QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.5K subscribers
27.3K photos
2.83K videos
7 files
10.3K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🐟 INNOVATSION LOYIHALAR ORQALI BALIQ YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI

👥 Oxirgi yillarda mamlakatimiz aholi sonining o‘sib borayotganligini inobatga olgan holda, aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan bo‘lgan ehtiyojini taʼminlashda baliq mahsulotlarini yetishtirishni keskin ko‘paytirish ishlariga hukumatimiz tomonidan ustuvor yo‘nalish sifatida eʼtibor qaratilmoqda.

📈 Jumladan, aynan baliqchilikni ilmiy yondashuv asosida bosqichma – bosqich jadal rivojlantirish, yangi baliq turlarini iqlimlashtirish, har bir metr kub suvdan unumli foydalanish bo‘yicha topshiriqlar belgilab berilgan edi.

🔸 Shu nuqtai nazardan Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy jamoasi ham iqlim o‘zgarishiga moslashuvchan innovatsion texnologiyalar orqali baliq yetishtirish loyihalarini amaliyotga joriy etmoqda. Xususan, ilmiy maskanda yangi istiqbolli akvakultura asosida zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan laboratoriya bo‘limi ochildi. Ushbu baliq yetishtirish texnologiyasidan ko‘zlangan maqsad har bir metr kub suvdan qayta-qayta unumli foydalanish va foydalangan suvda yuqori tig‘izlikda intensiv usulda xilma-xil turdagi baliq yetishtirishdan iborat.

Bu yangi akvakultura obyektining muhim, ahamiyatli jihatlaridan biri, baliq yetishtiriladigan havzalardagi suvni mo‘tadil haroratda isitish jarayonini muqobil energiya resursi quyosh kollektorlari yordamida amalga oshiriladi.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆 “Istiqbol umidlari” tanlovining mintaqaviy va tarmoq bosqichi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning tizimida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar o‘rtasida “Istiqbol umidlari” tanlovining mintaqaviy va tarmoq bosqichi o‘tkazildi.

Ushbu bosqichda yarim finalda bellashib, g‘olib bo‘lgan guruhlar qatnashdi.

Qiziqarli va jo‘shqin tarzda kechgan tanlovda birinchi o‘ringa “Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlil markazi” davlat unitar korxonasining “Zamin” jamoasi munosib deb topilgan bo‘lsa, ikkinchi Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazining “Kelajak umidlari” jamoasiga va uchinchi o‘rin Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” ma‘sulyati cheklangan jamiyatining “Agro Digital” jamoasiga nasib etdi.

“Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlil markazi” davlat unitar korxonasining “Zamin” jamoasi tanlovning yakuniy respublika bosqichida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Navbatdagi bosqich joriy yil noyabr oyining oxirgi o‘n kunligida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13-noyabrdan 19-noyabrgacha ob-havo ma'lumoti
 
☀️13-noyabrdan boshlab
Quyosh chiqishi – 07:11
Quyosh botishi – 17:03
 
🌘 O‘sayotgan oy: 13–19-noyabr
 
Geomagnit faollik:
Hafta davomida o‘rtacha geomagnit to‘lqinlar bo‘ladi (Kp-indeks: 3-3-3-3-2-2-2).
 
Ultrabinafsha nurlari ko‘rsatkichi:
Hafta davomida o‘rta daraja (2-3 ball) bo‘lishi kutilmoqda.
 
Havoning namligi:
13-noyabr – 54%; 14-noyabr – 50%; 15-noyabr – 47%; 16-noyabr – 38%; 17-noyabr – 44%; 18-noyabr – 50%; 19-noyabr – 71%.
 
🌥 Haftalik ob-havo haqida qisqacha:
O‘zbekistonning aksariyat hududalarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo’ladi.
 
Respublikaning togʻ oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1° sovuq 4° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo’ladi.
 
📝 Dehqon va fermerlar uchun tavsiyalar:
Paxta ekilgan maydonlarda g'o'za poyalarini yig'ishtirib olish ishlari amalga oshiriladi. Bog'dorchilik ishlarida tokzorlarga kuzgi shakl berish hamda qishki sovuqdan asrash maqsadida toklarni ko'mish ishlari amalga oshiriladi.
Kuzgi shudgorlash ishlari amalga oshiriladi.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Погодные явления с 13 ноября по 19 ноября
 
☀️ С 13 ноября
Восход – 07:11
Закат – 17:03
 
🌘 Растущая луна: 13 ноября–19 ноября
 
Геомагнитная активность:
Средний геомагнитные возмущения в течение недели (Кп-индекс: 5-3-4-4-3-3-2).
 
Ультрафиолетовый индекс:
Всю неделю ожидается cредний уровень (2-3 балл).
 
Влажность воздуха:
13 ноября – 54%; 14 ноября – 50%; 15 ноября – 47%; 16 ноября – 38%; 17 ноября – 44%; 18 ноября – 50%; 19 ноября – 71%.
 
🌥 Еженедельная сводка погоды:
В большинстве регионов Узбекистана осадков не ожидается. Ветер дует с востока со скоростью 7-12 м/с, местами может усилиться до 15-20 м/с. Температура воздуха ночью составит 3-8° тепла, днем - 17-22° тепла.
 
В предгорных и горных районах республики осадков не ожидается. В некоторых местах может опуститься туман. Ветер дует с востока со скоростью 7-12 м/с, местами может усилиться до 15-20 м/с. Температура воздуха ночью составит 1 градус холода, 4 градуса тепла, днем 8-13 градусов тепла.
 
📝 Рекомендации для фермеров и дехкан:
Сбор стеблей хлопка осуществляется на хлопковых полях. В садоводческих работах лозы закапывают, чтобы придать им осеннюю форму и защитить их от зимних морозов.
Проводится осенняя вспашка.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kecha, 12-noyabr kuni Gannover shahrida qishloq xo‘jaligi texnologiyalari bo‘yicha jahonning yetakchi "AGRITECHNIKA-2023" xalqaro qishloq xoʻjaligi ko‘rgazmasi o‘z eshiklarini ochdi.

Innovatsiyalar tanloviga 251 ta ariza topshirilgan boʻlib, fan, konsalting sektori va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari vakillaridan iborat komissiya ular orasidan eng yaxshilarini tanlab oldi.

#no_comment

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Вчера, 12 ноября, в городе Ганновере открыла свои двери ведущая мировая выставка сельскохозяйственных технологий AGRITECHNIKA 2023.

На конкурс инноваций была подана 251 заявка. Комиссия, состоящая из представителей науки, сферы консалтинга и сельхозпроизводителей выбрала лучших из лучших.

#no_comment

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yangilikka intiluvchan Surxon vohasi

📝Ilm-fan barcha yerda bo‘lgani kabi qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining eng asosiy tayanchi hisoblanadi. Shuning uchun sohaga kadrlar tayyorlash, zamonaviy fikrlaydigan yoshlarning intilishini rag‘batlantirish har qachongidan muhim. Dunyoda rivoj topgan davlat borki, bilimga suyanadi. Sinash va tajriba o‘tkazishdan charchash yo‘q. Bizda ham mana shu tamoyil ustivor bo‘lmog‘i darkor.

🌍Hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishish maqsadida Surxondaryoga kelgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov ham dastlabki uchrashuvni ayni Termiz agrotexnologiyalar va innovatsiyalar institutidan boshlagani bejiz emas.

🌳Agrotarmoq bugungi kunda yangilikka intiluvchan, dunyoda bo‘layotgan o‘zgarishlarga doim tayyor hamda o‘zi ham yangilik yarata oladigan mutaxassislarga ehtiyoji har qachongidan yuqori. Ko‘pgina mamlakatlarda hosil yetishtirishdagi munosabat o‘zgargani rost. An'anaviy usullar chetga chiqib, bir yerdan bir nechta hosil ola bilgan mirishkor izzatda bugun. Sentnerndan karrasiga hirmon uyayotgan dehqonning mehnati qadr topmoqda.

I.Abdurahmonov ayni jihatlarga to‘xtalar ekan, dastavval institut professor-o‘qituvchilari bilan muloqot o‘tkazdi. Shundan so‘ng Surxondaryo viloyat qishloq xo’jaligi boshqarmasida 16 nafar paxta-to‘qimachilik va g‘allachilik klasterlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

📌Vazir Ibrohim Abdurahmonov klasterlar faoliyatiga muammoli masalalarni hal etishda, yuqori hosil olishda vazirlik, tizimdagi barcha tashkilotlar, hududiy boshqarmalar va tuman bo‘limlari ko‘makchi ekanligi va ular bilan uzviy hamkorlikda ish tashkil etishi zarur ekanligini ta’kidladi.

#agrar #surxondaryo #uchrashuv #institut

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM