QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14.8K subscribers
29.4K photos
2.9K videos
7 files
10.8K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#E_auksion #yer_ajratish

OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI VA NARXLAR BARQARORLIGINI TA’MINLASH: AHOLIGA YER AJRATISHNING “Е-AUKSION” ELEKTRON TIZIMI

📍2022-yil 27-oktabr holatiga respublika bo‘yicha jami
99 989 gektar yer maydoni zaxiraga olingan bo‘lib, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “O‘zdavyerloyiha” DILI tomonidan 99 936,41 gektar yer maydoni 439 114 ta lotga ajratilgan.

Shuningdek, “E-auksion” savdo platformasida respublika bo‘yicha umumiy 11 888,77 gektar yer maydonida 37 797 ta lot savdoga chiqarilgan.

Ayni damda umumiy 83 672,44 gektar yer maydoni
389 848 ta lot bo‘yicha g‘oliblar aniqlangan.

👉Batafsil

*****
#E_auksion #выделение_земель

ОБЕСПЕЧЕНИЕ ПРОДОВОЛЬСТВЕННОЙ БЕЗОПАСНОСТИ И СТАБИЛЬНОСТИ ЦЕН: СИСТЕМА “Е-AUKSION” ВЫДЕЛЕНИЯ ЗЕМЕЛЬ НАСЕЛЕНИЮ

📍По состоянию на 27 октября 2022 года в республике зарезервировано 99 989 га земель.

Со стороны института «Уздаверлойиха» при Минсельхозе РУ 99 936,41 га земли разделены на
439 114 лотов.

На торговой площадке “E-auksion” по Республике на продажу выставлено 37 797 лотов на площади
11 888,77 га.

На данный момент определены победители по 389 848 лотам общей площадью земель 83 672,44 га.

👉Подробнее

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#daydjest

YANGILIKLAR DAYDJESTI / 24-28-OKTYABR 2022

🇺🇳Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi (IFAD)

📶FAONING XALQARO EKSPERTI O‘ZBEKISTONDA “AQLLI DEHQONCHILIK”NI JORIY ETISH NATIJALARINI BAHOLADI

🌿MOSH EKINI: YETISHTIRISH, HOSILNI YIG‘IB OLISH VA NAVLARI

🤝QIRG‘IZ RESPUBLIKASI QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRI O‘RINBOSARI O‘ZBEKISTONDAGI AGRAR SOHANI RAQAMLASHTIRISH LOYIHALARI BILAN TANISHDI

🌱ORGANIK MAHSULOTLARNI YETISHTIRISHDA MAQSADNI ANIQLASH MUHIM

🤝QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGIDA TOJIKISTON ELCHISI BILAN “DO‘STLIK BOG‘I” VA ISSIQXONA MAJMUALARINI QURISH ISHLARI MUHOKAMA ETILDI

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#ob_havo #iqlim

31-2-OKTYABR-NOYABR KUNLARI UCHUN OB-HAVO MA’LUMOTI

🌧Respublikamizda oktyabr oyining oxiri va noyabr oyining boshlarida yogʻingarchilik kuzatiladi.

🌡Oʻzbekistonning
ayrim hududlarida havo harorati kechasi 0° darajagacha tushadi.

🏔Respublikaning togʻli hududlarida yomgʻir va qor koʻrinishidagi yogʻingarchiliklar kuzatiladi.

🌡Kechasi havo harorati - 3° darajagacha pasayadi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#погода #климат

🌧В Узбекистане конец октября и начало ноября встретит нас осадками.

🌡В некоторых областях страны ночная температура опустится до 0°С.

🏔В горных районах Республики пройдут осадки в виде дождя и снега.

🌡Ночная температура опустится до 3°С мороза.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Limon_yetishtirish #sitrus

O‘ZBEKISTONGA LIMON O‘SIMLIGINING KIRIB KELISHI VA YETISHTIRISH

🍋Bugungi kunda mamlakatimizdagi limonzorlarning umumiy maydoni 2 321 gektardan oshdi. Yiliga 63 000 tonna limon yetishtirishga erishilib, eksport salohiyati 11 000 tonnaga yetdi. Limonzorlardagi hosildorlik har bir gektardan o‘rtacha 55-60 tonnani tashkil etdi.

Toshkent viloyatining Qibray tumanida istiqomat qiluvchi olim agronom Zayniddin Faxriddinov noyob o‘simliklar ustida kuzatuvlar olib borishi natijasida 1960-yilda respublikada birinchi marotaba limondan hosil olishga erishdi.

Respublikada limon yetishtirish bilan bog‘liq tarixiy va bugungi jarayonlar, uning navlari haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishni istasangiz, maqolamizni o‘qing.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#Посадка_лимона #цитрус

🍋На сегодняшний день общая площадь лимонных рощ в нашей стране составляет более 2 321 га. Годовой объем производства лимонов достиг 63 000 тонн, а экспортный потенциал - 11 000 тонн. Урожайность в лимонных рощах в среднем составляет 55-60 ц/га.

Зайниддин Фахриддинов
, ученый-агроном, проживающий в Кибрайском районе Ташкентской области, впервые в республике получил урожай лимонов в 1960 году в результате своих наблюдений за редкими растениями.

Читайте нашу статью, если хотите получить подробную информацию об исторических и современных процессах, связанных с выращиванием лимонов в республике и его сортах.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#Bu_qiziq

O'ZBEKISTONDA ILK YER TUZISH TEXNIKUMI QACHON TASHKIL TOPGAN


📐Yer tuzish sohasining tarixi deyarli ibtidoiy jamiyat davriga borib taqaladi. Ana shu davrlarda ham odamlar yerning qadrini tushunishgan, uni qadrlashgan.

📖O'zbekiston tarixida ilk Yer tuzish texnikumi 1924-yilda Samarqand viloyatida tashkil etilgan bo'lib, 1931-yilda qaldirg'och Yer tuzuvchi muhandis hamda mutaxassislar mazkur texnikumni tamomlashgan.

🧮Texnikumlardagi ta'lim asosan amaliy mashg'ulotlardan iborat bo'lgan.

🔹1925-29-yillarda Oʻzbekistonda yer-suv islohoti amalga oshirilgan. Bu islohot joylarda shart-sharoitlar va tayyorgarlik darajasiga qarab, uch bosqichda oʻtkazilgan. Keyinchalik qishloq xoʻjaligini kollektivlashtirish amalga oshirilgan.

❗️Ma'lumot o'rnida: XX asrning 20-30-yillarida texnikumlarda o'qish davri 7 yilni tashkil etgan.

📸Foto manbaa: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi "O'zdavyerloyiha" DILI Arxivi

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#этоинтересно

КОГДА В УЗБЕКИСТАНЕ БЫЛА ОРГАНИЗОВАНА ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ ПЕРВОГО ТЕХНИКУМА ЗЕМЛЕУСТРОЙСТВА

📐История землеустройства уходит во времена первобытного общества. Уже тогда люди поняли ценность земли.

📖 В истории Узбекистана первый техникум по землеустройству был основан в 1924 году в Самаркандской области, а в 1931 году из этого техникума были выпущены первые инженеры и специалисты по земляным работам.

🧮Обучение в техникуме состояло в основном из практических занятий.

🔹 В 1925-29 годах в Узбекистане была проведена земельно-водная реформа. Эта реформа проводилась в три этапа в зависимости от местных условий и уровня подготовки. Позже была проведена коллективизация сельского хозяйства.

❗️Для справки: в 20-30-е годы XX века срок обучения в техникумах составлял 7 лет.

📸Источник фото: Архив ГНПИ "Уздаверлойиха" при Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#repost #Maxsus_reportaj

SHOLICHILIK, G‘ALLACHILIK VA PAXTACHILIKNI JAMLAGAN KLASTERGA MEDIA SAYOHAT UYUSHTIRILDI

🎥 Bugun respublikamizda klasterlarning qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qo‘shayotgan hissalari bisyor.
O‘zbekiston 24 telekanalining "Maxsus reportaj" dasturida ham Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanidagi "Tashkent cotton textile" MCHJ dagi qizg‘in ishlar va natijalar haqida lavha tayyorlangan.

Klaster faoliyatini yaqindan ommaga tanishtirish maqsadida O‘zbekiston OAV lari xodimlaridan iborat press tur tashkil etildi. Sholi, g‘alla, paxta yetishtirish, saqlash va qayta ishlashning to‘liq zanjirini o‘zida mujassamlashtirgan ushbu klaster qoshida tayyor to‘qimachilik va tikuv mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha yirik investitsiya loyihasi amalga oshirilayotgan korxona haqida ham maʼlumotlar taqdim etildi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#repost #Gulchilik_yarmarkasi

RESPUBLIKA GULCHILIK YARMARKASI🌹

🎥«O‘zbekiston 24»
telekanalining «Maxsus reportaj» dasturi orqali Toshkent shahrining Yangi hayot tumanida bo‘lib o‘tgan gulchilik yarmarkasi to‘g‘risida lavha namoyish qilindi.

Respublikaning 14 ta hududidan tashrif buyurgan tajribali gulchilar va sohaga endigina kirib kelayotgan havaskorlar ishtirokidagi tadbir o‘ziga xos tarzda bo‘lib o‘tdi.

Tadbirga tashrif buyurganlar mahalliy va xalqaro ekspertlardan gul yetishtirish borasida tajriba va mahorat bilimlarini o‘rganish bilan birgalikda o‘zlari uchun yangi gullarni sotib olish imkoniyatiga ham ega bo‘lishdi.

Lavhada O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazir o‘rinbosari, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori Alisher To‘rayev, O‘zbekiston gul yetishtiruvchilar Uyushmasining rahbar va xodimlari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi vakillari tashkil etilgan yarmarka haqida fikr-mulohazalarini bildirishdi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#vakant

⚡️Qishloq xo‘jaligi vazirligida ishlashni xohlovchilar uchun ochiq mustaqil tanlov e'lon qilinadi

📌O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda Vazirlik Markaziy apparatida mavjud bo‘sh lavozimlarni malakali va eng munosib nomzodlar bilan to‘ldirish maqsadida ochiq mustaqil tanlov e'lon qiladi.

📋Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” vacancy.argos.uz orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

❗️Nomzodlar bir vaqtning o‘zida 3 tagacha vakant lavozimlarga elektron tarzda ariza topshirish imkoniyatiga ega.

🗓Hujjatlar 2022-yil 28-oktyabrdan 6-noyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Vakant lavozimlar haqida batafsil saytda tanishishingiz mumkin.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#XalqaroQishloqxojaligiuniversiteti #tadbir

XALQARO QISHLOQ XO‘JALIGI UNIVERSITETIDA “PRE-FOUNDATION” KURSLARI BO‘YICHA TANISHTIRUV TADBIRI

🔰
Bugun Xalqaro Qishloq Xo‘jaligi universitetida Toshkent davlat agrar universiteti qoshidagi akademik litseyi o‘quvchilari uchun “Pre-foundation” kurslari haqida tanishtiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda 180 nafarga yaqin o‘quvchilar va ustozlar ishtirok etishdi.

Tadbir tafsilotlari va kursning maqsad va imtiyozlari haqida batafsil saytdagi maqolamizda tanishing.

*****

#Международномсельскохозяйственномуниверситет #мероприятие

ВВОДНОЕ МЕРОПРИЯТИЕ ПО ПОДГОТОВИТЕЛЬНЫМ КУРСАМ В МЕЖДУНАРОДНОМ СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННОМ УНИВЕРСИТЕТЕ

🔰Сегодня в Международном сельскохозяйственном университете состоялось ознакомительное мероприятие по курсам «Pre-foundation» для учащихся академического лицея при Ташкентском государственном аграрном университете.
В нем приняли участие около 180 студентов и преподавателей.

Узнайте больше о деталях мероприятия, а также о целях и преимуществах курса в нашей статье на сайте.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM