QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.1K subscribers
27.9K photos
2.86K videos
7 files
10.4K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
DAROMADINI OSHIRAYOTGAN TOMORQA EGALARI

🍅Yurtimizda tomorqadan unumli foydalanish, har bir hududni maʼlum bir turdagi mahsulot yetishtirishga ixtisoslashtirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Namangan viloyati Namangan tumanida 1 378 gektar yer maydoni dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish uchun ajratib berilgan bo’lib, bugungi kunda dehqon xo‘jaliklari soni 1 196 tani tashkil etadi. Bu tumanda “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida ekinlar yetishtirishga e'tibor berilgan. Chunonchi, ushbu tashabbus asosida 15 gektar yer maydonida 150 ta dehqon xo‘jaligi tashkil etilgan.

Habibullo Mirzaabdullayevga
qarashli 7 sotixli issiqxonaga yanvar oyida 2 200 dona pomidor ko‘chatlari ekilgan. Pishib yetilgan pomidorlar Rossiya Federatsiyasiga eksport qilinadi. Bundan tashqari mahalliy bozorlarimizga ham issiqxonadan chiqqan pomidorlar yetkazib beriladi.

#qishloq_xojaligi #dehqon_xojaligi #takroriy_ekin #issiqxona #pomidor #eksport #Namangan

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YERDAN BARAKA TOPAYOTGAN FERMER

🌱Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi “Nurmonova Xurshida” fermer xo‘jaligi a’zolari ezgu maqsadni diliga tugib, yerga urug‘ qadaganlardan. Tashkil etilganiga unchalik ko‘p bo‘lmagan bo‘lsa-da, fermer xo‘jaligi hozirda yetishtirgan mahsuloti bilan nafaqat qishloq xo‘jaligining rivojiga, balki mahalliy bozorlarning to‘kinligiga ham o‘z hissasini qo‘shmoqda.

“Nurmonova Xurshida” fermer xo‘jaligi 2019-yilda o‘z faoliyatini boshlagan. Hozirda fermer xo‘jaligining 18 gektar yer maydonida turli sabzavot ekinlari ekilmoqda. Xususan, 3 gektar yer maydoniga ertapishar piyoz ekildi. Shuningdek, 3 gektar maydonga ekilgan sarimsoqdan mo‘l hosil olinib, eksportga yuborish arafasida.

Ishning ko‘zini bilgan fermerning bir qarich yeri ham bo‘sh qolmayapdi. 5 gektarlik maydon “Lajain” navli pomidorga ajratildi. Ushbu nav suvsizlikka chidamli, yuqori hosildorligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, fermer xo‘jaligi Gollandiyaning “Evolyushn”, “Arizona” navli kartoshkalarini ham sinov tariqasida ekdi. Ushbu kartoshka navi mamlakatimizning tuproq iqlim sharoitiga mosligi va yuqori hosildorligi bilan ajralib turadi.

#fermer #dehqon #sabzavot_ekinlari #ertapishar_piyoz #pomidor #kartoshka #eksport

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
VAZIR FARG‘ONALIK GULCHILAR BILAN UCHRASHDI

🌹Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ishchi tashrif bilan Farg‘ona viloyatida bo‘ldi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — hududda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ijrosini ko‘zdan kechirish, yangi tashabbuslar bilan tanishish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha qilinayotgan amaliy ishlarga ko‘maklashishdan iborat.

Dastlab Aziz Voitov Farg‘ona shahridagi 101 gektarda tashkil etilgan atirgulchilik kooperatsiyasi bilan tanishdi.

Loyiha qiymati 1,2 mlrd so‘m bo‘lgan kooperatsiyaga 150 nafar dehqon doimiy asosda biriktirilgan bo‘lsa, 500 nafar ishchi mavsumiy faoliyat yuritadi. Hududda 85 ta oila tomonidan atirgulning 400 xildan ortiq navi ekilib parvarishlanmoqda. Albatta, daromad ham shunga yarasha. Yil davomida 30 million dona atirgul ko‘chatlari ekilib, eksport va mahalliy bozorga yo‘naltiriladi.

#vazir #tashrif #atirgulchilik #kooperatsiya #dehqon #eksport #Fargona

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Zamonamiz qahramoni – mirishkor dehqon

#kun_fotosi #dehqon

Герой нашего времени - умелый фермер

#фото_дня #фермер

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM