QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15K subscribers
28.5K photos
2.87K videos
7 files
10.6K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#ishchi_guruh #Qoraqalpogiston #klaster

“BERUNIY” KLASTERIDAGI CHORVA KOMPLEKSI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Qishloq xo‘jaligi majmuasida dehqon va fermerlarning kunlik muammolarini yechish, bu yo‘lda bajarilayotgan ishlarni monitoring qilish, salbiy vaziyatlarga joyida barham berish maqsadida Hukumat ishchi guruhi faoliyat olib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Sh.G‘aniyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtkul tumanida g‘alla maydonlariga yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etish ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, “Beruniy” klasteri tomonidan tashkil etilgan chorva kompleksi bilan tanishildi. Hozirda bu yerda go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqarish maqsadida 200 bosh hamda sut mahsulotlarini olish uchun 50 bosh qoramol boqilmoqda. Yil yakunigacha ushbu chorva mollarini jami 700 boshga yetkazish rejalashtirilmoqda. Ishchi guruhining o‘rganish ishlari davomida Beruniy tumanidagi issiqxonalar faoliyati ham o‘rganildi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_makon #kochat_ekish #umummilliy_loyiha

🌱Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Zarbdor 40 kunlik” munosabati bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari davom etmoqda.

Samarqand viloyati Ishtixon tumanida 2022-yil kuz hamda 2023-yil bahor mavsumida jami 1 mln 83 ming tup ko‘chat va qalamchalarni har bir mahalla, korxonalar va xizmat ko‘rsatish sohalari hududlarida, fermer xo‘jaliklari ekin yer maydonlari chetlariga hamda ijtimoiy soha (maktab, kasalxona, o‘quv yurtlari) obyektlari va tashkilotlar hududlariga ekish rejalashtirilgan.

Joriy yilning oktyabr-dekabr oylarida 406,2 ming tup ko‘chatlar ekish belgilangan bo‘lib, bugungi kun holatiga 300 mingga yaqin ko‘chatlar o‘tqazildi. Jumladan, qishloq xo‘jaligi yerlarida ixota daraxtzorlar barpo etiladigan maydonlarda 22,14 ming tup, fermer xo‘jaliklari va klaster dala chet maydonlariga 133,3 ming tup, ijtimoiy soha obyektlariga 34,9 ming tup, korxona va xizmat ko‘rsatish sohasi hududlariga 26,6 ming tup, mahallalar va boshqa obyektlar hududiga 82,1 ming tup mevali va manzarali ko‘chatlar ekilishi taʼminlandi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Hamkorlik #Vazir #Uzbekistan #Fransiya

O‘ZBEKISTON QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRINING FRANSIYAGA TASHRIFI

🤝Shu kunlarda O‘zbekiston Prezidentining Fransiyaga rasmiy tashrifi doirasida vazir Aziz Voitov boshchiligidagi Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi Fransiyada bo‘lib turibdi.

21-noyabr kuni Parij chekkasida SEMMARIS kompaniyasiga tegishli yangi oziq-ovqat bozori — “Rungis International Market” bilan tanishtiruv ekskursiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu dunyodagi eng katta bozor bo‘lib, har kuni Il-de-Fransdagi 18 milliondan ortiq iste‘molchilarga xizmat ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, tashrif fransuz tomoni bilan avval o‘rnatilgan kelishuvlar doirasida amalga oshirilmoqda. 2018-yil oktyabr oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev Fransiyaga tashrif buyurib, O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Fransiyaning SEMMARIS kompaniyasi vakillari o‘rtasida O‘zbekistonda agrologistika markazini tashkil etish loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi bitim imzolangan edi.

*****
#Сотрудничество #Министр #Узбекистан #Франция

ВИЗИТ МИНИСТРА СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА УЗБЕКИСТАНА ВО ФРАНЦИЮ

🤝В эти дни в рамках визита Президента Узбекистана во Францию, делегация Минсельхоза РУ во главе с министром сельского хозяйства Азизом Воитовым проводит ряд встреч в Париже.

21 ноября, в пригороде Парижа, прошла ознакомительная экскурсия по рынку свежих продуктов Rungis International Market, принадлежащему компании SEMMARIS. Это крупнейший в мире маркет, который ежедневно обеспечивает продовольствием 18 миллионов потребителей в Иль-де-Франс.

Напомним, что визит проходит в рамках налаженных ранее договоренностей с французской стороной. В октябре 2018 года состоялся визит президента Шавката Мирзиёева во Францию, где было подписано соглашение между Узбекистаном от имени Министерства инвестиций и внешней торговли РУ и Францией от имени компании SEMMARIS по реализации проекта по созданию агро-логистического центра в Узбекистане.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#FAO #UNDP #UNESCO #UNICEF #WB #ADB #GIZ #TIKA #IFAD

“OZIQ-OVQAT VA QISHLOQ XOʻJALIGI SOHASIDAGI DONORLAR FORUMI”: ISLOHOTLAR IJROSI, YUTUQLAR, KAMCHILIKLAR, KELGUSI REJALAR

🔰Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan Yevropa Ittifoqi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) texnik koʻmagida “Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasidagi donorlar Forumi” boʻlib oʻtdi.

Forumda Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi delegatsiyasi, FAO, UNDP, UNESCO, UNICEF, WB, ADB, GIZ, TIKA, IFAD kabi 30 dan ortiq Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sektorini rivojlantirish hamkorlari, xalqaro moliyaviy institutlar, donor tashkilotlar, shuningdek, turli davlatlarning mamlakatimizdagi elchixonasi vakillari ishtirok etdi.

👉Batafsil

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#FAO #UNDP #UNESCO #UNICEF #WB #ADB #GIZ #TIKA #IFAD

«ФОРУМ ДОНОРОВ В ОБЛАСТИ ПРОДОВОЛЬСТВИЯ И СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА»: ПРОВЕДЕНИЕ РЕФОРМ, ДОСТИЖЕНИЯ, НЕДОСТАТКИ, ПЛАНЫ НА БУДУЩЕЕ

🔰«Форум доноров в области продовольствия и сельского хозяйства» был проведен Министерством сельского хозяйства Республики Узбекистан при технической поддержке Продовольственной и сельскохозяйственной организации Объединённых Наций (ФАО) и Европейского Союза.

В форуме приняли участие делегация Европейского Союза в Узбекистане, более 30 партнеров по развитию агропродовольственного сектора Узбекистана, такие как FAO, UNDP, UNESCO, UNICEF, WB, ADB, GIZ, TIKA, IFAD, международные финансовые институты, донорские организации, а также представители посольств различных стран в нашей стране.

👉Подробнее

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Hamkorlik #Uzbekistan #Italiya

ITALIYANING ELEKTR NASOSLAR ISHLAB CHIQARUVCHI MASHHUR “PENTAX INDUSTRIES S.P.A.” KOMPANIYASI BILAN UCHRASHUV

🤝Qishloq xo‘jaligi vazirligida vazir o‘rinbosari Qahramon Yuldashev va Italiyaning dunyoga mashhur elektr nasoslar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi “Pentax Industries S.p.A.” kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

👉Uchrashuvda muhokama etilgan mavzular, kelishuvlar maqolamizda berilgan.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#Сотрудничество #Узбекистан #Италия

ВСТРЕЧА С ИЗВЕСТНЫМ ИТАЛЬЯНСКИМ ПРОИЗВОДИТЕЛЕМ ЭЛЕКТРОНАСОСОВ ОТ КОМПАНИИ «PENTAX INDUSTRIES S.P.A.»

🤝В Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан состоялась встреча заместителя министра сельского хозяйства РУ Кахрамона Юлдашева с руководством всемирно известного итальянского производителя электронасосов – компании «Pentax Industries S.p.A.».

👉Темы, которые участники обсуждали на встрече приведены в нашей статье.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv #Jahon_Banki #hamkorlik

JAHON BANKINING QISHLOQ XO‘JALIGI VA OZIQ-OVQAT MASALALARI BO‘YICHA BOSH DIREKTORI BILAN UCHRASHUV

🤝O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida vazir o‘rinbosari Shuhrat Mirzayev va vazir maslahatchisi Alisher Shukurov hamda Jahon bankining qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat masalalari bo‘yicha bosh direktori Martin van Nyukop boshchiligidagi delegatsiya vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston va Jahon Bankining qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorligi hamda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi va chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish strategiyalarini amalga oshirish masalalari muhokama etildi.

👉Batafsil
*****
#встреча #Всемирный_Банк #сотрудничество
ВСТРЕЧА С ГЕНЕРАЛЬНЫМ ДИРЕКТОРОМ ВСЕМИРНОГО БАНКА ПО ВОПРОСАМ СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА И ПРОДОВОЛЬСТВИЯ

🤝В Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан состоялась встреча заместителя министра Шухрата Мирзаева и советника министра Алишера Шукурова с представителями делегации во главе с генеральным директором Всемирного банка по вопросам сельского хозяйства и продовольствия Мартином ван Ньюкопом.

В ходе встречи были обсуждены вопросы сотрудничества между Узбекистаном и Всемирным банком в области сельского хозяйства и реализации стратегий развития сельского хозяйства и животноводства в нашей стране.

👉Подробнее

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_makon #kochat_ekish #umummilliy_loyiha

🌱Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Zarbdor 40 kunlik” munosabati bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari davom etmoqda.

“Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari davomida Jizzax viloyatining qishloq xo‘jaligi korxonalari, klasterlar, fermer xo‘jaliklarida 1 mln 954 ming dona manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunga qadar 1 mln 251 ming tup (64%) manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlari ekilishi taʼminlandi.

2 139 ta paxtachilik va g‘allachilik fermer xo‘jaliklarining dala chetlariga ham manzarali va mevali ko‘chatlar o‘tqazilmoqda. Kelgusi yil ko‘chat zahirasini yaratish maqsadida dala chetlariga ekilgan ko‘chatlar qator oralariga qalamchalar ekib chiqilmoqda.

Ko‘chatchilik fermer xo‘jaliklarida 2,2 mln dona, tadbirkorlik subyektlarida 2,6 mln dona, Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ITIning filialida 76,0 ming dona ko‘chatlar zaxiralari yaratilgan.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Hamkorlik #VKS #Uzbekistan #Bellorussiya

O‘ZBEKISTON-BELORUSSIYA QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIKLARI ISHCHI GURUHINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI

🤝O‘zbekiston va Bellorussiya Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirliklari o‘rtasida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati doirasidagi 3-ishchi guruh yig‘ilishi videokonferensaloqa (VKS) formatida bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston tomoniga qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev, Belorus tomoniga esa qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vaziri o‘rinbosari Vladimir Grakun boshchilik qildi.

Taʼkidlash joiz, Ishchi guruhning ushbu yig‘ilishi o‘zaro anglashuv va biznes sheriklik muhitida o‘tdi. Tomonlar qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati sohasida hamkorlikni mustahkamlash istagini bildirdi.

👉Batafsil
*****
#Сотрудничество #ВКС #Узбекистан #Республика_Беларусь

ОЧЕРЕДНОЕ ЗАСЕДАНИЕ РАБОЧЕЙ ГРУППЫ МИНИСТЕРСТВ СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА УЗБЕКИСТАНА И БЕЛАРУСИ

🤝Заседание 3-й рабочей группы между министерствами сельского хозяйства Республики Узбекистан и Республики Беларусь
состоялось в формате видеоконференцсвязи (ВКС). Узбекскую сторону возглавил заместитель министра сельского хозяйства Кахрамон Юлдашев, белорусскую – заместитель министра сельского хозяйства и продовольствия Владимир Гракун.

Следует отметить, что данное заседание рабочей группы прошло в атмосфере взаимопонимания и делового партнерства. Стороны выразили желание укреплять сотрудничество в сфере сельского хозяйства и пищевой промышленности.

👉Подробнее

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM