QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.5K subscribers
27.4K photos
2.83K videos
7 files
10.3K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
“ISTIQBOL UMIDLARI” TANLOVINING RESPUBLIKA SARALASH BOSQICHI O‘TKAZILDI

Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning tizimida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar o‘rtasida “Istiqbol umidlari” tanlovining respublika saralash bosqichi o‘tkazildi.

Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vaziri maslahatchisi Eshmirza Abdualimov so‘zga chiqib, ushbu tanlov mamlakatimizda agrar sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yosh xodimlar va davlat xizmatchilarining faol ishtirokini taʼminlash, zamonaviy dunyoqarash va erkin fikrlovchi yangi avlod kadrlarini shakllantirishga qaratilgan kadrlar siyosatini izchil amalga oshirish maqsadida o‘tkazilayotgani haqida taʼkidlab o‘tdi.

Mazkur tanlov nizom talablariga ko‘ra, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlar, oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda vazirlikning hududiy bo‘linmalarida faoliyat yuritayotgan 35 yoshdan oshmagan yosh xodimlar va davlat xizmatchilaridan tashkil topgan jamoalar ishtirok etadi.

Bugungi o‘tkazilgan tanlovning respublika saralash bosqichida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining «Yosh karantinchilar» jamoasi va Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining «Agronazorat» jamoasi hamda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining “Milliy markaz” jamoalari 3 ta shart bo‘yicha bellashdilar.

🏆 Ishtirokchi jamoalarga har bir shartni bajarish uchun 8 daqiqa vaqt ajratilgan bo‘lib, 10 ballik tizimda hakamlar hay’ati aʼzolari tomonidan baholab borildi. Murosasiz o‘tgan tanlovda “Milliy markaz” jamoasi 1-o‘rin, «Yosh karantinchilar» jamoasi 2- o‘rin hamda «Agronazorat» jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kitishdi.

Tanlovda ishtirok etgan jamoalar Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan diplom bilan taqdirlandilar.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qishloq xo‘jaligi taraqqiyoti uchun qilinayotgan amaliy ishlar

Kuni kecha, davlatimiz Rahbari tomonidan qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida hosildorlik, daromad, ish o‘rni va investitsiyalarni ko‘paytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ham paxtachilikka alohida eʼtibor qaratildi.

Tarmoqning tobora bosqichma-bosqich erkinlashib borayotganligi, o‘zaro munosabatlar tomonlarning muhokama va takliflari asosida shakllanayotganligi katta ahamiyat kasb etmoqda.

🏠Paxta-to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklari o‘rtasida yuzaga keladigan muzokarali masalalarni ijobiy hal qilish xususan, paxta xom-ashyosi xarid narxlarini o‘zaro manfaatli belgilash maqsadida klasterlar va fermerlar vakillaridan iborat Maslahat kengashi faoliyat yurita boshladi. Bugun dunyoda paxta xom-ashyosiga bo‘lgan talabning kamayganligi, uni yetishtirish tannarxini ishlab chiqaruvchilar bilan o‘zaro mutanosib kelishuvi murakkablashgan bir davrda bunday muloqot maydoni amaliyotda tezkor yechimlar berishi aniq.

📌 Xususan, joriy yil 21-oktabr kuni Xorazm viloyatida o‘tkazilgan amaliy seminar davomida paxta-to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklari o‘rtasida 2023-yil paxta xom-ashyosi xarid narxini belgilash to‘g‘risida o‘zaro kelishuvlarga erishilgani fikrimiz dalidir. Maʼlumot uchun shuni aytish kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-yanvardagi PQ-23-sonli qaroriga muvofiq, vazirlik amalga oshirgan Nyu-York birjasidagi paxta tolasining fyuchers kotirovkalari tahliliga ko‘ra, o‘rtacha yillik kotirovka 84,0 sent/funtni, 2023-yil 7-noyabr kungi kotirovka esa 79,5 sent/funtni tashkil etmoqda. Shundan kelib chiqib, joriy yilda shakllangan o‘rtacha yillik kotirovkasi hamda paxta xom-ashyosini yetishtirish tannarxini hisobga olgan holda, 2023-yil hosili 4-tip 1-nav 2-sinf 1 tonna paxta xom-ashyosining xarid narxi 7 million 800 ming so‘m(QQS bilan)dan kam bo‘lmasligi tavsiya qilindi, tomonlar ushbu tavsiyalarni birdek maʼqullagan.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10-noyabr — Butunjahon ilm-fan kuni

📍Toshkent davlat agrar universitetida “Butunjahon ilm-fan kuni” munosabati bilan o‘tkaziladigan “Agrar ilm-fani taraqqiyot va barqarorlik uchun” mavzusida ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Zulayho Mahkamova, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda Vazirlik tizim tashkilotlari, Toshkent davlat agrar universiteti professor o‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari va fermerlar ishtirok etishdi.

🌍Ushbu sana 2001-yilda UNESCO tashkiloti tomonidan ma’qullanib, 10-noyabr sanasini “Butunjahon ilm-fan kuni” deb rasman tasdiqlangan.

#ilm_fan #UNESCO #agrar

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Muzrabotda eksportbop sholi yetishtirilmoqda

Maʼlumki, har bir hudud aholisini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashni hamda hudud eksport salohiyatini oshirishni ko‘zlab, barcha qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni o‘zlashtirmoqda. Jumladan, mana shu maqsad yo‘lida Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida ham sifatli guruch yetishtirish borasida yirik salohiyatga ega klaster faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

🏠Ulkan maqsadlarni ko‘zlab ish boshlayotgan "SCT CLUSTER SHOLI" klasteri uchun 20 ming gektar yer maydoni ajratilgan. Nafaqat mahalliy bozorlarimizni taʼminlashni, balki sifatli mahsulotini xorijiy davlatlarga eksportga yo‘naltirishni ham rejalashtirgan klaster yiliga 60 ming tonna mahsulot yetishtirish va qayta ishlash quvvatiga ega.

📌Albatta, bunday natijaga erishish uchun ko‘p mehnat va vaqt talab qilinadi. Joriy yilda klaster tomonidan 9000 tonna guruch ishlab chiqarish rejalashtirilgan bo‘lib, 2024-yilda ushbu ko‘rsatkich 25 410 tonnaga yetkaziladi.

🟢Shuningdek, klasterda 1800 tonna birinchi navli un ishlab chiqarish ham ko‘zda tutilgan. Korxonada 1500 nafar doimiy va mavsumiy ishchilar faoliyat yuritadi.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM