QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.9K subscribers
30.8K photos
3.14K videos
7 files
12.2K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
LABORATORIYA TUPROQ UNUMDORLIGINI OSHIRISHDA MUHIM

🔬“Buxoro agroklaster” MChJ tarkibidagi “Smart lab” laboratoriyasi 2021-yilda tashkil etilgan bo‘lib, unda ikkita bo‘lim mavjud: tuproqshunoslik va laboratoriya.

Ushbu laboratoriya tuproq unumdorligini oshirish, uning sifatini yaxshilash, eroziyaning oldini olish, sho‘rlangan maydonlarni va uning darajalarini aniqlab, bunga qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Bugungi kunda viloyatdagi umumiy 225 ming gektar maydonda ushbu laboratoriya tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bu yerda tuproq tarkibidagi 100 dan ortiq makro va mikro elementlar aniqlanadi.
*****
ЛАБОРАТОРНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ СПОСОБСТВУЮТ ПОВЫШЕНИЮ ПЛОДОРОДИЯ ПОЧВЫ

🔬Лаборатория «Смарт Лаб» в составе ООО «Бухоро агрокластер» начала свою деятельность в 2021 году и работает по направлениям почвоведения и лабораторных исследований.

Цель её работы — повышение продуктивности почвы, улучшение ее качества, предотвращение эрозии, выявление зон засоления и его уровня, а также реализация мер по борьбе с этими явлениями.

На сегодняшний день данная лаборатория проводит научно-исследовательские работы на площади 225 тысяч гектаров. Здесь определяется наличие и состав более 100 макро- и микроэлементов.

#laboratoriya #tuproqshunoslik #agroklaster #лаборатория #почвоведение #агрокластер

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
🌿 QISHLOQ XO‘JALIGI TIZIMIDA “YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DAVOM ETMOQDA

☀️ Bugungi kunda global iqlim o‘zgarishi natijasida ko‘plab ekologik muammolar yuzaga kelmoqda. Bu borada olim va mutaxassislar tomonidan taqdim etilayotgan sohaga oid ma’lumotlar xalqimizni ona zaminimizga bo‘lgan e’tiborini yanada kuchaytirmoqda.

🔰 Davlatimiz rahbarining mazkur yo‘nalishdagi faol tashabbusi ortidan yurtimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda.

Xususan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti olim va  yuqori malakali mutaxassislari ham “Yashil makon” umummilliy loyihasida   faol ishtirok etib, 150 tup tokning (ketmon sofi, kelin barmoq, toyfi) ko'chatlarini ekishdi.

Institutda faoliyat yuritayotgan har bir xodim o‘zlariga ajratilgan hududda tok ko‘chatlarini ekishdi.

🌳 Tuproqshunos olimlarning ta’kidlashicha mazkur “Yashil makon” umummilliy loyihasi tadbiri, avvalo, jannatmakon yurtimizni yanada yashillikka burkanishida asosiy omil bo‘lishiga xizmat qiladi, balki tuproqlarimizda tabiiy va antropogen ifloslanish ta’sirida yuzaga kelayotgan ekologik tahdidlarning salbiy oqibatlaridan himoya qilish imkoniyatini ham vujudga keltiradi.

#yash_makon #tuproqshunoslik

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍111🙏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
TUPROQSHUNOSLIKDA – INNOVATSION
TEXNOLOGIYALAR JORIY ETILDI


📈 Ma’lumki, hozirgi kunda tuproq tahlillarini amalga oshirishda yuqori aniqlik va tezlikka ega bo‘lgan yangi zamonaviy uskunalardan keng foydalanish qishloq xo‘jaligida, xususan, yer resurslarining asosini tashkil etuvchi tuproqlardan samarali va oqilona foydalanish, mavjud muammolarning yechimini topishda muhim ahamiyatga ega.

🌱 So‘nggi yillarda Innovatsion rivojlanish agentligi  tomonidan sohada ilmiy-innovatsion faoliyatni rivojlantirish va ilmiy-tadqiqot institutlarining zamonaviy moddiy-texnik salohiyatini mustahkamlashga alohida e’tibor berilmoqda.

🔼Xususan, o‘tgan davr mobaynida Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutiga xorijdan yuqori texnologiyalar olib berildi.

Tuproq namunalarini tahlil qilishda Germaniyadan keltirilgan Agilent 5800 ICP-OES spektrometridan foydalanish yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur uskuna namuna tahlili paytida IntelliQuant butun to‘lqin uzunligi diapazoni bo‘ylab ma'lumotlarni to‘playdi va keyin ulardan namunadagi 70 tagacha element konsentratsiyasini hisoblash uchun foydalanadi.

#innovatsiya #tuproqshunoslik

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍92👏2