QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.1K subscribers
28.1K photos
2.86K videos
7 files
10.5K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
🌗Oyning to‘lishi: 26-iyun–1-iyul
🌕To‘lin oy: 2-iyul

🧲Geomagnit faollik: Hafta davomida kuchsiz geomagnit to‘lqinlar bo‘ladi (Kp-indeks: 2-4-4-2-2-4-3).

🔅Ultrabinafsha nurlari ko‘rsatkichi: Hafta davomida ekstremal (11-12 ball) darajada bo‘ladi, faqat juma kuni juda yuqori daraja (10 ball) bo‘lishi kutilmoqda.

🔤Havoning namligi: 26-iyun – 27%; 27-iyun – 21%; 28-iyun – 29%; 29-iyun – 21%; 30-iyun – 22%; 1-iyul – 19%; 2-iyul – 20%.

Haftalik
ob-havo haqida qisqacha:

⛅️O‘zbekiston hududining katta qismida havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-25°, kunduzi 33-40° bo’ladi.

Respublikaning togʻoldi va tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-16°, kunduzi 22-27° bo’ladi.

Dehqon va fermerlar uchun tavsiyalar:

📝Klaster va fermer xo‘jaliklari g‘alladan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekinlar ekish agrotexnik tadbirlarini amalga oshirishlari lozim. G‘allasi o‘rib olingan maydonlarni peshma-pesh somondan tozalash, takroriy ekin ekishga yerni tayyorlash va takroriy ekinlar sifatida sabzavot, poliz, kartoshka, sholi, dukkakli, moyli, ozuqa, tariq va boshqa ekinlarni ekish tavsiya etiladi.

#ob_havo #iqlim #tavsiya

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM