QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.5K subscribers
27.3K photos
2.83K videos
7 files
10.3K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
“ISTIQBOL UMIDLARI” TANLOVINING HUDUDIY BO‘LINMALAR RESPUBLIKA SARALASH BOSQISHI O‘TKAZILDI

Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlar, oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda vazirlikning hududiy bo‘linmalarda faoliyat yuritayotgan 35 yoshdan oshmagan yosh xodimlar va davlat xizmatchilaridan tashkil torgan jamoalar o‘rtasida “Istiqbol umidlari” tanlovining respublika saralash bosqishi o‘tkazildi.

Mazkur tanlovning respublika saralash bosqichida 6 ta jamoa ishtirok etdi.

🏆 Hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra, Samarqand viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasidan “Liderlar” jamoasi 🥇 1-o‘rin, Sirdaryo viloyatining Qishloq xo‘jaligi boshqarmasining “Kelajak liderlari” jamoasi 🥈 2-o‘rin, Andijon viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasining “Kelajak umidlari” jamoasi 🥉 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Qiziqarli savol-javoblarga boy bo‘lgan tanlovda ishtirok etgan jamoalarga maxsus diplomlar topshirilgan bo‘lsa, faol qatnashgan jamoalar tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligida bo‘lib o‘tgan tanlovning navbatdagi hududiy bo‘linmalarining respublika saralash bosqichida ikkita g‘olib jamoa Samarqand viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasidan “Liderlar” va Surxondaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasining “Kreativ” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Bahs-munozalarga boy bo‘lgan ushbu turda ikki jamoa vakillari tanlov nizomidagi 3 shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
Tanlov so‘ngida hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra, Surxondaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasining “Kreativ” jamoasi 🏆g‘olib deb topilib, yakuniy final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘lgan tanlovning ushbu bosqichida o‘z bilimlarini, aqliy salohiyatlarini namoyon qilgan 2 ta jamoa vakillari Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlanishdi.

#musobaqa #istiqbol_umidlari

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI ENSIKLOPEDIYASI YARATILADI

📆Joriy yil 7-iyulda davlatimiz rahbarining “Agrar sohada ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida 2023-2024-yillar mobaynida “Qishloq xo‘jaligi terminlarining izohli lug‘ati”ni va “Qishloq xo‘jaligi ensiklopediyasi”ni Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan nashr qilish va ularning elektron variantlarini tayyorlash vazifasi belgilangan edi.

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 7-noyabrdagi “Qishloq xo‘jaligi terminlarining izohli lug‘ati”ni nashr qilish hamda “Qishloq xo‘jaligi ensiklopediyasi” loyihasini tayyorlash bilan bog‘liq chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 233-son buyrug‘i qabul qilindi. Mazkur sohaviy qomus loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha vazirlik tizimidagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan 154 nafar ilmiy va ilmiy-pedagog, olim va mutaxassis xodimlardan iborat Ishchi guruh ro‘yxati shakllantirildi.

Shu munosabat bilan Qishloq xo‘jaligi vazirining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yisha maslahatchisi Eshmirza Abdualimov rahbarligida “Qishloq xo‘jaligi ensiklopediyasi” loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha Ishchi guruh a’zolari ishtirokida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ensiklopediyasiga kiritiluvchi ma’lumotlar, so‘z (atama)lar haqidagi matnlarga qo‘yiladigan talablar, unga kiritiladigan maqolalarni tayyorlashda tizimdagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining o‘zaro uzviy va muvofiqlashgan faoliyatini tashkil etish, belgilangan reja asosida bajariladigan
ish hajmlari va ularning ijro muddatlari batafsil ko‘rib chiqildi.

#ensiklopediya #izohli_lugat #qishloq_xojaligi

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
New Holland Combi DSC 8670 kombayni— "AGRITECHNICA-2023" g'olibi

Germaniyaning Gannover shahrida bo'lib o'tgan "AGRITECHNICA-2023" xalqaro qishloq xo'jaligi ko'rgazmasida qabul qilingan 218 ta arizadan yetakchi xalqaro qishloq xo'jaligi muhandisligi va innovatsiyalari uchun moʻljallangan mukofotlar paneli doirasida bitta oltin va 17 ta kumush medallar g'oliblari e'lon qilindi.

O'zida innovatsiyalarni mujassamlashtirgan, zamonaviy talablarga toʻliq javob beruvchi New Holland Combi DSC 8670 gʻalla oʻrish kombayni ko'rgazmaning 🥇 oltin medaliga sazovor bo'ldi.

Taqdirlash marosimida ushbu kombaynning texnik xususiyatlari hamda qishloq xo'jaligiga qanday innovatsion yechimlar taklif etganligiga ham to'xtalib o'tildi. Xususan, mazkur kombayn New Holland konsernining brendi bo‘lib, ikkita CR eksenel rotori yangi kombaynning umumiy konsepsiyasidir.

🚜New Holland yangi CR kombaynining umumiy konsepsiyasini ishlab chiqishda asosiy e’tibor barcha cheklovlarga rioya qilgan holda maksimal quvvat zichligiga erishishga qaratildi.

New Holland korpusining har ikki tomonida korpus va shassi o‘rtasida haydovchilar uchun joy yo‘q. Bo‘sh joy xirmon kanalini kengaytirish va shu bilan kombaynning nominal texnik quvvatini oshirish uchun ishlatiladi.

Marosimda ta'kidlanganidek, ptentli tozalash tizimi ham 13 foizga kengaytirildi va bunkerga don oqimi optimallashtirilgan, bosim sensori asosidagi boshqaruv tizimi dinamik bosimni o‘lchaydi va shu tariqa don massasini oldingi va orqa yuqori elakka alohida taqsimlaydi.

Somonni maydalash va tarqatish texnologiyasi kameraga asoslangan boshqaruv tizimiga ega bo‘lib, u kombaynning energiya samaradorligini oshiradi va vaznni optimallashtiruvchi dizayn tufayli mashinaning og‘irligini deyarli doimiy ushlab turadi.

Marosim so'ngida bu kabi yangi, innovatsion texnologiyalar qishloq xo'jaligida samaradorlikni oshirishga, isrofgarchilikni kamaytirishga hamda resur tejamkorligiga hissa qo'shishi ta'kidlab o'tildi.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlarning muammolari o‘rganildi

Jamiyatning eng katta taʼsirchan kuchi sifatida bugun yurtimiz yoshlari davlatimizda olib borilayotgan keng islohotlar jarayonida faol ishtirok eshitmoqda, vatanimiz taraqqiyotini taʼminlash yo‘lida o‘z g‘oya va takliflari bilan maydonga chiqmoqda.

🖥Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan ham yoshlar bandligi va bu orqali ularning daromad topishlarini ta’minlash borasida bir qator amaliy choralar olib borilmoqda.

📝Jumladan, joriy yilning 18-noyabr kuni Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Bunyod Oxunov o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashish maqsadida Toshkent viloyatining Angren shahriga tashrif buyurdi.

Shu maʼnoda ularning orzu-intilishlari va hayotiy maqsadlarini amalga oshirish, mustahkam qanot bo‘lish bugungi kundagi katta va hayotiy maqsadga aylanmog‘i lozim.

#Angren #yoshlar #muammo

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KUZGI DARAXT EKISH MAVSUMI DAVOM ETMOQDA

📆 2021-yil noyabr oyida “Yashil makon” umummilliy loyihasi va Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yil 25-oktyabrdan 1-dekabrgacha “kuzgi daraxt ekish mavsumi”ning e’lon qilinishi “yashil” yo‘nalish O‘zbekistonda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligidan dalolat beradi.

🌳 Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi uzumchilik, bog‘dorchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari ezgu maqsad yo‘lida, tabiatni asrab qolishga oz bo‘lsada o‘z hissalarini qo‘shish maqsadida manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishmoqda. Umumiy hisobda 350 dan ortiq manzarali daraxtlar xodimlar tomonidan o'tqazilmoqda.

🌲 Institut xodimlari ekayotgan mojjevelnik, kipares navli, manzarali daraxt ko'chatlari o'zidan yuqori darajada kislorod chiqaribgina qolmay, atrof muhit go'zalliga ham o'z hissasini qo'shadi.

Ta’kidlash kerak, loyiha doirasida belgilangan maydonlarga manzarali, mevali ko‘chatlarini har bir hududning tuproq-iqlim, suv ta’minotidan kelib chiqib ekish va agrotexnika tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha seminarlar tashkil etilib, tavsiyalar va takliflar berilmoqda.

#yashil_makon #daraxt_ekish #kuz

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM