Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sohada erishilgan yutuqlar hamda istiqboldagi rejalar belgilab olindi
🟢 Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida "Sabzavot, poliz va kartoshka ekinlari seleksiyasi, urug‘chiligi, mahsulot yetishtirishda zamonaviy, resurs-tejamkor va intensiv texnologiyalarni qo‘llashning ilmiy asoslari va istiqbollari" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
🟢 Anjumanda Qozog‘iston va Janubiy Koreyadan kelgan mutaxassislar, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ul xodimlari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda tizimdagi markazlar vakillari, ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy talim muassasalarining professor-olimlari, tadqiqotchi talabalar, agroklasterlar va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.
💬 Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov so‘zga chiqib, so‘nggi 3 yilda Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Namangan, Jizzax, viloyatlarida jami 5 ta ilmiy-tajriba stansiyalari tashkil etilib, ularning umumiy soni 10 taga, laboratoriyalar soni esa 14 taga yetkazilganini aytib o‘tdi.
▶️ Anjumanda ma’lum qilinishicha, institutda sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkaning 230 dan ortiq nav va duragaylari yaratilgan. Qishloq xo‘jaligi ekinlari Davlat reyestriga sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarining 32 ta ekin turi bo‘yicha 181 ta navi kiritilgan.
📌 Shuningdek, Intellektual mulk agentligida 14 ta nav patentlashtirilgan bo‘lib, jami 195 ta nav ishlab chiqarishga joriy etilgan.
➡️ Tadbir ishtirokchilari uchun foydali bo‘lgan ushbu anjumanda sohaga xorij tajribasini ommalashtirishning maqbul yo‘llari hamda kelgusida amalga oshiriladigan istiqbolli loyihalar belgilab olindi.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM