Istiqbol Umidlari: Agrar sohada yangi nomlar kashf etilmoqda
Bugun Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Istiqbol umidlari” tanlovining yakuniy final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Tanlov mamlakatimiz agrar sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarda yosh xodimlar va davlat xizmatchilarining faol ishtirokini taʼminlash maqsadida o‘tkazilmoqda.
Ushbu tanlov yuksak maʼnaviyatli, zamonaviy dunyoqarash va erkin fikrlash, ilm-fan yutuqlarini, innovatsion va ilgʻor texnologiyalarni amaliyotga samarali joriy etish salohiyatiga ega yangi avlod kadrlarini shakllantirishga qaratilgan kadrlar siyosatini izchil amalga oshirish hamda mamlakatimizda agrar siyosat va huquqiy sohalardagi oʻzgarishlar hamda erishilgan yutuqlar boʻyicha ularning sohaviy, siyosiy-huquqiy bilimlari va savodxonlik darajasini aniqlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Tanlovning final bosqichida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutining “Agrointellekt”, O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutining “Yosh karantinchilar”, “Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlil markazi” davlat unitar korxonasining “Zamin” va Surxondaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasining “Kreativ” jamoalari g‘oliblik uchun bahs olib borishmoqda.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live
✅ Ayni paytda InterContinental Tashkent-IHG (Trilliant) mehmonxonasida "O'zbekiston agrar oziq-ovqat sektorini rivojlantirishda hamkor tashkilotlar o'rtasida muvofiqlashtiruvchi yig'ilish" bo'lib o'tmoqda.
📌 Unda O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov, O'zbekistonning qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sektorini qo'llab-quvvatlashda faol ishtirok etayotgan yetakchi davlat tashkilotlari va xalqaro hamkor tashkilotlarning rahbarlari ishtirok etmoqda.

Hamkorlikning yangi bosqichi sari
Samarqand shahrida o’tkazilayotgan O’zbekiston-Belarus biznes forumi doirasida O’zbekiston-Belarus delegatsiyasi Samarqand viloyatining Toyloq tumanida joylashgan sut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi “Pure Milk” MCHJ korxonasiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida korxonada sutni qayta ishlash va sut mahsulotlari ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishildi. Shundan so’ng ushbu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari va kelajakda amalga oshiriladigan loyihalari taqdimoti bo’lib o’tdi.
Ta’kidlash kerakki ikki mamlakat o’rtasidagi do’stona hamkorlik aloqalari o’zining samarasini bermoqda. Joriy yilning o’n oyi yakunlariga ko’ra, o’zaro tovar ayirboshlash hajmi 500 million dollardan oshgani ham buning ifodasidir.
O’zbekiston-Belarus biznes forumi doirasida mahalliy va belorus tadbirkorlari o’rtasida B2B uchrashuvlari tashkil qilindi. Ushbu uchrashuvda qishloq xo’jaligi yo’nalishi bo’yicha 50 dan ortiq mahalliy va beloruslik 10 dan ortiq tadbirkorlar o’rtasida uchrashuv hamda yuzma-yuz muloqotlar bo’lib o’tdi.
Forum doirasida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi mahalliy korxona rahbarlari va beloruslik tadbirkorlar o’rtasida go’sht va sutni qayta ishlash, qandolat mahsulotlari, meva-sabzovotlar, vinochilik mahsulotlarini ishlab chiqarish yo'nalishlari bo’yicha muzokaralar olib borildi.
Uchrashuvda tomonlar o’zlarini qiziqtirgan yo’nalishlar bo’yicha fikr almashishdi. Jumladan, korxonalar ishlab chiqaradigan mahsulotlaring namunalari, prays listlari, assortimentlari, ishlab chiqarish quvvatlari, mahsulotlarni yetkazib berish va boshqa tegishli masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida taraflar kelgusida mahsulot etkazib berish bo’yicha shartnomalar imzolanishi bo’yicha kelishib olindi.

Konstitutsiya – kelajagimizning ishonchli kafolati
Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yillgi 10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Shu aziz Vatan barchamizniki” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari, Toshkent davlat agrar universiteti professor o‘qituvchilari, talabalar hamda tadbirga taklif etilgan mehmonlar ishtirok etishdi.
Bayram tadbirini Qishloq xo‘jaligi vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Eshmirza Abdualimov kirish so‘zi bilan ochib berar ekan, Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat barpo etish yo‘lida qo‘lga kiritilayotgan barcha yutuq va marralarimizning huquqiy poydevori – kelajagimizning ishonchli kafolati ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, tadbirda so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston Respublikasi madhiyasiga ham alohida to‘xtalib, madhiyamizning qalbida o‘z Vataniga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bor har qanday kishida milliy g‘urur, o‘ziga xos faxr, eng muhimi, yurtga mehr uyg‘otishini hamda bu milliy timsolda xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagi, shuningdek, ziynati, orzu-o‘ylari mujassam ekanligini ta’kidlab o‘tishdi.
Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda davom etdi. Toshkent davlat agrar universiteti talabalari tomonidan tashkil etilgan badiiy chiqishlar bayramga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
#konstitutsiya #bayram_tadbiri