QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.1K subscribers
27.9K photos
2.86K videos
7 files
10.4K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
👍👍👍👍👍👍👍

Qovoqning xom yoki pishganligini qanday farqlash mumkin?

🎃Qovoqni pishish vaqtini bilish uchun ekilayotgan navning xususiyatlariga diqqat qilishingiz lozim. Xo‘sh, urug‘ning navi yoki xususiyatlarini bilish imkonsiz bo‘lganda nima qilish kerak?

🔍Unda qovoqning pishganligini tashqi ko‘rinishidan aniqlash mumkin. Agar bandi qurib, taxtasimon bo‘lib qolgan bo‘lsa, demak qovoq pishgan.

Barglarning rangi qochib, qurib boshlashi yoki sarg‘ayishi mumkin. Agar palak hali yashil, suvli bo‘lsa va barglarning rangi endi-endi qochayotgan bo‘lsa, hosilni yig‘ishtirishga hali erta.

Har kim bilishi mumkin bo‘lgan asosiy va muhim belgilar:

- Hosil yetilganda mevalarning rangi to‘yingan bo‘ladi;
- qovoq po‘stlog‘i zich, qattiq, jilosiz va barmoq bilan bosganda botmaydi;
- qo‘l bilan urganda pishgan qovoqdan jaranglagan ovoz chiqadi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ijro intizomini nazorat qiluvchi tizim. Platformaning ish samaradorligiga ta’siri qanday?

➡️Bugun Toshkent davlat agrar universitetida Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda universitetning mas’ul xodimlari ishtirokida "edo.ijro.uz" ijro intizomi yagona elektron tizimida ishlash samaradorligini oshirish, xodimlar malakasini oshirish va tizimdagi yangi imkoniyatlar yuzasidan amaliy o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Prorektor, dekan, boshqarma va bo‘lim boshliqlari hamda xodimlari qatnashgan ushbu seminarda "Unicon-soft" MCHJ bosh mutaxassisi J.Ziyaxo‘jayev "edo.ijro.uz" tizimida joriy etilgan yangi imkoniyatlar haqida batafsil tushuntirish berdi.

💬Ushbu tizim orqali ichki hujjatlar bilan ishlash, xodimlar nazorati, talabalar davomati va bilim - ko‘nikmalarini nazorat qilish, muassasadagi ichki intizomni barqarorlashtirish imkoniyatlari tahlil qilindi. Taklif va xulosalar tinglandi.

📌Shuningdek, tizimdagi hozirgi kamchiliklar ishtirokchi xodimlar tomonidan bildirib o‘tildi. "Unicon-soft" MCHJ bosh mutaxassisi fikrlarni tinglarkan, platformadagi keyingi rivojlantirish bosqichlarida aytib o‘tilgan tashabbuslar inobatga olinishini ma’lum qildi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Belarus Respublikasi bilan hamkorlik aloqalari kengayadi

Joriy yilning 3-4-iyun kunlari Qishloq xo'jaligi vaziri o‘rinbosari Q.Yuldashev boshchiligidagi Vazirlik delegatsiyasi Belarus Respublikasining Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan “Belagro-2024” xalqaro 34-ixtisoslashtirilgan xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi.

🔗Ko‘rgazmada Belarus Respublikasi agrosanoat majmuasining ilg‘or yutuqlari: qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi zamonaviy texnologiyalar, qishloq xo‘jaligi texnikasi, o‘simlikshunoslik, chorvachilik, baliqchilik, veterinariya, qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatidagi yutuqlar bilan tanishildi hamda Belarus Respublikasining yirik korxonalari bilan muzokaralar olib borildi.

💻Shuningdek, “Yagodka” fermer xo‘jaligining golubika ko‘chatlarini yetishtirish faoliyati bilan tanishildi hamda O‘zbekiston hududida golubika yetishtirish bo‘yicha tajriba ko‘rgazmali maydon yaratish loyihasi doirasida keyingi rejalar kelishib olindi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Туркия Республикаси Президенти Режеп Таййип Эрдоған Кенг қамровли стратегик шерикликни чуқурлаштириш тўғрисида қўшма декларацияни имзоладилар.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Турецкой Республики Реджеп Тайип Эрдоган подписали Совместную декларацию об углублении всеобъемлющего стратегического партнерства.

#Mirziyoyev #tashrif #Turkiya #hujjatlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X