Shimoli-g‘arbiy A&F universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
✅ Joriy yilning 9-oktyabr kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining Shimoli-g‘arbiy A&F universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🔸 Unda Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosarlari Qahramon Yuldashev, Alisher Shukurov hamda vazirlik mutasaddi vakillari, shuningdek Xitoy Xalq Respublikasidagi Shimoli-g‘arbiy A&F universiteti hamda qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan bir qator professorlar ishtirok etishdi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad, Shimoliy-G‘arbiy A&F universiteti va O‘zbekistondagi agrar soha oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirishdan iborat.
Umuman olganda uchrashuv chog‘ida bir qator yo‘nalishlarda, Xitoy Xalq Respublikasi hukumati mablag‘lari hisobidan suvni tejovchi texnologiyalardan foydalanishni o‘rganish bo‘yicha laboratoriya ochish, malakali professor-o‘qituvchilar orasida tanlov o‘tkazish, degradatsiyaga qarshi kurash bo‘yicha o‘quv seminarlarini o‘tkazish hamda “Davlat-ilm-ishlab chiqarish” o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni o‘rganish uchun Xitoyning Yangling shahriga qishloq xo‘jaligi oliy o‘quv yurtlari va kollejlar rahbarlaridan iborat delegatsiyalarni yuborish masalalari yuzasidan fikrlar almashilinib, keyingi chora tadbirlar belgilab olindi.
#universitet #delegatsiya
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM