QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
13.1K subscribers
30.6K photos
3.11K videos
7 files
12K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#Hamkorlik #Chorvachilik #Uzbekistan #Koreya

CHORVACHILIK OZUQA BAZASINI RIVOJLANTIRISH SOHASIDAGI HAMKORLIK MUHOKAMASI

🤝Koreya Respublikasining KOPIA Xalqaro markazi direktori Dr. Oh Sung Jong
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutida bo‘ldi.

Muloqot davomida Institut direktori Shuhrat Azizov Dr. Oh Sung Jong bilan O‘zbekiston Respublikasida chorvachilik ozuqa bazasini rivojlantirishda smart texnologiyalardan foydalangan holda sifatli go‘sht mahsulotlarini yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha loyihani muhokama qilib, uni bajarishga kelishib olishdi.

Muzokaralardan so‘ng mehmonlar institutning tajriba xo‘jaligi dala maydonlari va chorvachilik fermasi bilan tanishdi. Uchrashuv yakunida hamkorlikda loyiha bajarish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
*****
#Сотрудничество #Животноводство #Узбекистан #Корея

ОБСУЖДЕНИЕ СОТРУДНИЧЕСТВА В ОБЛАСТИ РАЗВИТИЯ КОРМОВОЙ БАЗЫ ЖИВОТНОВОДСТВА

🤝Директор Международного центра KOPIA Республики Корея Dr. О Сунг Джонг
посетил Научно-исследовательский институт механизации сельского хозяйства при Минсельхозе Республики Узбекистан.

В ходе беседы директор института Шухрат Азизов с Dr. О Сунг Джонг обсудили проект по разработке технологии выращивания качественной мясной продукции с использованием смарт-технологий в развитии кормовой базы животноводства в Республике Узбекистан и договорились о его реализации.

После переговоров гости ознакомились с полями и животноводческой фермой опытного хозяйства института. По итогам встречи достигнута договоренность в реализации проекта о сотрудничестве.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kartoshkachilik #texnologiya #sinov

KARTOSHKA HOSILDORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA YAPONIYA TEXNOLOGIYASI O‘ZBEKISTONDA SINOVDAN O‘TKAZILADI

🤝O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari hamda stansiyalari rahbarlari, shuningdek, O‘zbekiston-Vengriya kartoshkachilik ilmiy markazi xodimlari uchun tanishtiruv o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarni BIOVERSITY\CIAT tadqiqotchisi Mariana Kintero (Kolumbiya) olib bordi.

Tadbir “Rivojlanayotgan mamlakatlarda qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini yaxshilash maqsadida qishloq xo‘jaligida ma’lumotlarga asoslangan qarorlarni qabul qilishni qo‘llab-quvvatlashning integratsiyalashgan tizimini (e-kakashi) qo‘llash bo‘yicha tadqiqotlar” loyihasi doirasida o‘tkazildi.

👉Batafsil

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#картофелеводство #технология #повышение_урожайности

ЯПОНСКУЮ ТЕХНОЛОГИЮ ПО ПОВЫШЕНИЮ УРОЖАЙНОСТИ КАРТОФЕЛЯ ИСПЫТЫВАЮТ В УЗБЕКИСТАНЕ

🤝Состоялся вводный обучающий семинар для научных сотрудников института и руководителей станций Научно-исследовательского института овощебахчевых культур и картофеля при Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан, а также сотрудников Узбекско-Венгерского научного центра картофелеводства. Семинар проводила научный сотрудник BIOVERSITY\CIAT Мариана Кинтеро (Колумбия).

Мероприятие прошло в рамках проекта «Исследование применения интегрированной системы поддержки принятия решений в сельском хозяйстве на основе данных (e-kakashi) для улучшения аграрных секторов в развивающихся странах».

👉Подробнее

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#USAID #Tanlov #Uzbekistan

USAIDNING O‘G‘ITLARDAN FOYDALANISHNI TAKOMILLASHTIRISH BO‘YICHA TANLOVI

📌AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tuproq va barg tahlili xizmatlarini joriy etish va takomillashtirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tanlov boshlamoqda. Tanlovga O‘zbekiston xususiy korxonalaridan konseptual arizalar qabul qilinadi. Finalchilarga 2 mlrd so‘mgacha bo‘lgan asbob-uskunalar va/yoki individual treninglar taqdim etiladi.

👉Batafsil
*****
#USAID #Конкурс #Узбекистан

КОНКУРС ОТ USAID ПО ОПТИМИЗАЦИИ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ УДОБРЕНИЙ

📌Агентство США по международному развитию (USAID) объявляет конкурс, направленный на поддержку внедрения и усовершенствования услуг анализа почвы и листьев. На конкурс будут приняты концептуальные заявки от частных предприятий Узбекистана. Финалисты получат оборудование и/или индивидуальное обучение на сумму до 2 млрд сумов.

👉Подробнее

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#ishchi_guruh #Qoraqalpogiston #klaster

“BERUNIY” KLASTERIDAGI CHORVA KOMPLEKSI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Qishloq xo‘jaligi majmuasida dehqon va fermerlarning kunlik muammolarini yechish, bu yo‘lda bajarilayotgan ishlarni monitoring qilish, salbiy vaziyatlarga joyida barham berish maqsadida Hukumat ishchi guruhi faoliyat olib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Sh.G‘aniyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtkul tumanida g‘alla maydonlariga yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etish ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, “Beruniy” klasteri tomonidan tashkil etilgan chorva kompleksi bilan tanishildi. Hozirda bu yerda go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqarish maqsadida 200 bosh hamda sut mahsulotlarini olish uchun 50 bosh qoramol boqilmoqda. Yil yakunigacha ushbu chorva mollarini jami 700 boshga yetkazish rejalashtirilmoqda. Ishchi guruhining o‘rganish ishlari davomida Beruniy tumanidagi issiqxonalar faoliyati ham o‘rganildi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_makon #kochat_ekish #umummilliy_loyiha

🌱Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Zarbdor 40 kunlik” munosabati bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari davom etmoqda.

Samarqand viloyati Ishtixon tumanida 2022-yil kuz hamda 2023-yil bahor mavsumida jami 1 mln 83 ming tup ko‘chat va qalamchalarni har bir mahalla, korxonalar va xizmat ko‘rsatish sohalari hududlarida, fermer xo‘jaliklari ekin yer maydonlari chetlariga hamda ijtimoiy soha (maktab, kasalxona, o‘quv yurtlari) obyektlari va tashkilotlar hududlariga ekish rejalashtirilgan.

Joriy yilning oktyabr-dekabr oylarida 406,2 ming tup ko‘chatlar ekish belgilangan bo‘lib, bugungi kun holatiga 300 mingga yaqin ko‘chatlar o‘tqazildi. Jumladan, qishloq xo‘jaligi yerlarida ixota daraxtzorlar barpo etiladigan maydonlarda 22,14 ming tup, fermer xo‘jaliklari va klaster dala chet maydonlariga 133,3 ming tup, ijtimoiy soha obyektlariga 34,9 ming tup, korxona va xizmat ko‘rsatish sohasi hududlariga 26,6 ming tup, mahallalar va boshqa obyektlar hududiga 82,1 ming tup mevali va manzarali ko‘chatlar ekilishi taʼminlandi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Hamkorlik #Vazir #Uzbekistan #Fransiya

O‘ZBEKISTON QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRINING FRANSIYAGA TASHRIFI

🤝Shu kunlarda O‘zbekiston Prezidentining Fransiyaga rasmiy tashrifi doirasida vazir Aziz Voitov boshchiligidagi Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi Fransiyada bo‘lib turibdi.

21-noyabr kuni Parij chekkasida SEMMARIS kompaniyasiga tegishli yangi oziq-ovqat bozori — “Rungis International Market” bilan tanishtiruv ekskursiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu dunyodagi eng katta bozor bo‘lib, har kuni Il-de-Fransdagi 18 milliondan ortiq iste‘molchilarga xizmat ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, tashrif fransuz tomoni bilan avval o‘rnatilgan kelishuvlar doirasida amalga oshirilmoqda. 2018-yil oktyabr oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev Fransiyaga tashrif buyurib, O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Fransiyaning SEMMARIS kompaniyasi vakillari o‘rtasida O‘zbekistonda agrologistika markazini tashkil etish loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi bitim imzolangan edi.

*****
#Сотрудничество #Министр #Узбекистан #Франция

ВИЗИТ МИНИСТРА СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА УЗБЕКИСТАНА ВО ФРАНЦИЮ

🤝В эти дни в рамках визита Президента Узбекистана во Францию, делегация Минсельхоза РУ во главе с министром сельского хозяйства Азизом Воитовым проводит ряд встреч в Париже.

21 ноября, в пригороде Парижа, прошла ознакомительная экскурсия по рынку свежих продуктов Rungis International Market, принадлежащему компании SEMMARIS. Это крупнейший в мире маркет, который ежедневно обеспечивает продовольствием 18 миллионов потребителей в Иль-де-Франс.

Напомним, что визит проходит в рамках налаженных ранее договоренностей с французской стороной. В октябре 2018 года состоялся визит президента Шавката Мирзиёева во Францию, где было подписано соглашение между Узбекистаном от имени Министерства инвестиций и внешней торговли РУ и Францией от имени компании SEMMARIS по реализации проекта по созданию агро-логистического центра в Узбекистане.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#FAO #UNDP #UNESCO #UNICEF #WB #ADB #GIZ #TIKA #IFAD

“OZIQ-OVQAT VA QISHLOQ XOʻJALIGI SOHASIDAGI DONORLAR FORUMI”: ISLOHOTLAR IJROSI, YUTUQLAR, KAMCHILIKLAR, KELGUSI REJALAR

🔰Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan Yevropa Ittifoqi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) texnik koʻmagida “Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasidagi donorlar Forumi” boʻlib oʻtdi.

Forumda Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi delegatsiyasi, FAO, UNDP, UNESCO, UNICEF, WB, ADB, GIZ, TIKA, IFAD kabi 30 dan ortiq Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sektorini rivojlantirish hamkorlari, xalqaro moliyaviy institutlar, donor tashkilotlar, shuningdek, turli davlatlarning mamlakatimizdagi elchixonasi vakillari ishtirok etdi.

👉Batafsil

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#FAO #UNDP #UNESCO #UNICEF #WB #ADB #GIZ #TIKA #IFAD

«ФОРУМ ДОНОРОВ В ОБЛАСТИ ПРОДОВОЛЬСТВИЯ И СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА»: ПРОВЕДЕНИЕ РЕФОРМ, ДОСТИЖЕНИЯ, НЕДОСТАТКИ, ПЛАНЫ НА БУДУЩЕЕ

🔰«Форум доноров в области продовольствия и сельского хозяйства» был проведен Министерством сельского хозяйства Республики Узбекистан при технической поддержке Продовольственной и сельскохозяйственной организации Объединённых Наций (ФАО) и Европейского Союза.

В форуме приняли участие делегация Европейского Союза в Узбекистане, более 30 партнеров по развитию агропродовольственного сектора Узбекистана, такие как FAO, UNDP, UNESCO, UNICEF, WB, ADB, GIZ, TIKA, IFAD, международные финансовые институты, донорские организации, а также представители посольств различных стран в нашей стране.

👉Подробнее

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM