QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.5K subscribers
27.3K photos
2.83K videos
7 files
10.3K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YURTIMIZNING UZUMCHILIK TAJRIBASI E’TIROF ETILMOQDA

Avval xabar berganimizdek, Toshkent viloyatining Parkent tumanida Uzum sayli va xalqaro vinochilik festivali” hamda uning doirasida uzumchilik hamda vinochilikka bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o'tkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi “2023–2026 yillarda uzumchilik va vinochilik sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-260-sonli Qaroriga muvofiq tashkil etilgan ushbu festivalda xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi elchixonalari, nufuzli xalqaro tashkilotlarning vakillari, 30 dan ortiq davlatlarning vinochilik sohasida yirik va yetakchi hisoblangan kompaniyalari vakillari ishtirok etmoqda.

Jarayonda O‘zbekistonning 12 ta viloyatidan fermer xo‘jaliklari, mamlakatimiz vino zavodlari, tabiiy ichimliklar, sharbatlar va sharbat konsentratlari ishlab chiqarish korxonalari o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bugungi kunda Toshkent viloyatida 15 ming gektardan ortiq uzumzorlar mavjud. 2022-yilda 103 ming tonna (105%) hosil yetishtirilgan bo‘lsa, joriy yilda 115 ming tonna (112%) hosil yetishtirish ko‘zda tutilmoqda. 2024-2025-yillarda qo‘shimcha 20 ming gektar (shundan 2023-yilda 10 ming 260 gektar hamda 2024-yilda 9 ming 740 gektar) uzumzor barpo etish belgilangan.

#uzumchilik #uzum_sayli #xalqaro_konferensiya

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
UZUM SAYLI VA XALQARO VINOCHILIK FESTIVALI YAKUNLANDI

Parkent tumanining Zarkent qishlog‘ida "Uzum sayli” va xalqaro vinochilik festivalining 2-kuni ham taassurotlarga boy bo‘ldi.

🍇Kunning birinchi qismida festival doirasida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ekspertlar tomonidan “Uzumning yangi navlari va yetishtirish texnologiyasi”, “Tok tuplari yashil qismlari bilan bog’liq ishlar”, “In-vitro sharoitida uzumning payvandtag va payvandtaglarini ko‘paytirish agrotexnologiyasi” kabi bir qator mavzularda ma’ruzalar qilindi.

Festival doirasida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyada 30 dan ortiq ma’ruzalar taqdim etildi, hududlar hamda vino ishlab chiqaruvchilarning pavilyonlari, vinolar degustatsiyasi, auksion, folklor jamoalar va estrada san’atkorlarining chiqishlari tashkil etildi.

Shuningdek, festival doirasida o‘tkazilgan B2B formatidagi uchrashuvlar natijasida jami 35 mln AQSh dollaridan ziyod eksport shartnomalari imzolandi.

Bundan tashqari, ushbu festivalda ikki kun davomida 95 ming nafar mahalliy va xorijiy mehmonlar qatnashdi.

Tadbirda bir qator nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib deb topilgan, shuningdek faol ishtirok etgan qatnashchilarga tashakkurnomalar va qimmatbaho sovg’alar berildi. Xususan, Toshkent viloyatining shahar va tumanlari o‘rtasida “Eng namunali pavilyon” nominatsiyasida 1-o‘rinni Yuqori Chirchiq tumani egalladi.

#uzumchilik #uzum_sayli #xalqaro_konferensiya

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy tarmoqlarda uzum narxining oshib ketganligi bilan bog‘liq turli xabarlar tarqaldi.

🍇Aytib o‘tish joizki, Qishloq xo‘jaligi vazirligi sohada olib borilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, muammolarni o‘rganish va bartaraf etish yuzasidan ochiq muloqotga har doim tayyor.

Lekin shunday bo‘lsada, ijtimoiy tarmoqlarda ba’zi ma’lumotlar oxirigacha o‘rganib chiqilmasdan, bir yoqlama yondoshuv asosida keng ommaga taqdim etish holatlari uchramoqda. Qishloq xo‘jaligi mas’ullari Toshkent shahridagi bozorlardagi uzum narxlari o‘rganib chiqqan holda, quyidagilarni ma’lum qiladi.

Mahalliy “Kishmish” navli qora uzum narxi 15-25 ming so‘m atrofida, Husayni uzumlari esa 20-40 ming so‘mgacha borligi kuzatildi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o‘ta qimmat narxlar haqidagi xabar asossiz bo‘lib, gibridlangan yoxud navi o‘zgartirilgan yirik uzumlarning narxi oddiy mahalliy navlardan narxi yuqori. Misol uchun, “Avatar” navli uzumning 1 kilosi 35 ming so‘mdan 70-80 ming so‘mgacha, “Mersedes” navli uzumning kilodagi narxi 30 ming so‘mdan 70 ming so‘mgacha ekanligi aniqlandi.

Doimiy sevib iste’mol qiladiganimiz, qora kishmish va husayni uzumining narxi esa xaridorlar uchun maqbul narxda sotilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidek, barcha uzum navlari ham qimmat emas. Iste’mol uchun yaroqli, ta’mi shirin mahalliy “Kishmish”, “Ketmon sopi”, “Kelin barmoq” navli uzumlarimizning narxi esa 15 mingdan 40 ming so‘mgacha sotilmoqda. “Toyfi” navli kuzda pishib yetiladigan uzumning narxi 10-15 ming so‘m atrofida sotilmoqda.

Nashrlar tomonidan keltirilgan 200 ming so‘m turadigan uzumga kelsak, gibrid yetishtirilgan va doimiy iste’molga taqdim etilgan nav haqida so‘z ketmayapti. Kunlik iste’mol va boshqa maqsadlar uchun xarid orasidagi aniqlikni to‘g‘ri qo‘yishni so‘raymiz.

Shu bilan birga, Qishloq xo‘jaligi vazirligining axborot xizmati muloqotga ochiqligini ma’lum qilib qolamiz.

#uzum #narx_navo

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalining “Maxsus reportaj” informatsion dasturida Toshkent viloyati Parkent tumanining Zarkent qishlog‘ida o‘tkazilgan Xalqaro “Uzum sayli” va vinochilik festivali haqidagi lavha efirga uzatildi.

Unda 15–16-sentyabr kunlari bo‘lib o‘tgan festival doirasida tashkil etilgan amaliy konferensiyalar, tadbirlar hamda ko‘rgazmalar haqida batafsil ma’lumot berilgan.

Ma’lumot o‘rnida, festival doirasida o‘tkazilgan B2B formatidagi uchrashuvlar natijasida jami 35 mln AQSH dollaridan ziyod eksport shartnomalari imzolandi.

Bundan tashqari, ushbu festivalda ikki kun davomida 95 ming nafar mahalliy va xorijiy mehmonlar qatnashdi.

#repost #Ozbekiston_24 #Maxsus_reportaj #uzum_sayli

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zbek brendi” nomi ostida uzum va uzum mahsulotlari eksport qilinmoqda

Bugunga kelib O‘zbekiston O‘rta Osiyoda uzum va uni qayta ishlash mahsulotlarining asosiy ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Bu soha uchun qulay bo‘lgan iqlimiy shart-sharoitlar qish faslida yaxshi saqlanadigan, uzoq masofaga tashishga moslashgan, shuningdek, har turli vino, sharbat, konsentrat, konyaklar va shampan vinolarini ishlab chiqarishda xomashyo bo‘ladigan kishmish-mayiz, isteʼmol yo‘nalishidagi ko‘plab yuqori sifatli navlarni yetishtirishga imkon beradi.

🌍Jahon bozorida uzumga bo‘lgan talab yil sayin oshib bormoqda.

🇺🇿O‘zbekistonda uzumning ho‘l meva va quritilgan ko‘rinishda (mayiz) eksport qilish imkoniyatlari juda keng. Respublika hududida uzumchilik sanoatini rivojlantirish uchun Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumani, Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari iqlimi juda qulay hisoblanadi.

📌Farg‘ona tumanidagi “Fergana Frans” MCHJ qo‘shma korxonasining mavjud 1203 gektarlik yer maydonida uzum klasteri yaratilgan. Unda uzum yetishtirilib, qayta ishlanadi va vino mahsulotlari tayyorlanadi. Mahsulotlar Rossiya, Latviya, Litva, Ozarbayjon, Xitoy kabi xorijiy davlatlarga “O‘zbek brendi” ostida eksport qilinadi va ichki bozorga ham chiqariladi. Xususan, 2021-yilda korxona tomonidan 2 million 500 ming AQSH dollari miqdorida vino mahsulotlari eksport qilingan.

📝Yillik ishlab chiqarish hajmi 6500 tonna bo‘lgan korxonaga tumandagi 101 ta fermer xo‘jaliklari biriktirilgan.

#uzum #uzumchilik #eksport

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yil noyabr oyida bodring va uzum narxi ko‘tarilishi bo‘yicha ma’lumot

🥒Bodring narxlari ko‘tarilishi bo‘yicha:

Bugungi kunda ochiq dalalarda yetishtirilgan bodring hosili yig‘ishtirib olinib, iste’molchilarga yetkazib berildi. Ochiq dalalarda yetishtirgan mahsulotlarning narxi mavsumda 1 kg uchun o‘rtacha 1,5- 2,0 ming so‘mni tashkil qildi.

Tahlillarga ko‘ra, oldingi yillarda ham noyabr oyi o‘rtalariga kelib bodring narxi o‘sishi kuzatilgan. Jumladan 2021-yilda oldinga oylarga nisbatan noyabrda 1,3 barobarga, 2022-yilda 1,9 barobarga oshgan.

🗞Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-oktabrdagi 567-sonli qarori qabul qilinib, issiqxonalarga kafolatlangan tabiiy gaz yetkazib berish belgilangandan so‘ng issiqxonalarda ekin ekish ishlari boshlandi. Issiqxonada yetishtirilayotgan mahsulotlar noyabr oyi 3 dekadasi va dekabr oyi boshidan terimi boshlanishi bilan ichki bozorda narxlar barqarorlashishi prognoz qilinmoqda.

🍇 Uzum narxlari ko‘tarilishi bo‘yicha:

📝Ko‘p yillik monitoring kuzatishlarga ko‘ra, noyabr-dekabr oylarida uzum mahsulotlari saqlash uchun joylashtirilishi oqibatida unga bo‘lgan narxlarning oshishiga olib keldi.

📌 Xususan, 2022-yilning noyabr oyi narxi oktabrga nisbatan 111,5 foizga oshgan bo‘lsa, joriy yilda mos ravishda bu ko‘rsatkich 119 foizga o‘sgan.

🔗Jumladan, mahsulot navi bo‘yicha Husayni 15 - 25 ming so‘m, toyfi 15-20 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, ichki va tashqi bozorda xaridorgir bo‘lgan “Rizamat ota”, “Mersedes” kabi navlariga talab oshgan (1 kg 90 ming so‘m atrofida).

Shu o‘rinda, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining narxlari oshishi bilan bog’liq vaziyat tabiiy holat bo‘lib, bu qish mavsumi uchun issiqxonalarda bir muddat tayyorgarlik ishlari natijasida yuzaga kelgan.

#munosabat #narx #bodring #uzum

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😇🥰 😇🥰🥰🥰😇

🍫SHOKOLADLI UZUM (AKEBIA)

🍇Akebia shokoladli tok, besh bargli shokoladli tok yoki besh bargli akebiya sifatida tanilgan. Vatani — Yaponiya, Xitoy, Koreya. AQSHning sharqiy qismida Jorjiya, Michigan, Massachusetsgacha bo‘lgan hududlarda o‘sadi. Akebia ko‘pincha tepaliklarda, to‘siqlarda, daraxtlarda, o‘rmon chetlari, daryolar bo‘yida va tog‘ yonbag‘irlarida o‘sadi.

Akebia doimiy yashil buta bo‘lib, bo‘yi 10 metrgacha yetadi. Barglari uchida tishli beshta ellips murakkab shaklda joylashgan.

Poyalari yasmiqsimon kulrang-jigarrang rangda. Gullari shokolad hidli. Mevalar kolbasa shaklidagi dukkaklar bo‘lib, meva eti iste’mol qilinadi.

Meva tarkibining shirin yuza qismi mavjud bo‘lib, asosan Yaponiyada iste’mol qilinadi. Biroz achchiq ta’mga ega qobig‘i ziravor sifatida ishlatiladi. Poyalari savat to‘qishda ishlatiladi.

O‘simlik poyasida taxminan 🥰😇 foiz kaliy tuzlari mavjud bo‘lib, diuretik ta’sirga ega

Bu mevalar ta’mi malinanikiga o‘xshab ketadi, ammo yoqimli shokolad aromasiga ega, shuning uchun bu mevalar shokolodli uzum deyiladi.

#bu_qiziq #uzum #shokolodli_uzum

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM