#Live
🟢 Ayni paytda Toshkent davlat agrar universitetida “Qishloq xo‘jaligi sohasida raqamli transformatsiya jarayonlarining ahamiyati” mavzusida seminar trening bo‘lib o‘tmoqda.
💬 Tadbirni kirish so‘zi bilan ochib bergan Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev seminardan ko‘zlangan maqsad va kelgusidagi rejalar haqida to‘xtalib o‘tish bilan birga AKT mutaxassislari oldida turgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda hamkorlikda ishlashning ahamiyati haqida so‘z yuritdi.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mevali bogʻlarda zararli organizmlarga qarshi kurash
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qaysi hududda eng koʻp baliq ovlangan?
📊 Dastlabki statistik maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2023-yilda 198,9 ming tonna baliq ovlangan.
📈 Baliq yetishtirish hajmi 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 7,3 ga oshgan.
🇺🇿 Hududlar kesimida 2023-yilda ovlangan baliq hajmi:
— Xorazm viloyati – 30,9 ming tonna;
— Toshkent viloyati – 27,1 ming tonna;
— Andijon viloyati – 21,7 ming tonna;
— Samarqand viloyati – 18 ming tonna;
— Namangan viloyati – 15,4 ming tonna;
— Jizzax viloyati – 15,1 ming tonna;
— Navoiy viloyati – 13,7 ming tonna;
— Fargʻona viloyati – 13,3 ming tonna;
— Qoraqalpogʻiston R. – 11,6 ming tonna;
— Buxoro viloyati – 11 ming tonna;
— Sirdaryo viloyati – 9,1 ming tonna;
— Surxondaryo viloyati – 6,9 ming tonna;
— Qashqadaryo viloyati – 5 ming tonna.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
— Xorazm viloyati – 30,9 ming tonna;
— Toshkent viloyati – 27,1 ming tonna;
— Andijon viloyati – 21,7 ming tonna;
— Samarqand viloyati – 18 ming tonna;
— Namangan viloyati – 15,4 ming tonna;
— Jizzax viloyati – 15,1 ming tonna;
— Navoiy viloyati – 13,7 ming tonna;
— Fargʻona viloyati – 13,3 ming tonna;
— Qoraqalpogʻiston R. – 11,6 ming tonna;
— Buxoro viloyati – 11 ming tonna;
— Sirdaryo viloyati – 9,1 ming tonna;
— Surxondaryo viloyati – 6,9 ming tonna;
— Qashqadaryo viloyati – 5 ming tonna.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qashqadaryo: islohotlar jadal sur’atlarda olib borilmoqda
📍 Xabar berganimizdek, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijadorligi bilan yaqindan tanishish maqsadida amaliy tashrif bilan Qashqadaryo viloyatida bo‘lib turibdi.
✅ Vazir tashrif lokatsiyasiga ko‘ra, "Hosildor Zamin" zamonaviy ko‘chatchilik ta’lim majmuasida bo‘ldi. Bu yerda yangiliklar yaratish borasida shart-sharoitlar yetarlicha va yutuqlar ham shunga yarasha. Vazir institutning ochiq maydon va issiqxonalardagi tajriba dalalarida amalga oshirilayotgan tadqiqotlar bilan tanishdi.
🌱 Ushbu majmua 4 gektar ochiq va 1 gektar yopiq ko‘chatxonalar, “in-vitro” laboratoriyasi va o‘quv markazidan iborat bo‘lib, bu yerda bir yilda 200 ming dona mevali daraxt va 100 ming dona tok ko‘chatlari, 200 ming dona mavsumiy gullar yetishtirish hamda yuzlab yoshlarga zamonaviy ko‘chatchilik sir-asrorlarini o‘rgatish imkoniyati yaratilgan.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutiga barqaror baliqchilikni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiluvchi zamonaviy uskunalar topshirildi
🌎 Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan, BMT Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamkorligida “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektorining “yashil iqtisodiyot”ga inklyuziv o‘tishini qo‘llab quvvatlash va iqlimga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi bilimlari va innovatsion tizimini rivojlantirish (EU-AGRIN)” loyihasi amalga oshirilmoqda.
🎉 Mana shunday ishlarning davomi o‘laroq, bugun baliq yetishtirishning barqaror amaliyotini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutiga zamonaviy anjom va uskunalarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Taqdim etilgan asbob-uskunalar baliqchilik xo‘jaliklaridagi suvning sifati va energiya samaradorligini oshirish orqali baliqlarning yashash sharoitlarini yaxshilashga xizmat qiladi.
🗣 Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Yangiyo’l tuman hokimligi vakillari va Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti tadqiqotchilari ishtirokidagi tadbirda so‘zga chiqqanlar baliqchilik tarmog‘i O‘zbekistonda oziq-ovqat ishlab chiqarishning muhim tarmog‘i hisoblanishi va ushbu tarmoq mamlakatimiz aholisini yuqori sifatli oqsil bilan oziqlantirishi orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlayotganini alohida ta’kidladi. Baliqchilik tarmog‘i esa, qishloq joylarida yangi ish o‘rinlari yaratish, shu orqali aholi farovonligini oshirishga xizmat qilishini qayd etdi.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM