QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.1K subscribers
28K photos
2.86K videos
7 files
10.5K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
POMIDOR NAVLARI SELEKSIYASI QIZG‘IN PALLADA

🍅Toshkent viloyati, Toshkent tumanidagi “NSA-AGRO Development” MCHJ 15 yildan ortiq vaqtdan beri O‘zbekistonning barcha hududlarida issiqxona majmualari va ochiq maydonlarda ekinlar yetishtirish, shuningdek maslahat xizmatlari, o‘g‘itlar va qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari savdosi sohasida faoliyat yuritib kelmoqda.

Xo‘jalikning umumiy yer maydoni 42,12 gektar bo‘lib, xususan 35 gektar mevali daraxtlar, 2 gektar uzumzor, 4,74 ga issiqxona majmuasidan iborat. Shuningdek, ma’suliyati cheklangan jamiyat faoliyatining yana bir yo‘nalishi – tuproqni tekshirish va barglar diagnostikasi, bog‘ va uzumzorlar barpo etiladigan hududlarda tuproqning yaroqliligini aniqlash uchun joylar tanlashdan iborat. Qayd etilishicha, hozirgi kunda korxona Isroilning “Hazira” kompaniyasi bilan pomidor navlari ustida sinov-tadqiqot ishlarini amalga oshirmoqda.
*****
В САМОМ РАЗГАРЕ СЕЛЕКЦИЯ СОРТОВ ТОМАТОВ

🍅ООО «NCA-AGRO Development» в Ташкентском районе Ташкентской области уже более 15 лет осуществляет свою деятельность по выращиванию сельскохозяйственной продукции в тепличных комплексах и в открытом грунте, а также по оказанию консультационных услуг, реализации удобрений и семенного материала во всех регионах Узбекистана.

Общая
земельная площадь хозяйства составляет 42,12 га. 35 га заняты садами фруктовых деревьев, имеются также 2 га виноградников и тепличный комплекс на 4,74 га. Также в прерогативу деятельности ООО входят – исследование почвы и лиственная диагностика, подбор участков для определения пригодности почвы для высадки садов и виноградников. На данный момент компания проводит опытно-исследовательские работы над сортами томатов с израильской компанией «Hazira». Цель – отбор сортов, пригодных для климатических условий Узбекистана, и выведение их семян.

#issiqxona #pomidor #seleksiya #eksport #Cherri #теплицы #томаты #селекция #экспорт #Черри

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"FERGANA FRANS" MCHJ: HAMKORLIKDAGI SAMARALI LOYIHA

🍇Farg‘ona viloyatida bo‘lib turgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning keyingi manzili "Fergana Frans" MCHJ tomonidan barpo etilgan uzum plantatsiyasi bo‘ldi.

MCHJ bugungi kunda 538 gektar maydonni o‘zlashtirgan bo‘lib, shuning 400 gektar maydoniga uzum ekilgan. Bu yerdagi navlar sanoatbop va vinobop uzum hisoblanadi. Bundan tashqari 10 gektar yer maydoni  tajriba tariqasida ajratilgan.

Shundan so‘ng, Aziz Voitov «Fergana Frans» MCHJning “Wine Garden” uzumni qayta ishlash korxonasi faoliyati bilan tanishish maqsadida u yerga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston-Fransiya qo‘shma korxonasi soatiga 44 tonna uzumni qayta ishlash quvvatiga ega. Bu yerga dunyodagi yetakchi kompaniyalarning texnologik liniyalari olib kelib o‘rnatilgan. 120 nafar xodim doimiy ish bilan ta’minlangan. Bu yerda vino mahsulotlari ishlab chiqarish 2 yo‘nalishga bo‘lingan, ya’ni ishlash va qayta ishlash. Bundan tashqari bu yerda 5 ta davlatga eksport yo‘lga qo‘yilgan. 20 dan ziyod mahsulot turi mavjud.

#tashrif #vazir #uzumchilik #uzum_plantatsiyasi #issiqxona #qayta_ishlash #vinochilik #eksport #Fargona

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2023-yil yarim yillikda erishilgan natijalarning qisqacha tahlili

📊 Bugun respublikamizda qishloq xo‘jaligi yerga mehr berib, manfaat topadigan, yangi loyihalar, innovatsion yechimlardan yanada rivojlanayotgan sohaga aylanmoqda. Bunda albatta, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning tizim tashkilotlari tomonidan olib borilayotgan ishlarning, tizimga tatbiq etilayotgan islohotlarning, o‘rni beqiyos. Yerga ekin ekishdan tortib, undan foydalanish, mahsulotni qayta ishlab chiqarish, bu boradagi tajriba  va amaliyotlar raqamlarda o‘z ifodasini topadi.  

Ushbu infografikamizda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan 2023-yilning yarim yilligida erishilgan natijalarning qisqacha bayonini keltirdik.

#natija #issiqxona #chorvachilik #agrologistika #yarimyillik

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘z mahsulotini eksport qilayotgan toshloqliklar

🌍Farg‘ona viloyati Toshloq tumanidagi “Varzak” MFY odamlari o‘zining hunarmandlari va oilaviy tadbirkorlik bilan faol shug‘ullanib keladigan, tinib-tinchimas insonlari bilan alohida ajralib turadi. Ular ota-bobolarimizning qadimiy qadriyatlarini bugungi kunda faol davom ettirib kelmoqda.

🔎Ushbu mahalladagi 120 ta xonadon an’anaviy usulda kigiz bosish bilan mashg‘ul Har bir xonadonda bir kunda 200-250 kv. metr kigiz tayyorlash imkoni mavjud. 1 ta xonadonda besh oyda o‘rtacha 12 ming kvadrat metr mahsulot tayyorlanmoqda.

Tayyor mahsulotning asosiy qismi esa eksportga yo‘naltirilgan.

📌Bugungi kunda yangi ijtimoiy issiqxonalarni tashkil qilishda, umuman tadbirkorlik subektlarida issiqxonalarni ishga tushirishda mana shu kigizlarni issiq saqlovchi material sifatida ishlatish mumkin. Uning tannarxi ham ancha arzonga tushadi.

#kigiz #kasanachilik #issiqxona #eksport

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Quvasoy issiqxonalarida yetishtirilgan mahsulotlar Rossiyaga eksport qilinmoqda

“Vodiy agro world” MCHJ tomonidan Quvasoy shahridagi Bog‘bon MFY da 2020-yilda 1,2 gektar maydonda issiqxona faoliyati yo‘lga qo‘yilgan edi.

Tadbirkorning o‘z mablag‘i hamda bank krediti hisobidan boshlangan qiymati 200 mln dollarlik loyihaga ko‘ra, ayni kunda 15 nafar ishsiz aholi bandligi ta’minlangan.

Mavsumda 40 tonnadan ziyod mahsulot olishni reja qilgan tadbirkor eksportyorlar bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan va hozirda pomidorlar Rossiya Federatsiyasiga eksport qilinmoqda.

E’tiborlisi, bugungi kun talabidan kelib chiqqan holda issiqxonada mavsum davomida ko‘mir yoqilg‘isidan foydalangan holda mahsulot yetishtirilmoqda. Ayni paytda tadbirkor o‘z faoliyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlarini ko‘rmoqda.

#issiqxona #eksport

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM