QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14.7K subscribers
29.5K photos
2.92K videos
7 files
10.9K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Tuproq eroziyasi va unga qarshi kurashish

🌲 Tog‘ jinslarining, tuproqning yoki boshqa yuzalar butunligining va ularning fizik-kimyoviy xususiyatlarini parchalanib, buzilishi va yemirilishi eroziya deb ataladi.

❗️Eroziyaga uchragan maydonlarda tuproq qashshoqlashib, uning tarkibi buzilib, yaroqsiz yerlarga aylanib qoladi. Eroziyaga uchragan tuproqda hosildorlik 5-10 marotaba kamayib, har xil begona o‘tlar 2-4 marta ko‘payadi.

ℹ️ Doimo bir xil ekin ekilaversa tuproqning holati yomonlashib, ozuqa moddalar miqdori kamayib boraveradi. Tuproqdagi ozuqa moddalarni ko‘paytirish uchun mineral o‘g‘itlar ishlatiladi. Shu sababli almashlab ekishni joriy qilish hamda organik o‘g‘itlar solish tuproqning tarkibini yaxshilaydi va eroziya jarayoni sustlashadi.

Eroziyaga qarshi kurashishni agrotexnik usuli:
Agrotexnik usullarning asosiy vazifasi – dalalardagi suv oqimini kamaytirish (yerga ishlov berish yo‘nalishi va chuqurligini belgilash, chuqurchalar, uzlukli egatlar, kichik limanlar hosil qilish)ga qaratilgan bo‘lishi kerak. Bunda yer yuzasida paydo bo‘ladigan suv oqimining vujudga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ilg‘or agrotexnika usullarini qo‘llash, jumladan, yerni ag‘darib chuqur haydash zarur.

ℹ️ Bu tadbirlar:
– yonbag‘ir yerlarga bo‘ylama va ko‘ndalangiga chuqur ishlov berish;
– maxsus suvni ushlab qoluvchi (uzlukli, tirqishli, chuqurchali) egatlar hosil qilish;
– haydov qatlami chuqurligini oshirish;
– o‘g‘itlar kiritish;
– tuproqni ag‘darmasdan yumshatish;
– baland poyali ekinlarni yetishtirishni ko‘zda tutadi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro munosabatlar, investitsiya va innovatsiyalar

🟢Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida boshqaruv ishlarini samarali tashkil etish hamda tizim tashkilotlari bilan integratsiyani kuchaytirish maqsadida joriy yilning 13-fevral kuni “Statistik va tahliliy ma’lumotlarni sifatli tayyorlash va o‘zaro integratsiyani kuchaytirish” mavzusida Xalqaro hamkorlik va reytinglar boshqarmasi hamda Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish va innovatsiyalarni joriy etish departamenti boshchiligida o‘quv amaliy seminari o‘tkazildi.

Seminarda Tashqi ishlar vazirligi, Investiyalar, sanoat va savdo vazirligi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti, vazirlik tizim tashkilotlari hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi va viloyatlar Qishloq xo‘jaligi boshqarmalaridan 50 ga yaqin xodim ishtirok etdi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Андижон вилоятига ташриф буюрди. Ташриф дастурининг биринчи манзили “Асака текстиль” кластерининг тўқимачилик корхонаси бўлди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев прибыл в Андижанскую область. Первым пунктом в программе поездки стало предприятие текстильного кластера "Асака текстиль".

#Mirziyoyev #safar #Andijon #tuqimachilik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM