QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.1K subscribers
27.9K photos
2.86K videos
7 files
10.4K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
📊 O‘tgan haftada o‘simliklar unib-o‘sishi uchun birlamchi ustuvor omillar haqida so‘ragandik.

👥 So‘rovda jami 577 kishi qatnashdi. Ulardan 316 nafari to‘g‘ri javob berdibu suv, kislorod va ozuqaviy moddalar edi.

Uzum sayli festivali doirasida o‘tgan Xalqaro uzumchilik va vinochilik konferensiyasida  qayd etilganidek, ekin unishi va o‘sib yetilishi uchun mana shu uch unsur asosiy omil sanaladi.

Ulardan qay biri bo‘lmasin, yetishmasa, o‘simlik o‘sishiga nuqson yetadi.

📝So‘rovlarimizda qatnashing. Shu tarzda yangiliklardan xabardor bo‘lasiz yoki qishloq xo‘jaligining turli yo‘nalishlaridan boxabar ekaningizga yana bir bor amin bo‘lasiz.

#sorovnoma #suv #kislorod #tuproq

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tuproq unumdorligini oshirish, dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Yurtimizda tuproqlardan foydalanish, uning unumdorligini oshirish va muhofaza qilish, qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanuvchilar tomonidan organik oʻgʻitlardan keng foydalanish boʻyicha kompleks tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Tuproq unumdorligi, o'simliklar uchun muhim moddalarni, suvni saqlash va unumdorlikni oshirishni ta'minlaydi.

Barqaror qishloq xo'jaligi dunyosini qurishda, tuproqni yaxshilash va hosildorligini oshirish eng muhim jihatlardan biri hisoblanadi. Ushbu infografikamiz orqali tuproq unumdorligidagi samarali usullar haqida bilib olishingiz mumkin!

#tuproq #unumdorlik

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Butunjahon tuproq kuni munosabati bilan respublika ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tmoqda

Har yili 5-dekabrda tuproq salomatligi va tuproq resurslarini barqaror boshqarishning muhimligiga e’tiborni jalb qilish maqsadida Butunjahon tuproq kuni nishonlanadi.

Shu munosabat bilan poytaxtimizdagi Frankfurt mehmonxonasida Butunjahon tuproq kuni munosabati bilan “Tuproq degradatsiyasining oldini olishning innovatsion texnologiyalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti hamkorligida tashkil etilgan.

Respublika ilmiy-amaliy seminarini O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Azimjon Nazarov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

U o‘z so‘zida mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar, xususan, tuproqlar muhofazasi, yerlar degradatsiyasi, sho‘rlanish, cho‘llanish kabi masalalar haqida o‘z fikr mulohazalarini bildirish bilan bir qatorda tadbir ishtirokchilarini ushbu sana bilan samimiy qutladi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va Qonunchilik palatasi, tegishli vazirlik va idoralar vakillari, shuningdek, olimlar, tadqiqotchilar, milliy va xorijiy tuproqshunos mutaxassislar tuproq va suv resurslarini barqaror boshqarish, eroziya hamda tuproq degradatsiyasiga qarshi kurashning zamonaviy usullari, neytral muvozanatni saqlash, yer degradatsiyasi, shuningdek, boshqa dolzarb masalalar bo‘yicha ma’ruzalar qilmoqdalar.

#tuproq_kuni #seminar

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM