Aholini sifatli sut va go‘sht mahsulotlari bilan ta’minlash muhim vazifa
🐄 Chorvachilik tarmog‘ini jadal rivojlantirish xalqimizni arzon va sifatli go‘sht hamda boshqa oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, ayniqsa, qishloq joylarida istiqomat qilayotgan fuqarolarning bandligini oshirish va daromadlarini ko‘paytirishda muhim o‘rin tutadi.
🏫 Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumanidagi “Mexnat Roxat” X/K ga qarashli chorvachilik hamda baliqchilikka ixtisoslashgan kompleks ham ayni shu maqsadlarni olg‘a surayotgan korxonalardan biri.
✅ Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning navbatdagi tashrifi ham aynan shu lokatsiyada bo‘lgani ham bejiz emas.
🥛 Korxona asosan sut va go‘sht ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Ushbu majmuada 647 bosh “Simmental” zotli qoramol parvarishlanmoqda. Yillik ishlab chiqarish hajmi 810 tonna sut va 105 tonna go‘shtni tashkil etadi. Korxonaga tegishli 2 gektar maydon baliqchilik uchun ajratilgan.
🐟 Ulkan maqsadlarni ko‘zlagan mazkur korxonada asosan “Oq amur” baliqlari yetishtirilmoqda. E’tiborlisi, xo‘jalik bir yilda 15 tonna baliq mahsulotlarini yetishtirib, mahalliy bozorga sotuvga chiqarmoqda.
⏩ Vazir korxonani ko‘zdan kechirar ekan, o‘z navbatida fermer xo‘jaliklarining fikr va mulohazalarini tinglab, xalqimizning chorvachilikni rivojlantirish borasidagi tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, import o‘rnini bosuvchi va eksportbop chorva mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashni yanada rag‘batlantirish, pirovardida aholi farovonligini yuksaltirish va daromadlarini ko‘paytirish va aholini sifatli go‘sht va sut mahsulotlari bilan ta’minlashda zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini keng tatbiq etish, masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.
#agrar #vazir #ibaliqchilik #chorvachilik #surxondaryo
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram
#agrar #vazir #ibaliqchilik #chorvachilik #surxondaryo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘ptarmoqli tadbirkorlik rivoj topmoqda
🐓Tovuq – yetti xazinaning biri, deb bejizga aytishmaydi. Tovuq nafaqat tuxumi, balki go‘shti bilan ham oilalarga baraka olib kiradi. Shu bois ham hozirda davlatimizda parrandachilikka ixtisoslashtirilgan korxonalarning sonini yana-da ko‘paytirish, ularning rivojlanishi uchun imkoniyat va sharoitlar yaratib berishga harakat qilinmoqda.
🌍 Xususan, Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Niyozov Abulqosim” x/k ham mana shunday imkoniyat va imtiyozlardan foydalanib rivojlanayotgan korxonalardan biri. Ushbu korxonada 45 ming bosh parranda mavjud bo‘lib, yiliga 6 mln dona tuxum yetishtirilmoqda.
📍 Vazirning navbatdagi ushbu tashrif obyekti aynan shu manzilga belgilandi.
📌 Bugun mamlakatimizdagi qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat olib borayotgan korxona, tashkilotlar yanada ko‘proq mahsulot ishlab chiqarish va yuqori samaradorlikka erishish uchun xorijning eng so‘nggi texnologiyalarini olib kelib, ulardan foydalanishmoqda. Ushbu texnologiyalarning afzalligi shundaki, ular avtomatlashtirilgan bo‘lib, tovuqlarga beriladigan ozuqadan tortib, tuxumlar sifatli va foydalilik xususiyatini saqlagan holda yetishtirilgungacha barchasi kompyuter nazorati ostida amalga oshiriladi.
⏩ Navbatdagi lokatsiya mazkur korxonaga yondosh hududda joylashgan “Qumtex invest” Q/K MChJ bo‘ldi.
✅ 12 gektar yer maydonida barpo etilayotgan korxona tez fursatlarda ishga tushishi belgilangan. Tadbirkorning o‘z mablag‘lari hisobidan qurilayotgan majmua ishga tushgach 1150 nafar surxonlik yigit-qizlarni ish ta’minlaydi.
⏺ Bu yerda vohaning ingichka tolali paxta navidan tayyorlangan eng sifatli kiyim-kechak mahsulotlari nafaqat milliy bozorni, balki Yevropaning eng nufuzli supermarketlar tarmog‘ini to‘ldirishi shubhasiz.
#agrar #vazir #qurilish #surxondaryo
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram
🐓Tovuq – yetti xazinaning biri, deb bejizga aytishmaydi. Tovuq nafaqat tuxumi, balki go‘shti bilan ham oilalarga baraka olib kiradi. Shu bois ham hozirda davlatimizda parrandachilikka ixtisoslashtirilgan korxonalarning sonini yana-da ko‘paytirish, ularning rivojlanishi uchun imkoniyat va sharoitlar yaratib berishga harakat qilinmoqda.
#agrar #vazir #qurilish #surxondaryo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏢Qolaversa, Toshkent davlat agrar universiteti hududida qurilish ishlari boshlab yuborilgan yangi talabalar turar joyi binosi bilan tanishdi.
#vazir #tashrif #agrar #turar_joy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM