliy-seminar tashkil etildi.

Seminarda O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi va tuman hokimligining qishloq xo‘jaligi bo‘limi mas'ullari, fermer, dehqon xo‘jaliklari rahbarlari, ish yurituvchilari, aholi xonadonlari vakillari ishtirok etishdi.

Yig‘ilganlarga mutaxassislar tomonidan kuz oylarida bajarilishi kerak bo‘lgan agrotexnik tadbirlar, o'g'itlash, daraxtlarga tutqich belbog‘lar bog‘lash, ariq-zovurlar yoqalarini begona o‘t qoldiqlaridan va barg xazonlaridan tozalash, bog‘larda kuzgi kovlash (raskopka) ishlarini olib borish bo'yicha tavsiyalar berildi.

Daraxtlarga tutqich belbog‘larni to‘g‘ri bog‘lash, ularni nazorat qilish vaqtini hisobga olish va tutqich belbog‘lar yechilgandan keyin amalga oshirilishi kerak bo‘lgan jarayonlar batafsil tushuntirilib, ko‘rsatib berildi.

#agrotexnika #tadbirlar

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qishloq xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligi texnikasi ko‘rgazmalariga marhamat!

❗️2023-yil 29-noyabrdan 1-dekabrgacha “O‘zekspomarkaz”da O‘zbekiston qishloq xo‘jaligidagi muhim ikki voqea – “Agroexpo Uzbekistan” hamda “Agrotechmash expo” qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tadi.
📌 Ko‘rgazmada 20 dan ortiq davlatlardan 100 ga yaqin kompaniyalar agrosanoat majmuasiga oid zamonaviy texnologiyalar, mahsulotlar, uskunalar va yangiliklarni namoyish etadi.

❗️ Qishloq xo‘jaligi yangiliklaridan bexabar qolmay desangiz, ko‘rgazmalarga tashrif buyuring!
📌 TASHKILOTCHILAR:
“O‘zzekspomarkaz”
IFWexpo Heidelberg GmbH

Batafsil ma'lumot olish uchun: 71 238 56 00

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SAMARQANDDA SUPER ELITA KARTOSHKA URUG‘LARI YETISHTIRILMOQDA

Mamlakatimizning Samarqand viloyatida hamda Jizzax viloyatining unga yondosh hududlarida bir yilda ikki martagacha kartoshka yetishtiriladi.

Shu bois ushbu mintaqada urug‘lik kartoshkaga bo‘lgan ehtiyoj boshqa hududlarga qaraganda biroz yuqori. Ayni paytda sohada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida 2025-yilga borib Samarqand viloyatida import qilinadigan urug‘lik kartoshkaga bo‘lgan ehtiyoj yuqori texnologiyali usullarda yetishtiriladigan mahalliy mahsulotlar hisobiga sezilarli darajada qisqaradi. Gap shundaki viloyatning Oqdaryo tumanida urug‘lik kartoshkaning serhosil navlarini “In-vitro” usulida ko‘paytirish Koreya tajribasi amalga oshirilmoqda
_____________

В САМАРКАНДЕ ВЫРАЩИВАЮТ СУПЕРЭЛИТНЫЕ СЕМЕНА КАРТОФЕЛЯ

В Самаркандской области и прилегающих к ней районах Джизакской области картофель выращивают до двух раз в год.

Поэтому потребность в семенном картофеле в этом регионе несколько выше, чем в других. В результате мер, реализуемых в настоящее время в сфере, к 2025 году потребность в импортном семенном картофеле в Самаркандской области будет значительно снижена за счет местной продукции, выращиваемой высокотехнологичными методами. Сейчас в Акдарьинском районе области наращивается производство высокоурожайных сортов семенного картофеля с использованием метода «In-vitro» в рамках корейского опыта.

#samarqand #super_elita_kartoshka

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tuproq unumdorligini oshirish, dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Yurtimizda tuproqlardan foydalanish, uning unumdorligini oshirish va muhofaza qilish, qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanuvchilar tomonidan organik oʻgʻitlardan keng foydalanish boʻyicha kompleks tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Tuproq unumdorligi, o'simliklar uchun muhim moddalarni, suvni saqlash va unumdorlikni oshirishni ta'minlaydi.

Barqaror qishloq xo'jaligi dunyosini qurishda, tuproqni yaxshilash va hosildorligini oshirish eng muhim jihatlardan biri hisoblanadi. Ushbu infografikamiz orqali tuproq unumdorligidagi samarali usullar haqida bilib olishingiz mumkin!

#tuproq #unumdorlik

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zbekiston24” telekanali “Maxsus reportaj” dasturi orqali “Qishloq xo‘jaligi: suvdan oqilona va tejab foydalanish choralari” mavzusida ko‘rsatuv efirga uzatildi.

📌Unda Qishloq xo‘jaligida yuqori samaradorlikka erishish, suv va suv resurslaridan oqilona foydalanish, fermer va klaster dala maydonlarida resurstejamkor texnologiyalarini joriy etish natijasida hosildorlikni oshirish masalalari yuzasidan so‘z yuritilgan.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qishloq xo‘jaligi vazirligida qator tayinlovlar amalga oshirildi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning tegishli buyrug‘iga asosan vazirlik markaziy apparatining rahbarlik lavozimlariga bir qator tayinlovlar amalga oshirildi.

Jumladan,
Ergashev Shamshod Shavkatovich- O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Vazir kotibiyati boshlig‘i;

Nazirov Dilshodbek Boxadirovich- Axborot xizmatlari bo‘limi boshlig‘i – Vazirning matbuot kotibi;

Bazarov Asliddin Rashidovich- O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Ijro apparati rahbari;

Babadjanov Furkat Axmedovich- Yig‘ma axborot-tahlil bo‘limi boshlig‘i;

Jo‘raev Ilhom Samadovich- Agrar sohani iqtisodiy rivojlantirish va moliyalashtirish departamenti boshlig‘i o‘rinbosari - Subsidiyalar va moliyalashtirish boshqarmasi boshlig‘i;

Rashidov Sunnatilla Sadriddinovich- Klasterlar va agro tadbirkorlik munosabatlari boshqarmasi boshlig‘i;

Ikramov Izzatilla Sunnatillaevich- Agrar sohada axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va raqamlashtirish departamenti boshlig‘i;

Maxsudov Bobomurod Yuldoshovich- Agrokosmik texnologiyalarni joriy qilish bo‘limi boshlig‘i;

Xolmirzaev Isroiljon Akramjonovich- Oziq-ovqat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'tgan haftada 2023-yilning yanvar-sentyabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmi qanchani tashkil etishi yuzasidan so'rovnoma o'tkazgan edik.

So'rovnomada umumiy 230 kishi qatnashgan bo'lib, ularning aksariyati 282,7 trln so'm javobini belgilashgan.

Umuman olganda esa, 2023-yilning yanvar-sentyabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmi 292,7 trln so‘mni tashkil etgan. Ushbu ko‘rsatkich mamlakat yalpi ichki mahsulotining 23,7 foizini tashkil etgan. Bu haqda Statistika agentligi tomonidan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida o‘tkazilgan ochiq muloqotda axborot berildi.
__________

На прошлой неделе мы провели опрос по общему объему производства сельскохозяйственной, лесной и рыбной продукции за период с января по сентябрь 2023 года.

В опросе участвовали 230 человек, большинство из которых указали общий объем в 282,7 триллиона сумов.

В целом, за январь-сентябрь 2023 года общий объем продукции сельского, лесного и рыбного хозяйства составил 292,7 триллиона сумов. Этот показатель представляет собой 23,7 процента общего внутреннего производства страны. Об этом сообщили в Агентстве по статистике на открытом диалоге, состоявшемся в Национальном исследовательском университете «Ташкентский институт инженеров ирригации и механизации сельского хозяйства».

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Agroexpo Uzbekistan” hamda “Agrotechmash expo” qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmalari o‘z ishini boshladi

🚜 Ayni daqiqalarda “O‘zekspomarkaz”da O‘zbekiston qishloq xo‘jaligidagi muhim ikki voqea – “Agroexpo Uzbekistan” hamda “Agrotechmash expo” qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmalari bo'lib o'tmoqda.

Ko'rgazmada Qishloq xo'jaligi vazirligi vakillari, agrar sohada faoliat olib borayotgan tadbirkorlar va yirik ishlab chiqaruvchi kompaniyalar rahbarlari ishtirok etmoqda. Tadbirning ochilish marosimida ta'kidlanganidek, ko‘rgazmada 20 dan ortiq rivojlangan davlatlardan 170 ga yaqin kompaniyalar agrosanoat majmuasining zamonaviy texnologiyalari, mahsulotlari, uskunalari va yangiliklarini namoyish etishmoqda.

Ko'rgazma biznes yuritish va ishbilarmonlik aloqalarini yanada mustahkamlash uchun samarali platforma bo'lib xizmat qiladi. Bugun va ertaga ko'rgazma doirasida "O'zbekistonda chorvachilikni rivojlantirish muammolari va istiqbollari" mavzusida xalqaro konferensiya ham tashkil etiladi. Ertaga bo'lib o'tadigan anjuman esa parrandachilik mavzusiga bag'ishlanadi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"O'zbekiston 24" telekanalida yer tuzish sohasidagi yangi ilmiy izlanishlar mavzusida maxsus reportaj efirga uzatildi.

Unda “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti tomonidan yer tuzish sohasidagi amalga oshirilayotgan yangi ilmiy ishlar hamda institut faoliyati haqida so'z boradi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rossiyada 151 million tonnadan ortiq don yig'ib olindi

Joriy yilda rossiyalik dehqonlar tomonidan 98 foiz maydondan qariyb 151 million tonnadan ortiq g‘alla yig'ib olindi.

Bu esa, Rossiya tarixdagi ikkinchi eng katta hosil hisoblanadi.

Hosil nafaqat ichki ehtiyojlarni to'liq qondirish, balki xorijlik hamkorlarga rekord miqdorda g'alla jo'natish imkoniyatiga ega.

Rossiya qishloq xo‘jaligi sohasi bo'yicha 2022-2023-yillarda (2022-yil 1-iyuldan 2023-yil 30-iyungacha) 60 million tonna don eksport qilgan bo'lsa, shundan 47 million tonnaga yaqin bug'doyni tashkil etadi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM