QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15K subscribers
28.5K photos
2.87K videos
7 files
10.6K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇶🇦 “EKSPO Doha – 2023” butunjahon ko‘rgazmasida O‘zbekiston pavilyoni ish boshladi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Qatarga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasida, kun tartibidan o‘rin olgan «EKSPO Doha - 2023» mintaqada o‘tkazilayotgan ilk global “yashil” ko‘rgazma ochilishida ishtirok etganligidan xabardorsiz. Bugun ishtirokchi davlatlar milliy ko‘rgazma-pavilyonlarining rasmiy ochilish marosimi boshlandi. O‘zbekiston birinchilar qatorida “yashil”likni targ‘ib qilishga start berdi.

O'zbekiston delegatsiyasi Arab dunyosida yangicha talqinni ta'minlovchi mazkur ko‘rgazmaga juda puxta tayyorgarlik ko‘rgan.

Mikroko‘katlar, chorva uchun yashillikdan iborat ozuqa bazasi, bir yilda bir necha marotaba hosil berishi mumkin bo‘lgan gibrid navlar, bog‘dorchilik va meva-sabzavotchilikdagi so‘nggi seleksiya navlari – barchasi ilk marotaba bu kabi nufuzli tadbirda namoyish etilmoqda.
Ko‘rgazmaga qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan jami 5 tonnadan iborat 112 turdagi eksportbop va sarhil mahsulotlar olib kelingani yuqoridagi fikrimiz dalilidir.

Bunda, barcha turdagi poliz ekinlari, dukkakli, quritilgan va ho‘l mevalar, sabzavotlar, ko‘katlar, keng turdagi  sanoat mahsulotlari namoyishiga alohida o‘rin berildi.

Shu bilan birga, ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan paxtachilik, g'allachilik, urug‘chilik, “Invitro” kabi yangi ishlanmalar ham namoyish qilinmoqda.

Mehmonlar tomonidan, birinchi kundanoq, O‘zbekistonda yetishtirilgan uzum, nok, poliz ekinlariga va quritilgan mevalarga   juda katta qiziqish bildirilmoqda.

Ko‘rgazma 2024-yilning 28-mart sanasiga qadar davom etadi.

#ekspo_doha #Qatar #korgazma

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Poytaxtimizda ikkita xalqaro koʻrgazma ish boshladi

Bugun Toshkent shahridagi "O'zekspomarkaz" milliy ko'rgazmalar pavilonida Xalqaro qishloq xoʻjaligi hamda oziq-ovqat sanoati koʻrgazmalari o'z ishini boshladi.

Ko’rgazma ochilishida Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori Alisher To’rayev so’zga chiqib ushbu ko’rgazma so’nggi yillarda qishloq xo’jaligida yurtboshimiz tashabbuslari bilan amalga oshirilayotgan islohotlar, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda erishilayotgan natijalar, xorijiy bozorlar va mashhur supermarketlar rastalarini bezayotgan sarxil mevalaru, sabzavot va poliz mahsulotlarining eksport geografiyasi yildan-yilga kengayayotganini ta’kidladi. A.To’rayev shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda Qishloq xo’jaligi vazirligining o’rni haqida gapirar ekan ayni paytda mahalliy iqlim sharoitiga mos ekin navlarining yangilari In-vitro laboratoriyalarida yaratilib fermer va dehqonlarga yetkazilayotgani, sohani qo’llab quvvatlash uchun subsidiya va imtiyozli kreditlar ajratilayotganini hosildorlikning yildan-yilga oshib, yuqori daromad olishga imkon berayotganini ham e’tirof etdi.

Ko’rgazmada dehqonchilik, chorvachilik, irrigatsiya uchun zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari va ehtiyot qismlari, asbob-uskunalar, texnologiyalar va materiallar ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashgan 40 dan ortiq mahalliy va xorijiy kompaniyalar ishtirok etmoqda.

Shuningdek, qishloq xo'jaligi texnikasi, elita navli urug‘lar va ko‘chatlar, issiqxona, sug‘orish tizimlari uchun innovatsion ishlanmalar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, ozuqani saqlash va qayta ishlash yo’nalishidagi eng so’nggi so‘nggi mahsulotlar namoyish etilmoqda.

Ko‘rgazma 26 oktabrgacha davom etadi.

#korgazma #eksport #xorijiy_bozorlar

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM