QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15K subscribers
28.3K photos
2.87K videos
7 files
10.5K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yashil makon: kuzgi daraxt ekish mavsumi davom etmoqda

🌳 Kuni kecha Qishloq xo‘jaligi vazirligi bir guruh xodimlari ishtirokida Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani  Xumson qishlog'ida vazirlikning "Yashil bog'i" mevali bog'i yaratildi.

50 gektar maydonni o'z ichiga olgan hududda 25 ming dona mevali va manzarali ko'chatlar, jumladan, 1500 dona jerimi olma navi, 3500 dona sux guzali olma navi, 2000 dona gilos va nok ko'chatlari o'tkazildi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Live

Ayni paytda Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida joylashgan “BMB-NRC Agrologistics” markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

🖥 Marosimni Rossiya Fedaratsiyasi Qishloq xo'jaligi vazirligi rahbariyati va O'zbekiston hukumati nomidan Bosh Vazir o'rinbosari Jamshid Xodjayev onlayn tarzda kirish so'zi bilan ochib berdi.

🟢Shuningdek, Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Oleg Malginov, O‘zbekistonning Rossiyadagi favqulotda va muxtor elchisi Botirjon Asadov BMB Holding Kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov hamda qator mas’ul rahbar va xodimlar ishtirok etmoqda.

🇺🇿🤝🇷🇺 O‘zbekiston-Rossiya hamkorlikdagi “BMB-NRC Agrologistics” qo‘shma korxonasi O‘zbekistondagi eng yirik va yagona agrologistik kompleks hisoblanadi.

📌 40 gektar hududni o‘z ichiga olgan markaz qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saralash, kalibrlash, qayta ishlash, qadoqlash va saqlash kabi xizmatlarni o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, korxonada 1410 nafar doimiy, 1500 ga yaqin mavsumiy ish o‘rinlari yaratilmoqda.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“BMB-NRC Agrologistics” O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasining birinchi bosqichi ishga tushirildi

📍 Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida bunyod etilgan
“BMB-NRC Agrologistics” agrologistika markazi O‘zbekiston-Rossiya hamkorligidagi eng yirik loyihalardan biri hisoblanadi. Bugun, mazkur korxonaning birinchi bosqichi ishga tushirildi.

🖇 Ochilish marosimida Qishloq xo'jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov ham ishtirok etdi. Tadbir davomida, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi 150 dan ortiq yirik korxona vakillari tomonidan hududlarning eksport salohiyatini namoyish etuvchi ko‘rgazma tashkil etildi. Ekspozitsiyalarni ko‘zdan kechirish chog‘ida eksportyorlar va importyorlar o‘rtasida amaliy muloqotlar bo‘lib o‘tdi.

📌 Umumiy loyiha qiymati 709,71 mlrd. so‘mni tashkil etgan kompleks qurilishi uch bosqichli modul ko‘rinishida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, loyiha to‘liq ishga tushirilgach 810,0 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish imkonini beradi.

Eng muhimi, hozirning o‘zidayoq 180 nafar doimiy, 400 nafardan ziyod mavsumiy ish o‘rinlari yaratilmoqda. Majmua to‘liq quvvatda ishga tushirilgach, 1 410 nafar doimiy, 1500 ga yaqin mavsumiy ish o‘rinlari yaratiladi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo'jaligi ekin navlarini sinash markazi 1937-yilda tashkil etilgan bo‘lib, seleksiya yutuqlarining xo‘jalikda foydaliligini sinash va huquqiy jihatdan himoya qilish bo‘yicha Respublikada yagona tashkilot hisoblanadi. Markaz barcha qishloq xo‘jaligi ekinlari yangi navlarini Respublikamizning turli tabiiy tuproq-iqlim sharoitlarida belgilangan uslublar asosida Davlat nav sinovidan o‘tkazadi.

📌Markaz huzurida Toshkent paxta tolasi-texnologiyasi va Toshkent kimyo-texnologiya labaratoriyalari mavjud bo'lib, qishloq xo‘jalik ekinlari va boshqa o‘simliklarning mamlakatimizda va chet elda yaratilgan barcha seleksion yangi navlari, duragaylari, liniyalari himoyaga layoqatliligi va xo‘jalikda ishlatish uchun foydaliligini aniqlash bo‘yicha Davlat sinovidan o‘tkazadi va Davlat Reyestriga kiritish bo‘yicha qaror qabul qiladi.

🌳 Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini Davlat sinovidan o‘tkazish metodikasini ishlab chiqadi, navlar resurslarini takomillashtirib boradi.
🟢Navlar resursini shakllantiradi, sermahsul navlarni ishlab chiqarishga taqdim etadi;
🟢Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini tuproq-iqlim sharoitlariga asosan joylashtirish ustida ish olib boradi;
🟢Davlat sinovi natijalari, qo‘llanmalar, ilmiy xujjatlarni nashr etadi;
🟢Davlat Reyestriga kiritilgan noyob va istiqbolli navlarning urug‘ini ko‘paytiradi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KUZGI AGROTEXNIK TADBIRLAR BO‘YICHA TAVSIYALAR BERILDI

Samarqand viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi tomonidan Toyloq tumanida navbatdagi amaliy-seminar tashkil etildi.

Seminarda O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi va tuman hokimligining qishloq xo‘jaligi bo‘limi mas'ullari, fermer, dehqon xo‘jaliklari rahbarlari, ish yurituvchilari, aholi xonadonlari vakillari ishtirok etishdi.

Yig‘ilganlarga mutaxassislar tomonidan kuz oylarida bajarilishi kerak bo‘lgan agrotexnik tadbirlar, o'g'itlash, daraxtlarga tutqich belbog‘lar bog‘lash, ariq-zovurlar yoqalarini begona o‘t qoldiqlaridan va barg xazonlaridan tozalash, bog‘larda kuzgi kovlash (raskopka) ishlarini olib borish bo'yicha tavsiyalar berildi.

Daraxtlarga tutqich belbog‘larni to‘g‘ri bog‘lash, ularni nazorat qilish vaqtini hisobga olish va tutqich belbog‘lar yechilgandan keyin amalga oshirilishi kerak bo‘lgan jarayonlar batafsil tushuntirilib, ko‘rsatib berildi.

#agrotexnika #tadbirlar

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM