QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.1K subscribers
28.1K photos
2.86K videos
7 files
10.5K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣Hurmatli tadbirkorlar!

Sizlarni 2023-yil 12-13-14-iyul kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadigan “F-Istanbul-2023” oziq-ovqat, qadoqlash va uskunalar xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etishga taklif qilamiz.

📝Ko'rgazmaning mavzu yo‘nalishlari:

🟢Qadoqlash uskunalari va materiallari.
🟢Qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar.
🟢Oziq-ovqat va ichimliklarni qayta ishlash uchun uskunalar.
🟢Oziq-ovqat va qo‘shimchalar.
🟢Do'konlar, Ichimliklar, Urug'lar, Pistalar, Quritilgan mevalar.
🟢Sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar.
🟢Kolbasa mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar.

Koʼrgazma haqida batafsil maʼlumot:
👉 www.f-istanbul.com

Ko‘rgazma ishtirokchilari ko‘rgazma haqida barcha savollar bo‘yicha quyidagi raqamga murojaat qilishingiz mumkin:

📞+99899 444 44 96

#korgazma #oziq_ovqat #Turkiya #Istanbul #F_Istanbul_2023

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON VA TURKIYA VAZIRLARINING TELEFON ORQALI MULOQOTI

📱O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Turkiya Respublikasi Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Vaxit Kirishchi bilan telefon orqali muloqot qildi.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #muloqot #qishloq_xojaligi #Ozbekiston #Turkiya

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON VA TURKIYA: AGRAR SOHANI SUG‘URTALASH

🤝15-may kuni Turkiyaning agrosug‘urta sohasi vakillari agrar sohani sug‘urtalashga oid hamkorlikka erishish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligiga tashrif buyurishdi.

Dastlab, Qishloq xo‘jaligining tarkibiy tuzilmasidan tortib, mamlakatimizning yer maydoni va demografik holati, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari kabi muhim maʼlumotlarni Vazirlikning Statistik tahlil boshqarmasi boshlig‘i Nodirjon Sadriddinov uchrashuv ishtirokchilari eʼtiboriga taqdim etdi.

Shundan so‘ng mehmonlar mamlakatimizdagi yer maydonlari va unda kechayotgan degradatsiya jarayonlarining oldini olish borasida qilinayotgan ishlarga qiziqish bildirishdi. Ushbu savollarga Qishloq xo‘jaligi vazirligi Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish masalalari departamenti mudiri Oybek Soatov batafsil javob qaytardi.

#xalqaro_hamkorlik #tashrif #uchrashuv #delegatsiya #qishloq_xojaligi #agrosugurta #Ozbekiston #Turkiya

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI TIZIMIDA SUGʻURTALASHNING TURKIYA MODELI MUHOKAMA ETILDI

🇺🇿🤝🇹🇷
Shu kunlarda O‘zbekistonda
Turkiya agrosug‘urta sohasi vakillaridan iborat delegatsiya ishchi tashrif bilan bo‘lib turibdi.

Agrosug‘urta tizimini takomillashtirish, sug‘urtalash orqali qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlashda Turkiya tajribasini o‘rganishga alohida e'tibor berilgan. Bu borada ikki mamlakat vazirlarining o‘zaro muloqotlarida ham fikr almashilgandi. Mana shu hamkorlik davomi o‘laroq, bugun O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligida Turkiyaning “TARSIM” sug‘urta kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov agrosug‘urta  sohasidagi Turkiya tajribasiga yuqori baho berib, O‘zbekiston sharoitida uni qo‘llash yaxshi natija berishiga umid bildirdi.

“TARSIM” kompaniyasi bosh direktori va direktorlar kengashi a'zosi Bekir Engurulu Turkiya tomoni O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash sohasida hamkorlikka tayyor ekanini bildirdi va bu yo‘lda dastlab qilinishi lozim bo‘lgan ishlarni belgilab olishni taklif etdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda agrosug‘urta tizimini tashkil etish va rivojlantirishdagi hamkorlik ishlarini jadal boshlash, bu borada ishchi guruh tuzib, “Yo‘l xaritasini” ishlab chiqishga kelishib olindi. Shuningdek, hamkorlik uchun mustahkam zamin o‘laroq, O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Turkiya Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida Anglashuv memorandumini imzolash masalasi ko‘rildi.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #tashrif #uchrashuv #delegatsiya #qishloq_xojaligi #agrosugurta #memorandum #Ozbekiston #Turkiya #TARSIM

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBЕKISTON-TURKIYA QISHLOQ XO‘JALIGI TIZIMIDA HAMKORLIK ISTIQBOLLARI

🇹🇷 Qishloq xo‘jaligi vazirligida Turkiya Respublikasi Savdo vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar kengashining texnik konsalting sohasida eng ilg‘or 10 ta xususiy kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🌾Uchrashuvda Turkiya tomoni O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasini so‘nggi 5 yilda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida rivojlanib borayotganini yuqori baholab, kelgusida qishloq xo‘jaligini modernezatsiyalash ehtiyoji borligini hisobga olgan holda O‘zbekistonga qardosh do‘st davlat sifatida ushbu tizimning rivojlanishi uchun o‘z hissalarini qo‘shishga va ilg‘or tajribalarini bo‘lishishga tayyorligi ma’lum qilindi.

🧬 Shuningdek, qishloq xo‘jaligida zararkunandalarga qarshi kurashishda suv, tuproq va undagi foydali tirik organizmlarga bo‘lgan salbiy ta’sirni kamaytirishga qaratilgan ilmiy izlanishlarni hamkorlikda olib borish va qishloq xo‘jaligi ekinlari va chorva mollarini iqlim o‘zgarishi xatarlaridan sug‘urtalash bo‘yicha Turkiya tajribasini o‘rganish taklifi ilgari surildi.

#turkiya #hamkorlik #muhokama

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Туркия Республикаси Президенти Режеп Таййип Эрдоған Кенг қамровли стратегик шерикликни чуқурлаштириш тўғрисида қўшма декларацияни имзоладилар.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Турецкой Республики Реджеп Тайип Эрдоган подписали Совместную декларацию об углублении всеобъемлющего стратегического партнерства.

#Mirziyoyev #tashrif #Turkiya #hujjatlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X