QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14.9K subscribers
29.3K photos
2.89K videos
7 files
10.7K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Yomg‘irlatib sug‘orish – tejamkorlik asosi

Mamlakatimizda suv resurslaridan foydalanish mexanizmlarini tubdan isloh qilish, ulardan oqilona va samarali foydalanishni taʼminlash, iqtisodiyot tarmoqlarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, shuningdek, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Mana shunday ishlardan biri "Xorazm Pilla Xolding" pillachilik klasteri tomonidan amalga oshirildi. Xususan, klaster tomonidan Xorazm viloyati Urganch tumanidagi 4.7 gektar tutzorga tut ko'chatlarini hamda mavsumiy ekiladigan oraliq ekinlarni sug'orish maqsadida yomg'irlatib sug'orish inshooti o'rnatildi.

Loyiha qiymati har bir gektar uchun 25 million so'mni, umumiy qiymati esa, 117,5 million so'mni tashkil etib, mazkur loyiha korxonaning o'z mablag'lari evaziga amalga oshirilgan.

#yomgirlatib #sugorish #tejamkorlik

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Agrar sohada ilm – fanni yanada rivojlantirish masalalari muhokama etildi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov vazirlik huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markaz (AKIS)ga tashrif buyurdi.

Tashrif jarayonida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Milliy markaz boshqaruvi apparati xodimlari va tizimdagi ilmiy tadqiqot institutlari rahbarlari bevosita va Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan agroxizmatlar markazlari rahbarlari onlayn ishtirok etdi.

🔗 Vazir tugayotgan 2023-yilda atigi 5 nafar talabani grant sohibi bo‘lgani juda past ko‘rsatgich deb baholadi. Endilikda vazirlik tizimidagi 20 ga yaqin ilmiy - tadqiqot institutlaridan 200 nafar yoshni chetda o‘qitish bo‘yicha “yo‘l haritasi” ishlab chiqishga doir topshiriq berdi.

Binobarin, markaz faoliyatini tubdan isloh qilish maqsadida, vazir Ibrohim Abdurahmonov tomonidan markazda tayinlovlar amalga oshirildi.

🗞 Shundan so‘ng vazir tizimdagi ilmiy-tadqiqot institutlari va hududiy agroxizmatlar markazlari- “AKIS”larning moddiy texnik ba’zasini yaxshilash, kadrlar masalasi va bino-inshootlar rekonstruksiyasini oxiriga yetkazish ishlariga to‘xtalib o‘tdi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

Otajonov Shuxrat Ibrayimjonovich
- O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning tegishli buyrug‘iga asosan Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy Markazi (AKIS) Bosh direktori lavozimiga tayinlandi.

Shuxrat Otajonov fan doktori, professor maqomiga ega.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

Bo‘riyev Zabardast Tojibayevich –
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning tegishli buyrug‘iga asosan Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy Markazi (AKIS) Bosh direktorining Ilm-fan va innovatsiyalar bo‘yicha maslahatchisi (jamoatchilik asosida) lavozimiga tayinlandi.

Zabardast Bo‘riyev fan doktori, professor maqomiga ega.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

Mamaraximov Bunyod Ikromovich –
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning tegishli buyrug‘iga asosan Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy Markazi direktori o'rinbosari (Ilmiy taqdiqotlar majmuasi rahbari) lavozimiga tayinlandi.

Bunyod Mamaraximov
fan doktori, professor maqomiga ega.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
TUPROQ VA SUV – YERDAGI HAYOTNING ASOSI

Bugun poytaxtimizdagi Frankfurt mehmonxonasida 5-dekabr— Butunjahon tuproq kuni munosabati bilan “Tuproq degradatsiyasining oldini olishning innovatsion texnologiyalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti hamkorligida tashkil etildi.

Respublika ilmiy-amaliy seminarini O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Azimjon Nazarov kirish so‘zi bilan ochib berar ekan mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar, xususan, tuproqlar muhofazasi, yerlar degradatsiyasi, sho‘rlanish, cho‘llanish kabi masalalar haqida o‘z fikr mulohazalarini bildirish bilan bir qatorda tadbir ishtirokchilarini ushbu sana bilan samimiy qutladi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va Qonunchilik palatasi, tegishli vazirlik va idoralar vakillari, shuningdek, olimlar, tadqiqotchilar, milliy va xorijiy tuproqshunos mutaxassislar tuproq va suv resurslarini barqaror boshqarish, eroziya hamda tuproq degradatsiyasiga qarshi kurashning zamonaviy usullari, neytral muvozanatni saqlash, yer degradatsiyasi, shuningdek, boshqa dolzarb masalalar bo‘yicha ma’ruzalar qildilar.

Seminar davomida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan 5-dekabr- Butunjahon tuproq kuni munosabati bilan tuproqshunoslikda ko‘p yillik samarali faoliyati davomida soha rivojiga qo‘shgan munosib xizmatlari uchun bir guruh soha xodimlari sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatiga bag‘ishlangan 2 ta videofilm namoyish etildi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida o‘zbek va rus tillarida sirtqi ta’lim shaklida o‘qishni istaganlar uchun qabul joriy yilning 22-dekabr kuniga qadar davom etadi!

🎓 Universitetning quyidagi yo‘nalishlarida o‘z bilim va ko‘nikmalaringizni yanada oshirishingiz mumkin:

➡️ Agroiqtisodiyot;
➡️ Agrologistika;
➡️ Oziq-ovqat xavfsizligi;
➡️ Aqlli qishloq xo‘jaligi.

🤔 Universitet o‘z bitiruvchi talabalariga nimalarni taklif qiladi?

➡️ Britaniya mashxur ta’lim tizimi;
➡️ Nufuzli davlat universiteti diplomi;
➡️ Qulay ta’lim grafiki;
➡️ Chuqurlashtirilgan ingliz tili darslari.

📌 RO‘YXATDAN O‘TING!

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM