Anorning foydali xususiyatlari borligini bilarmidingiz?
📌Kaliy, mis, fosfor, magniy, yod va temir kabi minerallarga boy anorning sharbatini 2 oy davomida ovqatdan 30 daqiqa oldin kuniga 3 mahal 0,5 stakandan ichish qon aylanishini yaxshilash bilan bir qatorda gemoglobinni oshirishga yordam beradi.
🔗Qolaversa, anor urugʻlari organizmda gormonal muvozanatni tiklashga xizmat qiladi.
Вы знаете о полезных свойствах граната?
📌Пить гранатовый сок, обогащенный такими минералами, как калий, медь, фосфор, магний, йод и железом, за 30 минут до еды 3 раза в день в течение 2 месяцев помогает улучшить кровообращение, укрепить иммунную систему и повысить уровень гемоглобина.
🔗Кроме того, семена граната способствуют гормональному балансу в организме.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston va Italiya: iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashuvchi agroittifoq tuziladi
🇺🇿 🤝🇮🇹 O‘zbekistonning Italiyadagi elchixonasi hamda Qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari va iqtisodiy tahlili kengashi (CREA) ko‘magida qishloq xo‘jaligini iqlim o‘zgarishiga moslashtirishga qaratilgan seminar tashkil etildi.
🌩 Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligini strategik rivojlantirish va tadqiqotlar xalqaro markazi (ISCAD) vakillaridan iborat bir guruh ekspertlar ishtirok etdi.
🟥 Unda mamlakatning qishloq xo‘jaligi siyosati haqida ma'lumot berilib, iqlim o‘zgarishining oqibatlari va ularga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar ijrosi muhokama qilindi. Qolaversa, qishloq xo‘jaligi ekinlarini tuproq va iqlim sharoitiga mos ravishda ekish, yerdan oqilona foydalanish amaliyotini joriy etish masalalari o‘rtaga tashlandi.
⏩ Seminarda italiyalik mutaxassislar qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalarga ham qiziqish bildirdi.
✅ Tadbir so‘ngida qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan investitsiya loyihalari doirasida yaqin hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishildi.
📌 Ma’lumot uchun, 5 ming 335 gektar maydonga ega CREAning 12 ta tadqiqot markazi mavjud bo‘lib, 2500 dan ortiq olimlar va 66 ta tajriba fermalari faoliyat olib boradi. Tashkilot ilmiy tajribalar o‘tkazish bilan bir qatorda, xalqaro va milliy miqyosda ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
📌 Ma’lumot uchun, 5 ming 335 gektar maydonga ega CREAning 12 ta tadqiqot markazi mavjud bo‘lib, 2500 dan ortiq olimlar va 66 ta tajriba fermalari faoliyat olib boradi. Tashkilot ilmiy tajribalar o‘tkazish bilan bir qatorda, xalqaro va milliy miqyosda ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Urug‘chilik sanoati rivojlantirishga qaratilgan muzokaralar davom etmoqda
🇺🇿 🤝🇹🇷 Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug`chilikni rivojlantirish markazining bir guruh xodimlaridan iborat delegatsiya xalqaro forumda ishtirok etish uchun Turkiya Respublikasi Adana shahrida bo’lib turibdi.
✅ Forum doirasida urug‘chilik sohasida 20 yillik tajribaga ega bo'lgan "Atlas Tuhum Ziraat LTD Sti" kompaniyasining boy tajribasi, ishlab chiqarish, marketing va raqamlashtirish tizimlari ko‘zdan kechirildi.
⏩ Shuningdek, urug‘lik chigit tayyorlash sexi va laboratoriyasiga tashrif buyurildi hamda kompaniya a’zolari bilan muzokaralar olib borildi
🟢 🟢 🟢 🟢
Продолжаются обсуждения по развитию семеноводства
🇺🇿 🤝🇹🇷 Делегация, состоящая из сотрудников Центра развития семеноводства при Министерстве сельского хозяйства, принимает участие в международном форуме в городе Адана, Республика Турция.
✅ В рамках форума обсуждается опыт "Atlas Tuhum Ziraat LTD Sti" - компании с 20-летним опытом в области семеноводства, включая производство, маркетинг и цифровые системы.
⏩ Также проведены визиты в цех и лабораторию по производству семян, где были проведены переговоры с представителями компании.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Продолжаются обсуждения по развитию семеноводства
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Yashil to‘lov” platformasi joriy qilinadi
“Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–199-son, 23.11.2023-y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda:
Davlat budjetidan har yili ajratiladigan mablag‘larning kamida 50 foizi “yashil bog‘lar” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil qilish uchun “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan “Mening bog‘im” loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Bunda aholi tashabbusi bilan “yashil bog‘lar” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil qilish bo‘yicha maydon manzili va rasmlari ko‘rsatilgan holda qiymati 250 mln so‘mdan oshmagan tashabbus bildiriladi.
“Mening bog‘im” loyihalarini shakllantirish va ularga ovoz berish jarayoni har yili yanvar-fevral oylarida o‘tkaziladi.
Farmonga muvofiq, avtomobil, temir yo‘l, daryo va kanallar yoqalari, davlat organlari va tashkilotlari yer uchastkalarining foydalanilmayotgan qismida (o‘rmon fondi yerlari bundan mustasno) “yashil bog‘lar” ushbu yerlarning egalari, foydalanuvchilari hamda tashabbuskor jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasida 10 yilgacha tegishli shartlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuziladigan ikki tomonlama shartnoma asosida barpo etiladi.
Yer uchastkalari respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga “yashil bog‘” barpo etish uchun doimiy foydalanish huquqi asosida beriladi.
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram

Xodimlar malakasini oshirish muhim vazifa
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tashqi karantin nazorati bo‘yicha bir guruh masʼul xodim va inspektorlarning malakasini oshirish maqsadida 5 kunlik o‘quv-seminari tashkil etildi.
Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur seminar davomida ishtirokchilarga “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi qonun hamda tizim faoliyati bilan bog‘liq hujjatlarning mazmun-mohiyati, o‘simlik va o‘simlik mahsulotlarini zararsizlantirish, fumigatsiya turlari, mahsulotlarga termo shtamp qo‘yish talablari tushuntirildi.
Xususan, mamlakatimiz chegara hududlarida shaxslar, transport vositalari va tovarlarni o‘tkazish punktlarida fitosanitariya nazoratini o‘tkazish dasturning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi.
Tashqi karantin nazorati inspektorlari eksport bo‘layotgan mahsulotlar uchun xalqaro ahamiyatga ega fitosanitariya sertifikatini rasmiylashtirishga masʼul hisoblandi. Shu sabab o‘quv kurslarida hujjatlarni rasmiylashtirish masalalariga ham alohida urg‘u berildi.