Chigirtkalarga qarshi kurash taktikasi va usullari
✅ Hududlarda Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati xodimlarining malakasini oshirishga qaratilgan “Kavkaz va Markaziy Osiyoda milliy va mintaqaviy darajada chigirtkalarni nazorat qilishni takomillashtirish” loyihasi doirasida treninglar tashkil etilmoqda.
💬 Vohada faoliyati yuritayotgan mutaxassislar uchun ham Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida ana shunday o‘quv-seminari o‘tkazildi.
🗣 O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti olimlari bilan hamkorlikda BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining (FAO) mutaxassislari zamonaviy kurash choralari, bugungi kunda qo‘llanilayotgan yuqori samarali preparatlar, ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar natijasi bo‘yicha ma’lumot berishdi.
‼️ Mazkur o‘quv seminarlari har bir hududdagi mutaxassislarni qamrab olishi rejalashtirilgan. Bundan oldin nazariy va amaliy qismlardan iborat trening Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi Chigirtka va tut parvonasiga qarshi xizmatlari xodimlari uchun o‘tkazilgan edi.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qaysi hududda asal eng ko‘p yetishtirilgan?
🍯 Dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda O‘zbekistonda 15,6 ming tonna asal yetishtirilgan.
📈 Asal yetishtirish hajmi 2022-yilga nisbatan solishtirilganda 6,3 % ga oshgan.
🇺🇿 Respublikamiz hududlarida yetishtirilgan asal hajmi:
— Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 876,4 tonna;
— Andijon viloyati – 1,3 ming tonna;
— Buxoro viloyati – 2,4 ming tonna;
— Jizzax viloyati – 1,3 ming tonna;
— Qashqadaryo viloyati – 1,5 ming tonna;
— Navoiy viloyati – 1,2 ming tonna;
— Namangan viloyati – 1,2 ming tonna;
— Samarqand viloyati – 1,3 ming tonna;
— Surxondaryo viloyati – 954,9 tonna;
— Sirdaryo viloyati – 403,7 tonna;
— Toshkent viloyati – 599,2 tonna;
— Farg‘ona viloyati – 1,4 ming tonna;
— Xorazm viloyati – 1,2 ming tonna.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
🍯 Dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda O‘zbekistonda 15,6 ming tonna asal yetishtirilgan.
— Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 876,4 tonna;
— Andijon viloyati – 1,3 ming tonna;
— Buxoro viloyati – 2,4 ming tonna;
— Jizzax viloyati – 1,3 ming tonna;
— Qashqadaryo viloyati – 1,5 ming tonna;
— Navoiy viloyati – 1,2 ming tonna;
— Namangan viloyati – 1,2 ming tonna;
— Samarqand viloyati – 1,3 ming tonna;
— Surxondaryo viloyati – 954,9 tonna;
— Sirdaryo viloyati – 403,7 tonna;
— Toshkent viloyati – 599,2 tonna;
— Farg‘ona viloyati – 1,4 ming tonna;
— Xorazm viloyati – 1,2 ming tonna.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bulung‘urda 2000 gektar lalmi yerlar o‘zlashtiriladi
🟢 So‘nggi yillarda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, iste'mol bozorlarini sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan to‘ldirish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi mahalliy hokimliklar bilan birgalikda qator ishlarni amalga oshirilmoqda.
✅ Jumladan, Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumani “Zarafshon” agrofirmasi hududidagi 25 yil ilgari foydalanishda bo‘lgan 2000 gektarga yaqin maydonni “Farmontepa” nasos stansiyasi qurish orqali o‘zlashtirish belgilangan.
🥔 Loyihaning umumiy qiymati 20 mlrd so‘m bo‘lib, hududga kelgusida asosiy ekin sifatida kartoshkadan 60 ming tonna, takroriy maydonlarga ekiladigan dukkakli ekinlardan 4 ming tonna mahsulot olish ko‘zda tutilmoqda.
📈 Natijada 174 mlrd so‘mlik qo‘shilgan qiymat yaratilib, budjetga 21 mlrd so‘m qo‘shimcha tushum tushirilishiga erishiladi.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tomorqadan daromad olayotganlar ko‘paymoqda
✅Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida tomorqa yer maydonlarida tashkil etilgan issiqxonalarda sabzavot ekinlari ekib, ulardan daromad olishni niyat qilgan insonlar ko‘paymoqda.
➡️ Xususan, “G‘oyibon” mahallasida istiqomat qiluvchi Aktam Xafizov o‘z tomorqasida issiqxona tashkil etib, bulg‘or qalampiri, pomidor va bodring ekinlari ekish orqali mo‘maygina daromad topayotganlardan.
🟢 Tadbirkor qishning sovuq kunlarida ham yerdan unumli foydalanmoqda. Qiziq tomoni shundaki, issiqxonada ekinlarni sug‘orishda resurs tejovchi texnologiyalardan foydalanib kelinmoqda.
⚡️ Bu esa, o‘z navbatida ekinlarning bir maromda suv bilan ta'minlanishi hamda hosildorlikning oshishiga xizmat qiladi.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
✅Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida tomorqa yer maydonlarida tashkil etilgan issiqxonalarda sabzavot ekinlari ekib, ulardan daromad olishni niyat qilgan insonlar ko‘paymoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Baliqchilikda Uchqoʻrgʻon tajribasi oʻrganilmoqda
✅Davlatimiz rahbarining Andijon viloyatiga qilgan tashrifi davomida baliqchilik sohasiga aynan Uchqo‘rg‘on tajribasini joriy etish topshirig‘i berilgan edi.
📌Bugun mazkur topshiriqning ijrosi yuzasidan Andijon viloyati tumanlarida faoliyat yurituvchi hokimlar, hokim o‘rinbosarlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari uchun Namangan viloyati Norin tumanida joylashgan “Fishville Norin” masʼuliyati cheklangan jamiyatida seminar bo‘lib o‘tdi.
🔗 Seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad aynan daryo va kanal atroflarida baliqchilik xo‘jaliklarini tashkil etish tajribasini ommalashtirishdan iborat.
🔵 Ishtirokchilar dastavval “Fishville Norin” masʼuliyati cheklangan jamiyatida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishdi.
🔵 Shundan soʻng seminar ishtirokchilari Uchqo‘rg‘on tumanida joylashgan "Db group eco" masʼuliyati cheklangan jamiyatiga tashrif buyurib, xo‘jalikda tashkil etilgan jarayonlar bilan ham tanishishdi.
🐟 Mazkur baliqchilik xo‘jaligi 2019-yilda tashkil etilgan bo‘lib, xo‘jalikda forel baliqlari yetishtiriladi.
➡️ Xo‘jalik yopiq suv aylanma tizimi, inkubatsiya va qayta ishlash korxonasi va geomembranali havzalardan iborat 5 gektar maydonda joylashgan.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
✅Davlatimiz rahbarining Andijon viloyatiga qilgan tashrifi davomida baliqchilik sohasiga aynan Uchqo‘rg‘on tajribasini joriy etish topshirig‘i berilgan edi.
📌Bugun mazkur topshiriqning ijrosi yuzasidan Andijon viloyati tumanlarida faoliyat yurituvchi hokimlar, hokim o‘rinbosarlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari uchun Namangan viloyati Norin tumanida joylashgan “Fishville Norin” masʼuliyati cheklangan jamiyatida seminar bo‘lib o‘tdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM