QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.5K subscribers
27.3K photos
2.83K videos
7 files
10.3K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Жорий йилда вилоятдаги 265 километр суғориш тармоғини бетонлаш, 22 та гидротехник иншоот ва насос станцияни таъмирлаш зарурлиги кўрсатиб ўтилди.

Хонободдаги “Янги ҳаёт” маҳалласида қават-қават усулда экин экиш тажрибасини вилоятнинг барча маҳалласида йўлга қўйиш муҳим.

Бунинг учун оилавий тадбиркорлик доирасида 100 миллион сўмгача гаровсиз кредит ажратилади, ускуналар харид қилишга субсидия берилади, сердаромад ва экспортбоп экинлар уруғи ва кўчатига харажатнинг 30 фоизи қопланади.

Facebook|Instagram|X
Давлатимиз раҳбари кичик ГЭСлар қуриб, адирликларга сув чиқариш имкониятларини ўрганиш ва тегишли дастур ишлаб чиқиш зарурлигини таъкидлади. Бу орқали 50 минг гектар адирликни ўзлаштириш мумкинлиги қайд этилди.

Вилоятда кластер асосида бу йил 100 минг тонна балиқ етиштириш режалаштирилган. Лекин Улуғнордаги Катта Андижон каналида 1,5 минг гектар сунъий кўл қаровсиз турибди.

Ушбу имкониятларни ишга солиш, бунга 100 миллиард сўм кредитлар йўналтириш топширилди.

Facebook|Instagram|X
Вилоятда парранда гўшти етиштиришни кенгайтириш мақсадида 1,5 миллион бош парранда боқиш қувватига эга 20 та корхона ишга туширилиши белгиланди.

Улуғнор ва Бўстонда 2 та йирик сутни қайта ишлаш корхонаси ташкил қилинади. Уй ва чорва хўжаликларида наслни яхшилаш бўйича янги тизим яратиш муҳимлиги таъкидланди.

Озиқ-овқат саноатига хорижий бренд корхоналарини жалб қилиб, 342 та лойиҳага 220 миллион доллар ажратилиши айтилди.

Андижон, Улуғнор ва Жалақудуқда мева-сабзавотни қайта ишлаш қувватларини кўпайтириш, Андижон туманида йирик агрологистика марказини қуриш юзасидан ҳам мутасаддиларга кўрсатмалар берилди.

Facebook|Instagram|X
Давлатимиз раҳбари Марҳаматдаги пиллачилик кластери Андижоннинг барча туманлари ва республиканинг бошқа вилоятларига намуна бўлганини қайд этди.

Кластер 30 гектарда юқори ҳосилли тут экиб, кўчат ва хизмат кўрсатишдан йилига 25 миллион доллар экспорт қилмоқда, япон технологияси асосида 37 миллион долларлик ипакчилик комплексини барпо қилмоқда.

Ушбу тажрибани ёйиш, барча туманларда камида 3 гектардан ҳосилдор тут экиш лозимлиги қайд этилди.

Facebook|Instagram|X
Tuproqlarning o‘git (gumus) holatini yaxshilash va strukturalashtirish

🌲 Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining yetishtirilishi ko‘payishi bilan tuproqning tarkibida chirindi miqdori kamayadi.

📋 Buning uchun gumus balansi hisob-kitoblari olib boriladi va chirindisi baland tuproqlarda defitsitsiz balansni, chirindisi kam bo‘lgan tuproqlarda esa ijobiy balansni saqlashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqiladi.

🌿 Yuqori hosil olish uchun tuproq ozuqa moddalarini sezilarli darajada iste’mol qilish kerakligi sababli (g‘alla hosili 50 s/ga bo‘lsa, kamida 10 s/ga o‘g‘it iste’mol qiladi), tuproqda organik moddalarning to‘planishiga katta e’tibor beriladi.

❗️Agrotsenozlarda organik moddalar bilan ta’minlashning muhim elementi uning o‘simliklarning ildiz sekretsiyasi bilan tuproqqa kirishidir.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Chigirtkalarga qarshi kurash taktikasi va usullari

Hududlarda Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati xodimlarining malakasini oshirishga qaratilgan “Kavkaz va Markaziy Osiyoda milliy va mintaqaviy darajada chigirtkalarni nazorat qilishni takomillashtirish” loyihasi doirasida treninglar tashkil etilmoqda.

💬 Vohada faoliyati yuritayotgan mutaxassislar uchun ham Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida ana shunday o‘quv-seminari o‘tkazildi.

🗣O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti olimlari bilan hamkorlikda BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining (FAO) mutaxassislari zamonaviy kurash choralari, bugungi kunda qo‘llanilayotgan yuqori samarali preparatlar, ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar natijasi bo‘yicha ma’lumot berishdi.

‼️ Mazkur o‘quv seminarlari har bir hududdagi mutaxassislarni qamrab olishi rejalashtirilgan. Bundan oldin nazariy va amaliy qismlardan iborat trening Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi Chigirtka va tut parvonasiga qarshi xizmatlari xodimlari uchun o‘tkazilgan edi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qaysi hududda asal eng ko‘p yetishtirilgan?

🍯 Dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda O‘zbekistonda 15,6 ming tonna asal yetishtirilgan.

📈 Asal yetishtirish hajmi 2022-yilga nisbatan solishtirilganda 6,3 % ga oshgan.

🇺🇿 Respublikamiz hududlarida yetishtirilgan asal hajmi:

— Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 876,4 tonna;
— Andijon viloyati – 1,3 ming tonna;
— Buxoro viloyati – 2,4 ming tonna;
— Jizzax viloyati – 1,3 ming tonna;
— Qashqadaryo viloyati – 1,5 ming tonna;
— Navoiy viloyati – 1,2 ming tonna;
— Namangan viloyati – 1,2 ming tonna;
— Samarqand viloyati – 1,3 ming tonna;
— Surxondaryo viloyati – 954,9 tonna;
— Sirdaryo viloyati – 403,7 tonna;
— Toshkent viloyati – 599,2 tonna;
— Farg‘ona viloyati – 1,4 ming tonna;
— Xorazm viloyati – 1,2 ming tonna.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺O‘zbekiston 24” telekanalining “Fakt 24” informatsion dasturi orqali Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazida yo‘lga qo‘yilgan “Doktorantlar kuni”ning ahamiyati xususida tahliliy reportaj efirga uzatildi.

🎓 Unda ilmiy izlanuvchi, doktorant va ekspertlar ishtirokida ularining ilmiy-tadqiqotlarining natijalari to’g’risida so‘z yuritilgan.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bulung‘urda 2000 gektar lalmi yerlar o‘zlashtiriladi

🟢 So‘nggi yillarda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, iste'mol bozorlarini sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan to‘ldirish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi mahalliy hokimliklar bilan birgalikda qator ishlarni amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumani “Zarafshon” agrofirmasi hududidagi 25 yil ilgari foydalanishda bo‘lgan 2000 gektarga yaqin maydonni “Farmontepa” nasos stansiyasi qurish orqali o‘zlashtirish belgilangan.

🥔 Loyihaning umumiy qiymati 20 mlrd so‘m bo‘lib, hududga kelgusida asosiy ekin sifatida kartoshkadan 60 ming tonna, takroriy maydonlarga ekiladigan dukkakli ekinlardan 4 ming tonna mahsulot olish ko‘zda tutilmoqda.

📈 Natijada 174 mlrd so‘mlik qo‘shilgan qiymat yaratilib, budjetga 21 mlrd so‘m qo‘shimcha tushum tushirilishiga erishiladi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM