Aholini sifatli sut va go‘sht mahsulotlari bilan ta’minlash muhim vazifa
🐄 Chorvachilik tarmog‘ini jadal rivojlantirish xalqimizni arzon va sifatli go‘sht hamda boshqa oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, ayniqsa, qishloq joylarida istiqomat qilayotgan fuqarolarning bandligini oshirish va daromadlarini ko‘paytirishda muhim o‘rin tutadi.
🏫 Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumanidagi “Mexnat Roxat” X/K ga qarashli chorvachilik hamda baliqchilikka ixtisoslashgan kompleks ham ayni shu maqsadlarni olg‘a surayotgan korxonalardan biri.
✅ Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning navbatdagi tashrifi ham aynan shu lokatsiyada bo‘lgani ham bejiz emas.
🥛 Korxona asosan sut va go‘sht ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Ushbu majmuada 647 bosh “Simmental” zotli qoramol parvarishlanmoqda. Yillik ishlab chiqarish hajmi 810 tonna sut va 105 tonna go‘shtni tashkil etadi. Korxonaga tegishli 2 gektar maydon baliqchilik uchun ajratilgan.
🐟 Ulkan maqsadlarni ko‘zlagan mazkur korxonada asosan “Oq amur” baliqlari yetishtirilmoqda. E’tiborlisi, xo‘jalik bir yilda 15 tonna baliq mahsulotlarini yetishtirib, mahalliy bozorga sotuvga chiqarmoqda.
⏩ Vazir korxonani ko‘zdan kechirar ekan, o‘z navbatida fermer xo‘jaliklarining fikr va mulohazalarini tinglab, xalqimizning chorvachilikni rivojlantirish borasidagi tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, import o‘rnini bosuvchi va eksportbop chorva mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashni yanada rag‘batlantirish, pirovardida aholi farovonligini yuksaltirish va daromadlarini ko‘paytirish va aholini sifatli go‘sht va sut mahsulotlari bilan ta’minlashda zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini keng tatbiq etish, masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.
#agrar #vazir #ibaliqchilik #chorvachilik #surxondaryo
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram
#agrar #vazir #ibaliqchilik #chorvachilik #surxondaryo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘ptarmoqli tadbirkorlik rivoj topmoqda
🐓Tovuq – yetti xazinaning biri, deb bejizga aytishmaydi. Tovuq nafaqat tuxumi, balki go‘shti bilan ham oilalarga baraka olib kiradi. Shu bois ham hozirda davlatimizda parrandachilikka ixtisoslashtirilgan korxonalarning sonini yana-da ko‘paytirish, ularning rivojlanishi uchun imkoniyat va sharoitlar yaratib berishga harakat qilinmoqda.
🌍 Xususan, Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Niyozov Abulqosim” x/k ham mana shunday imkoniyat va imtiyozlardan foydalanib rivojlanayotgan korxonalardan biri. Ushbu korxonada 45 ming bosh parranda mavjud bo‘lib, yiliga 6 mln dona tuxum yetishtirilmoqda.
📍 Vazirning navbatdagi ushbu tashrif obyekti aynan shu manzilga belgilandi.
📌 Bugun mamlakatimizdagi qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat olib borayotgan korxona, tashkilotlar yanada ko‘proq mahsulot ishlab chiqarish va yuqori samaradorlikka erishish uchun xorijning eng so‘nggi texnologiyalarini olib kelib, ulardan foydalanishmoqda. Ushbu texnologiyalarning afzalligi shundaki, ular avtomatlashtirilgan bo‘lib, tovuqlarga beriladigan ozuqadan tortib, tuxumlar sifatli va foydalilik xususiyatini saqlagan holda yetishtirilgungacha barchasi kompyuter nazorati ostida amalga oshiriladi.
⏩ Navbatdagi lokatsiya mazkur korxonaga yondosh hududda joylashgan “Qumtex invest” Q/K MChJ bo‘ldi.
✅ 12 gektar yer maydonida barpo etilayotgan korxona tez fursatlarda ishga tushishi belgilangan. Tadbirkorning o‘z mablag‘lari hisobidan qurilayotgan majmua ishga tushgach 1150 nafar surxonlik yigit-qizlarni ish ta’minlaydi.
⏺ Bu yerda vohaning ingichka tolali paxta navidan tayyorlangan eng sifatli kiyim-kechak mahsulotlari nafaqat milliy bozorni, balki Yevropaning eng nufuzli supermarketlar tarmog‘ini to‘ldirishi shubhasiz.
#agrar #vazir #qurilish #surxondaryo
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram
🐓Tovuq – yetti xazinaning biri, deb bejizga aytishmaydi. Tovuq nafaqat tuxumi, balki go‘shti bilan ham oilalarga baraka olib kiradi. Shu bois ham hozirda davlatimizda parrandachilikka ixtisoslashtirilgan korxonalarning sonini yana-da ko‘paytirish, ularning rivojlanishi uchun imkoniyat va sharoitlar yaratib berishga harakat qilinmoqda.
#agrar #vazir #qurilish #surxondaryo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston va Yaponiya: hamkorlikning yangi bosqichlari
✅ Joriy yilning 13-noyabr kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori va Yaponiya Qishloq xo‘jaligi milliy ilmiy markazi (NARO) O‘simliklar genetik resurslari Genbanki direktori o‘rinbosari doktor Komoto Natuo o‘rtasida qishloq xo‘jaligidagi hamkorlikning yangi bosqichi hamda sabzavotchilik sohasida innovatsion loyihalarni amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
📌Aytish kerakki, keyingi yillarda qishloq xo‘jaligida zamonaviy ilg‘or tendensiyalarni amalga oshirish va sohaga bozor mexanizmlarini joriy etish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Tashkil etilgan bugungi uchrashuv ham so‘zimiz ayni isboti.
⏺ Unda, O‘zbekistonda sabzavot, poliz va kartoshka yetishtirishning ilmiy asoslangan zamonaviy, yanada samarali resurs tejamkor agrotexnologiyalarni qo‘llash hamda eksportbop elita nav va duragaylarni yaratish, shuningdek, ularning urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish orqali ishlab chiqarishga joriy qilish, o‘simliklar genetik resurslarini ekspeditsiyalar asosida yig‘ib olish, saqlash va seleksiya uchun kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish borasida fikrlar almashildi.
📝 Ma’lumot o‘rnida, Yaponiyaning NARO tashkiloti O‘simliklar genetik resurslari Genbanki Dunyoning top 10 ta eng yirik genbanlari ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, u yerda 230 mingdan ziyod o‘simlik navi namunalari saqlanadi.
🔗Muzokaralar yakunida tomonlar samarali va konstruktiv hamkorlikning amaliy jihatlarini kelishib olishdi. Bu esa, sabzavotchilik sohasining rivojlanishida tub burilish yasalishiga turtki bo‘ladi, shubhasiz.
#agrar #hamkorlik #NARO #institut
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram
📌Aytish kerakki, keyingi yillarda qishloq xo‘jaligida zamonaviy ilg‘or tendensiyalarni amalga oshirish va sohaga bozor mexanizmlarini joriy etish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Tashkil etilgan bugungi uchrashuv ham so‘zimiz ayni isboti.
🔗Muzokaralar yakunida tomonlar samarali va konstruktiv hamkorlikning amaliy jihatlarini kelishib olishdi. Bu esa, sabzavotchilik sohasining rivojlanishida tub burilish yasalishiga turtki bo‘ladi, shubhasiz.
#agrar #hamkorlik #NARO #institut
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazida “Yashil makon” umummilliy loyihasi ijrosi
✅Bugungi jahon hamjamiyati tomonidan global ekologik muammolarga qarshi kurashish va barqaror rivojlanishga erishish yoʻlida izchil chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Yurtimizda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” loyihasi ana shunday ezgu qadriyatlarimiz davomiyligini taʼminlash va barqaror rivojlanishga erishishda muhim omil boʻlmoqda.
🖋Shu kabi maqsadlar yoʻlida markazda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida tashkil etilgan “Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi bog‘i”ga mevali va manzarali daraxtlar ekildi.
🌳 Xususan, bog‘ga 120 tupdan ortiq mevali daraxtlar (olma, anor, behi), bundan tashqari qaragʻay va terak kabi manzarali daraxtlar ham ekildi.
🔊 Bizdan keyingi avlod ham munosib tabiiy muhitda yashashlari uchun bugun biz tabiatga mehr va eʻtibor bersak kelajak avlod ham munosib ekologik sharoitda yashaydi. Buning uchun biz yer va suv resurslarini, ekologik tizimni asrash hamda daraxt koʻchatlarini ekib, bogʻ yaratishimiz zarurdir.
#yashil_makon #sertifikatlash