QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14.6K subscribers
29.5K photos
2.93K videos
7 files
11K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#горжусь_родным_языком #День_узбекского_языка

🔰21 октября
– по случаю Дня узбекского языка, сотрудники центрального аппарата Министерства сельского хозяйства РУ запустили челендж с хештегом #onatilimfaxrim (горжусь родным языком) под слоганом «Пусть твое достоинство будет высоким, мой родной язык!», для прославления нашего родного языка, как символа национальной гордости и чести. Коллектив министерства и сотрудники системных и региональных организаций министерства принимают активное участие в этой духовно-просветительской инициативе.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#repost #yangiliklar

YANGILIKLAR 24 | TUPROQNING TEZKOR TAHLILI BO‘YICHA ILMIY TADQIQOTLAR

🎥 O‘zbekiston 24 telekanalining Yangiliklar dasturida O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti olimlari tomonidan hududlarda fermer xo‘jaliklari, klasterlar va tomorqa yer egalariga tezkor tuproq xizmatlarini ko‘rsatish haqida lavha tayyorlandi. Ushbu lavhada Institutning “TUPROQ KLINIKASI” innovatsion mobil laboratoriyasi faoliyati yoritilgan.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#prezident #tashrif

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEVNING TURKMANISTONGA RASMIY TASHRIFI DOIRASIDAGI MUZOKARALAR NATIJALARI

🤝Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga rasmiy tashrifi davom etmoqda. Ikki tomonlama muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, energetika, transport-logistika, qishloq va suv xo‘jaligi sohalaridagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama etilmoqda.

👉Batafsil

*****
#президент #визит

ИТОГИ ПЕРЕГОВОРОВ В ХОДЕ ОФИЦИАЛЬНОГО ВИЗИТА ПРЕЗИДЕНТА РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН ШАВКАТА МИРЗИЁЕВА В ТУРКМЕНИСТАН

🤝Официальный визит Президента Шавката Мирзиёева в Туркменистан продолжается. На двусторонних переговорах обсуждаются вопросы дальнейшего расширения сотрудничества в политической, торгово-экономической, энергетической, транспортно-логистической, сельскохозяйственной и водной сферах.

👉Подробнее

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TDAU #til_bayrami #tadbir

TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETIDA TIL BAYRAMIGA BAG‘ISHLANGAN TADBIR O‘TKAZILDI

🎊O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Toshkent davlat agrar universiteti hamkorligida 21-oktyabr—O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda ishtirok etgan elimiz suygan shoirlar Bobur Bobomurod va Sayyora To‘ychiyevalar otashin so‘zlari va ijod namunalari, hamda universitetning badiiy havaskor ilmiy-pedagog xodimlari va talabalari ijro etgan sheʼr va mumtoz va zamonaviy qo‘shiqlari, Abdulla Qodiriy nomidagi satira teatri aktyorlari namoyish etgan “Julqunboy” sahna ko‘rinishi bilan qatnashchilarga ko‘tarinki kayfiyatini baxsh etishdi.

Bayram tadbiri tafsilotlari batafsil saytimizda

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#til_bayram

🔹O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (ISCAD)da ham o‘zbek tili bayrami munosabati bilan “Tilga eʼtibor – elga eʼtibor!” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar o‘zbek tilining go‘zalligi, uni hurmat qilish har birimizning fuqarolik burchimiz ekanligini taʼkidlashdi. Shuningdek, tilimiz rivoji va taraqqiyoti yo‘lida mehnat qilgan mutafakkir, shoiru yozuvchilar hayoti va ijodi haqida so‘z yuritildi.

Darhaqiqat, til – bu millat ko‘zgusi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixini namoyon qiluvchi asosiy muomala vositasidir. Tilni asrash, rivojlantirish – millatning yuksalishi demak.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#repost #hudud

HUDUD | KO‘CHMA LABORATORIYA YORDAMIDA TUPROQ UNUMDORLIGI O‘RGANILMOQDA

🎥 Mening yurtim telekanalining Hudud dasturida O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Tuproqsifattahlil” DUK tomonidan Namangan viloyatining Uychi tumanida tuproqlarning ozuqa elementlari bilan taʼminlanganlik darajasini aniqlash hamda fermer va boshqa yerdan foydalanuvchilarga to‘g‘ri tavsiyalar berish maqsadida tashkil etilgan maxsus tur haqida reportaj tayyorlandi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#organika #seminar

BOG‘DORCHILIK VA ISSIQXONA XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGIDA SEMINAR-TRENING O‘TKAZILDI

🔰O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligida “Organik dehqonchilik” va “GLOBAL G.A.P” formatlaridagi mahsulotlarni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar vazirlikning Organik ishlab chiqarish va maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyotini rivojlantirish boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etildi. Tadbir Agentlik xodimlari uchun o‘tkazildi. Shuningdek, ushbu agentlikning hududiy xodimlari videokonferensaloqa (VKA) formatida tadbirda ishtirok etishdi.

👉Batafsil

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#органика #семинар

В АГЕНТСТВЕ ПО РАЗВИТИЮ САДОВОДСТВА И ТЕПЛИЧНОГО ХОЗЯЙСТВА ПРОШЕЛ СЕМИНАР-ТРЕНИНГ

🔰В Агентстве по развитию садоводства и тепличного хозяйства при Министерстве сельского хозяйства РУ проведен семинар, посвященный вопросам развития продукции в формате «Органическое земледелие» и «GLOBALG.A.P».

Инициатором семинара выступило Управление развития органического производства и надлежащих сельскохозяйственных практик Министерства сельского хозяйства РУ. Семинар проведен для руководителей и сотрудников Агентства. Также в формате видеоконференцсвязи (ВКС) приняли участие региональные сотрудники данного Агентства.

👉Подробнее

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#repost #maxsus_reportaj

MAXSUS REPORTAJ | AHOLIGA IMTIYOZ ASOSIDA YER AJRATISHNING YANGI TARTIBLARI

🎥 O‘zbekiston telekanali respublika miqyosida ekin maydonlarini ochiq elektron tanlov orqali aholiga ijaraga berish tizimi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida maxsus reportaj tayyorladi. Reportajda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti mutasaddilari kerakli maʼlumotlarni berib o‘tishdi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#Irlandiya #safar

O‘ZBEKISTON DELEGATSIYASI IRLANDIYA QISHLOQ XO‘JALIGI TIZIMI BILAN TANISHDI

🇮🇪Vazir ijroiya apparati rahbari Isroil Xolmirzayev boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi Qishloq xo‘jaligida bilim, innovasiyalarva agroxizmatlar milliy markazi (AKIS) rahbarlari, ekspertlari bilan birgalikda Irlandiyada xizmat safarida bo‘lib keldi.

Tashrif doirasida delegatsiya aʼzolari Irlandiya Milliy botanika bog‘ida bo‘lishdi. Bog‘ hududida agrosanoat majmuasida ilmiy ishlanmalar, taʼlim va agroxizmatlar organi hisoblangan TEAGASC davlat agentligi tarkibiga kiruvchi Meva-sabzavotchilik kolleji joylashgan. Bu kollejda talabalar va qisqa muddatda taʼlim oluvchilar (5-6 oylik kurslar) mevachilik, o‘rmonchilik, gulchilik, sabzavotchilik (ochiq va himoyalangan joylarda), kartoshkachilik va qo‘ziqorin yetishtirish yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qishadi. Kollej direktori Jon Mexlern va Teagasc agentligi taʼlim bo‘limi boshlig‘i Anna-Maria Batler tomonidan Irlandiyaning agrar yo‘nalishdagi kollejlari va Milliy botanika bog‘i bo‘yicha maʼlumot berildi.

👉Batafsil

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM