QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14.7K subscribers
29.5K photos
2.92K videos
7 files
10.9K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#Prezident #Mirziyoyev #videoselektor

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatimiz turizm salohiyatini jadal rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda davlatimiz rahbari sohaga oid qabul qilingan choralar katta natijalar berishni boshlaganini taʼkidlab o‘tdi.

Jumladan, 2022-yilda:

— yurtimizga tashrif buyurgan xorijiy turistlar soni 2021-yilga nisbatan 3 baravarga oshdi (5,2 million, soha eksporti – 1,6 milliard dollar);

— ichki turizm dasturlari doirasida 11,5 million, shundan 1,5 million ehtiyojmand aholi, yoshlar va keksalar sayohatlari tashkil etildi;

— Samarqandda yangi turizm markazi barpo etilgani qo‘shimcha 2 million sayyoh jalb qilish imkonini berdi;

— bu yili yurtimizda Butunjahon turizm tashkilotining Bosh assambleyasi yig‘ilishini o‘tkazishga katta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Bundan tashqari, Samarqand 2023-yilgi Butunjahon turizm poytaxti maqomini olgani ham bu boradagi ishlarning yuqori natijalaridan biri ekani qayd etildi.

Joriy yilda viloyat hokimlari va elchilar 7 million xorijiy va 15 million ichki sayyohlarni jalb qilish, eksportni 2,5 milliard dollarga yetkazish ustida aniq reja va majburiyat bilan ishlashlari shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Shundan so‘ng Prezident sohaga doir muammolarga eʼtibor qaratdi. Xususan, turoperator, mehmonxona, transport korxonalari, oliygohlar vakillari bilan bir necha bor uchrashilib, ularning muammolari va takliflari o‘rganilgani va natijada, turistlarni faol jalb qiladigan joylar haqida kontent kam, bori ham qiziqarli emas, sayyohlarni 4-5 kun olib qoladigan turpaketlar yetishmasligi, yo‘l chiptalarini 3-6 oy oldindan bron qilish, sotib olishda noaniqliklar mavjudligi, muzey, teatr, madaniyat maskanlari turizm dasturlari bilan bog‘lanmaganligi, ularning ishlash vaqti ham sayyohlar talabidan kelib chiqmaganligi taʼkidlandi.

Davlatimiz rahbari soha mutasaddilari shu va boshqa kamchiliklar bilan tizimli ishlamayotganini tanqid qilib, keskin o‘zgarish qilinishi zarur bo‘lgan yo‘nalishlarni ko‘rsatib o‘tdi.

https://t.iss.one/Press_Secretary_Uz/3014
#Prezident #Mirziyoyev #yigilish #ipoteka_dasturi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2023-yilgi ipoteka dasturi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Unda so‘nggi olti yilda mamlakatimiz aholisi 5,5 million nafarga o‘sgani, hademay 40 millionga yetishi qayd etilib, 2017-yildan buyon 326 mingta yangi uy-joy foydalanishga topshirilgani ta’kidlandi.

2022-yilda boshlangan 31 ta “Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish dasturi bo‘yicha ishlar Andijon va Xorazmda yaxshi ketayotgani ta’kidlanib, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Sirdaryodagi massivlarda hokimlarning e’tiborsizligi oqibatida birorta uy foydalanishga topshirilmagani qattiq tanqid qilindi.

Yig‘ilishda 2023-yilda yangi uy-joy qurish hajmini 1,5 baravarga oshirib, 90 mingtaga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

https://t.iss.one/c/1752331301/3530