QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.5K subscribers
27.3K photos
2.83K videos
7 files
10.3K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
O‘tgan haftada qaysi hasharot pomidor bargining orqasiga yopishib, shirasini so‘rib, oziqlanishi, lichinkalari chiqargan chiqitlarda mog‘or rivojlanib, barglar qurib qolishiga sabab bo‘lishi haqida so‘rov o‘tkazilgandi.

👥So‘rovda jami 423 kishi qatnashdi. Ulardan 87 kishi to‘g‘ri javob berdi. To‘g‘ri javob – pomidor kuyasi.

🚫Fermerlar pomidor kuyasiga qarshi asosan kimyoviy usullar bilan kurashadilar.

📝So‘rovlarimizda ishtirok eting. Bu yerda siz yangi bilimlarni o‘rganishingiz yoki qishloq xo‘jaligi sohasidagi faktlarni bilishingizga ishonch hosil qilishingiz mumkin.

#sorovnoma #pomidor

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar 24” informatsion dasturida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumani chekka ovuli Beltov qishlog‘ida pishib yetilgan pomidor va qovunlar hudud ehtyojini ta’minlashdan tashqari qo‘shni mamlakatlarga ham yetkazib berilayotgani haqida lavha efirga uzatildi.

Unda Taxtako‘pir tumani Beltov qishlog‘i hududida yillar davomida begona o‘t qoplagan 1000 gektarga yaqin yer bugungi kunda gullagan bog‘larga aylantirilgani va ayni kunlarda dalalarda ish jarayoni qizg‘in davom etib mahalliy aholi ommaviy ravishda yig‘im-terim mavsumida pishib yetilgan pomidorni qadoqlayotgani haqida so‘z yuritilgan.

#repost #Ozbekiston_24 #Yangiliklar_24 #pomidor #qovun

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SAMARQANDDA POMIDORNING YANGI, SERHOSIL, MAHALLIY NAVI YETISHTIRILMOQDA

🍅Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasi olimlari tomonidan pomidorning mahalliy “Mustaqillik- 28” yangi navi yaratildi. Tomchilatib sug'orish yo'li bilan yetishtirilgan ushbu nav tashishga chidamliligi, eksportbopligi va hosildorligi bilan ajralib turadi.

Olimlar yaratgan yangi navning shirinlilik darajasi 7 foizga teng va bu ko‘rsatkich yurtimizda yetishtirilayotgan eng shirin pomidorlar ichida rekord ko‘rchatkich hisoblanadi.
*****
В САМАРКАНДЕ НОВЫЙ МЕСТНЫЙ СОРТ ТОМАТОВ ПОЗВОЛЯЕТ СОБИРАТЬ 200 ТОНН С ГЕКТАРА

🍅Учёные Самаркандской научно-опытной станции Научно-исследовательского института овощебахчевых культур и картофеля при Министерстве сельского хозяйства создали новый местный сорт томатов «Мустакиллик-28». По сравнению с другими, его отличают высокая транспортабельность, экспортоориентированность и урожайность.

Аналогичные данные нового сорта, созданного учеными Самаркандского НИИ овощебахчевых культур и картофеля, оставляют 7 процентов, и этот показатель является рекордным среди самых сладких томатов, выращиваемых в нашей стране.

#pomidor #yangi_nav #Mustaqillik_28 #ilmiy_tadqiqot_instituti #томат #новый_сорт #НИИ

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍅Pomidor – mazali sabzavot, shuning barobarida barcha taomlarning qariyb yarmining tarkibiga kiruvchi masalliq. Pomidorlar dunyoning ko‘plab o‘lkalarida sevib iste'mol qilinadi – ularning yoqimli ta'mi va foydali xususiyati bu mahsulotni allaqachon favqulodda ommabop qilib yuborgan. U haqda bir nechta qiziq faktlar bilan o‘rtoqlashamiz.

🔴Pomidor – eng talabgir sabzavotlardan biri. Har yili dunyoda 60 million tonnadan ortiq pomidor yetishtiriladi.
🔴Pomidorning 10 000 dan ziyod turi mavjud. Eng maydasi atigi 2 sm diametrga ega bo‘lsa, eng katta turi qariyb 1,5 kilogramm keladi.
🔴Serotonin – “baxt gormoni” ko‘p miqdorda mavjudligi sababli, pomidorning kayfiyatni ko‘tarish xususiyati shokoladnikidan qolishmaydi.
🔴Pomidorning ayrim navlarida olimlar 24 tagacha foydali mikroelementlar aniqlashgan.
🔴Pomidor 95% suvdan iborat.
🔴Bir stakan pomidor sokida immunitetni faol tiklovchi C vitamini va A vitamini kunlik me'yorining yarmi mavjud.
🔴Gretsiya va Italiyada pomidorlar muzeylari faoliyat yuritadi.
🔴Ayrim pomidorlar o‘zlarining tashqi ko‘rinishlari yoki ta'mlarini aks ettiruvchi noyob nomlarga ega. Masalan, “Qora shahzoda” pomidori to‘q binafsharang bo‘lsa, “Yirik zebra” yashil va sariq yo‘l-yo‘l tusga ega.
🔴Har yil yoz oxirida Bunol shahrida pomidorlar sharafiga bayram o‘tkaziladi, u “La Tomatina” deb ataladi. Bayramga ko‘plab shaharlardan mehmonlar keladi va pomidorlar jangida qatnashadi.

#bu_qiziq #pomidor

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM