O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yagona nanotexnologiyalarga asoslangan kimyoviy vositalar ishlab chiqarmoqda
🔰 Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning navbatdagi tashrif obyekti innovatsiya maskani bo‘ldi — Samarqand viloyati, Nurobod tumani, Urgut EIH, “Sazog‘on” massivida qad rostlagan “Shelkovo agroxim O‘zbekiston” qo‘shma qorxonasi. Zavod o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha kimyoviy vositalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik quvvat bo‘lib, Markaziy Osiyoda yagona hisoblanadi. 30 million AQSH dollarlik sarmoya evaziga bu yerda nanotexnologiyalarga asoslangan preparatlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilayapti. 2017-yilda tashlandiq, cho‘l hududida barpo etish boshlangan zavod, bugungi kunda 120 ta doimiy ish o‘rni yaratgan yirik majmuaga aylanib ulgurdi. Ishga tushirilgan 1-bosqichga ko‘ra bu yerda 15 ming tonnadan ziyod kimyo vositalari tayyorlanayotgan bo‘lsa, 2-bosqich ishlari yakunlangach bu yerda 50 ming tonna mahsulot tayyorlash imkoniyati paydo bo‘ladi.
🌱 Uchrashuv chog‘ida Qishloq xo‘jaligi vaziri I.Abdurahmonov mutasaddilar bilan ayni kunlarda yerni shudgorlash ishlari jadal boshlangani, yerni kimyoviy vositalar yordamida ishlov berish ahamiyatidan kelib chiqib, zavod mahsulotlarini maqbul shartlarda fermerlarga yetkazib berish masalalarini muhokama qildi. Shu bilan birga bu yerda tayyorlanayotgan gerbitsid, fungitsid, insektoakaritsid va insektitsidlarga talab oshib borayotgani, mahalliy bozorga mazkur vositalarni yetarli miqdorda yetkazish masalalari ham muloqot asosini tashkil qildi.
✅ Ayni kunda bu yerda 40 turdagi mahsulot tayyorlanib, buning uchun 3 ta asosiy va 1 ta yordamchi majmua, 11 ta reaktor hamda 1 ta yirik sig‘im faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Mahsulotlarni sintez qilish orqali esa mahalliy iqlimga mos va hudud bo‘yicha ajratilgan yer imkoniyatlariga to‘g‘ri keladigan preparat tayyorlash talabi qondirilmoqda.
#tashrif #nanotexnologiyalar #innovatsiya
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram
🔰 Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning navbatdagi tashrif obyekti innovatsiya maskani bo‘ldi — Samarqand viloyati, Nurobod tumani, Urgut EIH, “Sazog‘on” massivida qad rostlagan “Shelkovo agroxim O‘zbekiston” qo‘shma qorxonasi. Zavod o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha kimyoviy vositalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik quvvat bo‘lib, Markaziy Osiyoda yagona hisoblanadi. 30 million AQSH dollarlik sarmoya evaziga bu yerda nanotexnologiyalarga asoslangan preparatlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilayapti. 2017-yilda tashlandiq, cho‘l hududida barpo etish boshlangan zavod, bugungi kunda 120 ta doimiy ish o‘rni yaratgan yirik majmuaga aylanib ulgurdi. Ishga tushirilgan 1-bosqichga ko‘ra bu yerda 15 ming tonnadan ziyod kimyo vositalari tayyorlanayotgan bo‘lsa, 2-bosqich ishlari yakunlangach bu yerda 50 ming tonna mahsulot tayyorlash imkoniyati paydo bo‘ladi.
#tashrif #nanotexnologiyalar #innovatsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚜“ AGRITECHNICA-2023”: ZAMONAVIY QISHLOQ XO‘JALIGI TEXNIKALARI NAMOYISHI
✅ 12-noyabr kuni Gannover shahrida qishloq xo‘jaligidagi innovatsiyalarga bag‘ishlangan “AGRITECHNICA-2023” xalqaro qishloq xo‘jaligi texnologiyalari ko‘rgazmasi ochildi.
📈 18-noyabrgacha davom etadigan ko‘rgazmada qishloq xojaligi mashinasozligining barcha yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi yetakchi korxonalarning innovatsiyalari, jumladan 52 davlatdan tashrif buyurgan yirik ishlab chiqaruvchilarning 2810 ta texnikasi umumiy maydoni 386 ming kvadrat metr bo‘lgan jami 24 ta pavilyonda namoyish etilmoqda.
👥 Tadbir 135 mamlakatdan 400 000 dan ortiq ishtirokchilarni o‘zida jamlagan.
#zamonaviy_texnika #innovatsiya
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram
#zamonaviy_texnika #innovatsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
TUPROQSHUNOSLIKDA – INNOVATSION
TEXNOLOGIYALAR JORIY ETILDI
📈 Ma’lumki, hozirgi kunda tuproq tahlillarini amalga oshirishda yuqori aniqlik va tezlikka ega bo‘lgan yangi zamonaviy uskunalardan keng foydalanish qishloq xo‘jaligida, xususan, yer resurslarining asosini tashkil etuvchi tuproqlardan samarali va oqilona foydalanish, mavjud muammolarning yechimini topishda muhim ahamiyatga ega.
🌱 So‘nggi yillarda Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan sohada ilmiy-innovatsion faoliyatni rivojlantirish va ilmiy-tadqiqot institutlarining zamonaviy moddiy-texnik salohiyatini mustahkamlashga alohida e’tibor berilmoqda.
🔼 Xususan, o‘tgan davr mobaynida Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutiga xorijdan yuqori texnologiyalar olib berildi.
✅ Tuproq namunalarini tahlil qilishda Germaniyadan keltirilgan Agilent 5800 ICP-OES spektrometridan foydalanish yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur uskuna namuna tahlili paytida IntelliQuant butun to‘lqin uzunligi diapazoni bo‘ylab ma'lumotlarni to‘playdi va keyin ulardan namunadagi 70 tagacha element konsentratsiyasini hisoblash uchun foydalanadi.
#innovatsiya #tuproqshunoslik