QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.5K subscribers
27.4K photos
2.83K videos
7 files
10.3K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
😇🥰 😇🥰🥰🥰😇

🍫SHOKOLADLI UZUM (AKEBIA)

🍇Akebia shokoladli tok, besh bargli shokoladli tok yoki besh bargli akebiya sifatida tanilgan. Vatani — Yaponiya, Xitoy, Koreya. AQSHning sharqiy qismida Jorjiya, Michigan, Massachusetsgacha bo‘lgan hududlarda o‘sadi. Akebia ko‘pincha tepaliklarda, to‘siqlarda, daraxtlarda, o‘rmon chetlari, daryolar bo‘yida va tog‘ yonbag‘irlarida o‘sadi.

Akebia doimiy yashil buta bo‘lib, bo‘yi 10 metrgacha yetadi. Barglari uchida tishli beshta ellips murakkab shaklda joylashgan.

Poyalari yasmiqsimon kulrang-jigarrang rangda. Gullari shokolad hidli. Mevalar kolbasa shaklidagi dukkaklar bo‘lib, meva eti iste’mol qilinadi.

Meva tarkibining shirin yuza qismi mavjud bo‘lib, asosan Yaponiyada iste’mol qilinadi. Biroz achchiq ta’mga ega qobig‘i ziravor sifatida ishlatiladi. Poyalari savat to‘qishda ishlatiladi.

O‘simlik poyasida taxminan 🥰😇 foiz kaliy tuzlari mavjud bo‘lib, diuretik ta’sirga ega

Bu mevalar ta’mi malinanikiga o‘xshab ketadi, ammo yoqimli shokolad aromasiga ega, shuning uchun bu mevalar shokolodli uzum deyiladi.

#bu_qiziq #uzum #shokolodli_uzum

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
20-noyabrdan 26-noyabrgacha ob-havo ma'lumoti
 
☀️ 20-noyabrdan boshlab
Quyosh chiqishi – 07:18
Quyosh botishi – 16:59
 
🌔 O‘sayotgan oy: 20–26-noyabr
 
Geomagnit faollik: Hafta davomida kuchsiz geomagnit to‘lqinlar bo‘ladi (Kp-indeks: 3-2-4-4-3-3-2).
 
Ultrabinafsha nurlari ko‘rsatkichi:
Hafta davomida kuchsiz daraja (1-2 ball) bo‘lishi kutilmoqda.
 
Havoning namligi:
20-noyabr – 65%; 21-noyabr – 42%; 22-noyabr – 65%; 23-noyabr – 65%; 24-noyabr – 49%; 25-noyabr – 47%; 26-noyabr – 46%.
 
🌧 Haftalik ob-havo haqida qisqacha:
O‘zbekistonning ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 22-27° iliq bo‘ladi.
 
🏔 Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarining ba’zi joylarida yog‘ingarchilik (yomg‘r, qor), kuchli bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
 
📌 Dehqon va fermerlar uchun tavsiyalar:
Ob-havoning iliq kelishi natijasida issiqxonalarni qish mavsumiga maksimal darajada tayyorlash ishlari amalga oshiriladi.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Погодные явления с 20 ноября по 26 ноября
 
☀️ С 20 ноября
Восход – 07:18
Закат – 16:59
 
🌔 Растущая луна: 20 ноября–26 ноября
 
Геомагнитная активность:
Cлабыe геомагнитные возмущения в течение недели (Кп-индекс: 3-2-4-4-3-3-2).
 
Ультрафиолетовый индекс:
Всю неделю ожидается слабый уровень (1-2 балл).
 
Влажность воздуха:
20 ноября – 65%; 21 ноября – 42%; 22 ноября – 65%; 23 ноября – 65%; 24 ноября – 49%; 25 ноября – 47%; 26 ноября – 46%.
 
🌧 Еженедельная сводка погоды:
В некоторых регионах Узбекистана пройдут дожди. Восточный ветер изменит направление и будет дуть с запада со скоростью 7-12 м/с, местами может наблюдаться пыль и пыль. Температура воздуха ночью составит 7-12° тепла, днем - 22-27° тепла.
 
🏔 Осадки (дождь, снег) могут быть обильными в некоторых районах предгорий и горных районов республики. Восточный ветер меняет направление и дует с запада со скоростью 7-12 м/с. Температура воздуха ночью составит 3-8° тепла, днем - 13-18° тепла.
 
📌 Рекомендации для фермеров и дехкан:
В результате прихода теплой погоды теплицы максимально готовятся к зимнему сезону.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“YURT BAYROG‘I – MILLAT IFTIXORI”

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida Davlat 🇺🇿 bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalar xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Eshmirza Abdualimov so‘zga chiqib, mamlakat va jamiyat taraqqiyoti hamda uning barqarorligida davlat ramzlarining, jumladan, davlatimiz bayrog‘ining alohida ahamiyati va o‘rni, O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 7-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonuni to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

🖥 Tadbirda, shuningdek, bayrog‘imiz tarixi, uning ramziy belgilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan “Yurt bayrog‘i – millat iftixori” mavzusida tayyorlangan taqdimotda tadbir ishtirokchilariga qiziqarli axborot va ma’lumotlar berildi.

#bayroq #tadbir #bayram

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“ISTIQBOL UMIDLARI” TANLOVINING HUDUDIY BO‘LINMALAR RESPUBLIKA SARALASH BOSQISHI O‘TKAZILDI

Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlar, oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda vazirlikning hududiy bo‘linmalarda faoliyat yuritayotgan 35 yoshdan oshmagan yosh xodimlar va davlat xizmatchilaridan tashkil torgan jamoalar o‘rtasida “Istiqbol umidlari” tanlovining respublika saralash bosqishi o‘tkazildi.

Mazkur tanlovning respublika saralash bosqichida 6 ta jamoa ishtirok etdi.

🏆 Hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra, Samarqand viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasidan “Liderlar” jamoasi 🥇 1-o‘rin, Sirdaryo viloyatining Qishloq xo‘jaligi boshqarmasining “Kelajak liderlari” jamoasi 🥈 2-o‘rin, Andijon viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasining “Kelajak umidlari” jamoasi 🥉 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Qiziqarli savol-javoblarga boy bo‘lgan tanlovda ishtirok etgan jamoalarga maxsus diplomlar topshirilgan bo‘lsa, faol qatnashgan jamoalar tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligida bo‘lib o‘tgan tanlovning navbatdagi hududiy bo‘linmalarining respublika saralash bosqichida ikkita g‘olib jamoa Samarqand viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasidan “Liderlar” va Surxondaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasining “Kreativ” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Bahs-munozalarga boy bo‘lgan ushbu turda ikki jamoa vakillari tanlov nizomidagi 3 shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
Tanlov so‘ngida hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra, Surxondaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasining “Kreativ” jamoasi 🏆g‘olib deb topilib, yakuniy final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘lgan tanlovning ushbu bosqichida o‘z bilimlarini, aqliy salohiyatlarini namoyon qilgan 2 ta jamoa vakillari Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlanishdi.

#musobaqa #istiqbol_umidlari

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI ENSIKLOPEDIYASI YARATILADI

📆Joriy yil 7-iyulda davlatimiz rahbarining “Agrar sohada ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida 2023-2024-yillar mobaynida “Qishloq xo‘jaligi terminlarining izohli lug‘ati”ni va “Qishloq xo‘jaligi ensiklopediyasi”ni Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan nashr qilish va ularning elektron variantlarini tayyorlash vazifasi belgilangan edi.

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 7-noyabrdagi “Qishloq xo‘jaligi terminlarining izohli lug‘ati”ni nashr qilish hamda “Qishloq xo‘jaligi ensiklopediyasi” loyihasini tayyorlash bilan bog‘liq chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 233-son buyrug‘i qabul qilindi. Mazkur sohaviy qomus loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha vazirlik tizimidagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan 154 nafar ilmiy va ilmiy-pedagog, olim va mutaxassis xodimlardan iborat Ishchi guruh ro‘yxati shakllantirildi.

Shu munosabat bilan Qishloq xo‘jaligi vazirining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yisha maslahatchisi Eshmirza Abdualimov rahbarligida “Qishloq xo‘jaligi ensiklopediyasi” loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha Ishchi guruh a’zolari ishtirokida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ensiklopediyasiga kiritiluvchi ma’lumotlar, so‘z (atama)lar haqidagi matnlarga qo‘yiladigan talablar, unga kiritiladigan maqolalarni tayyorlashda tizimdagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining o‘zaro uzviy va muvofiqlashgan faoliyatini tashkil etish, belgilangan reja asosida bajariladigan
ish hajmlari va ularning ijro muddatlari batafsil ko‘rib chiqildi.

#ensiklopediya #izohli_lugat #qishloq_xojaligi

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM