QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.1K subscribers
27.6K photos
2.85K videos
7 files
10.4K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev Dubay shahrida o‘tayotgan BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha 28-konferensiyasi ishtirokchilari bilan birgalikda suratga tushdi hamda yetakchilar bilan global sammit ochilishiga yo‘l oldi.

#repost #Prezident #iqlim_ozgarishi

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Asal bayrami"ga start berildi

Bugun, qishning ilk kuni bo'lmish 1-dekabr kuni  poytaxtimizdagi “Anhor-Lokomotiv” parkining markaziy hududida “Asal bayrami”ga start berildi.

1—10- dekabr kunlari bo'lib o'tadigan "Asal bayrami"da Respublikamizning barcha hududlaridan 400 dan ortiq asalarichilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi subyektlar hamda xorijiy mehmonlar ishtirok etishmoqda. Ular orasida Rossiya Federatsiyasi, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti(FAO) hamda Qurg‘oqchil mintaqalarda qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari xalqaro markazi (ICARDA)dan kelgan vakillar bor.

🍯🍯🍯

Стартовал праздник мёда!

Сегодня, 1 декабря, в первый день зимы в центральной зоне парка «Анхор-Локомотив» нашей столицы стартовал праздник мёда.

В «Медовом фестивале», который пройдет 1-10 декабря, принимают участие более 400 субъектов, производящих продукцию пчеловодства, в том числе иностранные гости со всех регионов нашей республики. Среди них представители Российской Федерации, Казахстана, Кыргызстана, Таджикистана, Продовольственной и сельскохозяйственной организации Объединенных наций (ФАО) и Международного центра сельскохозяйственных исследований в засушливых регионах (ИКАРДА).

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🤝🇷🇺 O‘zbekiston-Rossiya hamkorligidagi eng yirik loyihalardan biri “BMB-NRC Agrologistics” agrologistika markazi hisoblanadi.

📍Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida bunyod etilgan majmuaning umumiy loyiha qiymati 709,71 mlrd. so‘mni tashkil etadi. Korxona to‘liq ishga tushirilgach 810,0 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish imkonini beradi.

Eng muhimi, hozirning o‘zidayoq 180 nafar doimiy, 400 nafardan ziyod mavsumiy ish o‘rinlari yaratilgan bo‘lib, to‘liq quvvatda ishga tushirilgach, 1 410 nafar doimiy, 1500 ga yaqin mavsumiy ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.

Shubhasiz, “BMB-NRC Agrologistics” qo‘shma korxonasi mamlakatimiz eksport salohiyatini yuksaltirib, iqtisodiy taraqqiyotining rivojiga, xalqimiz farovonligining oshishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shadi


🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

Ahatqulov Bahriddin Matlabovich – O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning tegishli buyrug‘iga asosan Vazir yordamchisi lavozimiga tayinlandi.

Bahriddin Ahatqulov 1990-yil Samarqand viloyati, Urgut tumanida tug‘ilgan.

Tayinlovga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining yordamchisi lavozimida faoliyat olib borgan.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Babadjanov Furkat Axmedovich- O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning tegishli buyrug‘iga asosan Yig‘ma axborot-tahlil bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Furqat Babadjanov 1988-yilda Toshkent shahrida tug'ilgan

Tayinlovga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Axborot-tahlil bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Paxtachilikda xorijiy urug‘lar sinab ko‘riladi

Bugungi kunda mamlakatimizda paxta hosildorligini oshirish, kasalliklarga chidamli va dunyo bozorida talabgir bo‘lgan momiq yetishtirishga alohida e’tibor qaratilayotgani rost. Bu borada olimlar va ilmiy-tekshirish instituti ilm ahli ishlanmalariga keng o‘rin berilayotir. Maqsad aniq: mamlakatimiz dalalarida parvarish topayotgan paxta ham fermerga, ham klasterga birdek manfaat bersin.

Bu borada qator uchrashuvlar, muzokara va amaliy uchrashuvlar bo‘layotgani ham fikrimiz dalilidir. Andijon viloyatiga xizmat tashrifi bilan kelgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning xitoylik investorlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida shular haqida so‘z bordi.

Li Go Dong boshchiligidagi “Tian Jiao Hong An” kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiya, dastavval tashrif maqsadi va loyihalar ko‘lami borasida ma’lumot taqdim etishdi. 2024-yildan e’tiboran Andijon viloyati Oltinko‘l tumani hududida 400 gektar yerga qalampir ekish shartnomasi bor. Unga ko‘ra, 200 gektar yerga xitoylik investorlar, 200 gektarga esa mahalliy fermerlar achchiq va shirin qalampir ekadilar. Tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etiladi. Natijada gektaridan 8 tonna hosil olish ko‘zlanmoqda.

Bundan tashqari XXR tadbirkorlik subyektlari O‘zbekiston paxtachiligiga ham sarmoya kiritish niyatida ekanligi bildirildi. Buning uchun Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom okrugining Qashqar va Oqsuv hududlari iqlimida sinovdan o‘tgan urug‘larni taqdim etish mumkinligi aytildi.

Vazir Ibrohim Abdurahmonov mehmonlar bilan muloqotga kirishar ekan, dastavval har bir urug‘ning kasalligi, urug‘ga nisbatan intellektual mulk talabi bo‘lmasligi lozimligini qayd etdi. Agar genetik o‘zgartirilgan nav bo‘lsa, bu haqida ham ma’lumot berib o‘tish maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi. Boisi, bugugi kunda O‘zbekiston olimlarining Xitoylik hamkasblari bilan amaliy muloqotlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, har bir urug‘ borasida ma’lumot, aniq tushuncha bor.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM