QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14.8K subscribers
29.4K photos
2.9K videos
7 files
10.8K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
YERLAR DEGRADATSIYASI MASALASI MUHOKAMA QILINDI

💧Bugun respublikamizda yerlar degradatsiyasi va unga qarshi kurashish borasida ko‘pgina ishlar amalga oshirilmoqda.

2023-yil 31-mayda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida bo‘lib o‘tgan tadbirda ham aynan yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini amalga oshirish, yagona makonda shakllantirish va foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Maʼlumki, respublikamizda mavjud yerlar degradatsiya tadbirlari monitoringini yuritish, baholash va zarur chora-tadbirlarni belgilash maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligidaYer degradatsiyasi” geoportalining dastlabki tahriri ishlab chiqildi va ishga tushirildi.

Ushbu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan ma‘sul vazirlik va idoralar mutaxassislari ishtirokidagi tadbirda esa Yer degradatsiyasi” geoportalini takomillashtirishda fazoviiy ma‘lumotlarni shakllantirish, uning tuzilmasi, idoralararo ma‘lumot uzatish, hisobot shakllari va boshqa masalalarga e‘tibor qaratildi.

Shuningdek, tegishli texnik yo‘riqnomalarni ishlab chiqish va idoralarda shakllanayotgan ma‘lumotlar almashinuvini kengaytirish bo‘yicha ham o‘zaro kelishib olindi.

#Yer_degradatsiyasi #geoportal #qishloq_xojaligi

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yerni kuzgi haydash – u nima uchun zarur?

Tuproqqa ishlov berish – muhim agrotexnik tadbir. Yerni ekin mavsumiga sifatli tayyorlash ekinlar hosildorligini oshirish va qishloq xo‘jaligi o‘simliklari nobud bo‘lishini kamaytirish imkonini beradi. Yer haydash foydasi haqida so‘z yuritamiz.

🔸 Yer haydash – bu tuproqqa maxsus usulda ishlov berishdir: yer qatlami taxminan 20 sm chuqurlikda ag‘dariladi, maydalanadi, qumoqlashtiriladi va plug yordamida aralashtiriladi. Shaxsiy va kichik fermerlik xo‘jaliklarida pluglar qo‘lbola bo‘ladi yoki kultivatorga ulanadi, ishlab chiqarish ko‘lamlarida plug qishloq xo‘jaligi texnikasiga o‘rnatiladi.

Yer haydalishi qator afzallikka ega: yer kislorodga boyiydi, unda o‘simliklar tezroq va baquvvatroq o‘sadi; kemiruvchilar va hasharotlarning yer osti yo‘llari buziladi; tuproq eroziyasining oldi olinadi; begona o‘tlarni yulish jarayoni osonlashadi, chunki ularning ildizlari yuzaga chiqib qoladi; yerning sho‘rlanishi darajasi kamayadi.

Kuzgi yer haydalishi begona o‘tlar ildizlari va yer ostida yashovchi bakteriyalar hamda zararkunandalarni yuzaga chiqaradi. Ular sovuqda halok bo‘ladi, lekin yog‘ingarchilik vaqtida, yer suvsizlanishining oldini olish maqsadida, yerni haydamagan ma'qul

#bu_qiziq #yer_haydash

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yer munosabatlarini rivojlantirishda xorij tajribasi

Bu yil Konstitutsiya qabul qilinganiga 31 yil to‘ladi. Xalqimizning xohish-irodasi bilan tanlab olingan huquqiy-demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida mustahkam huquqiy poydevor bo‘lib kelayotgan asosiy qonunimizning milliy taraqqiyotimizdagi o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil etilgan seminarda ham Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning qishloq xo'jaligi sohasini rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati xususida so‘z bordi.

Xususan, Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiq, respublikamizda qishloq xo‘jaligi yerlarida yer islohotlarni rivojlantirish, yerlar bozorini shakllantirish va qishloq xo‘jaligi yerlarini barqaror boshqarish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning yer tuzish va huquqshunoslik yo‘nalishidagi xalqaro konsultantlari hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Adliya vazirligining ushbu yo‘nalishdagi masʼul xodimlari ishtirokida muhokama qilindi.

Seminar doirasida amalga oshirilgan ishlar ham har tomonlama tahlil qilinib, bu bo‘yicha xorijiy davlatlar bilan tajriba almashish va salohiyatni rivojlantirish orqali mintaqaviy hamkorlikning yaxshi ishlaydigan mexanizmi yaratilgani ham qayd etildi.

#yer_resurslari #rivojlantirish

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM