QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
13.7K subscribers
30.2K photos
3.05K videos
7 files
11.7K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Xalqaro maydondagi eksport salohiyati namoyish qilinmoqda

Joriy yilning 5-noyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay shahrida “China international import Expo-2023” VI xalqaro ko‘rgazmasiga start berildi.

🖋O‘zbekiston delegatsiyasi ham mazkur ko‘rgazmaga juda puxta tayyorgarlik ko‘rgan. Mamlakatimiz iqtisodiy quvvatini namoyish etuvchi stenddan qishloq xo‘jaligi sohasi yutuqlari ham joy oldi.

🏠Pavilonimiz boshqalarnikidan ajralib turishi tabiiy. Ochilish marosimi va ilk kun tafsilotlari buni yaqqol tasdiqlamoqda.

📌Tashrif buyuruvchi mutaxassis va xaridorlar diqqatiga mikroko‘katdan tortib, turli iqlim sharoitlariga chidamli o‘simliklar, sabzavot va ekinlar, Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini taqdim etilgan.

🌍Dunyo bozorlariga eksport hajmini yana-da oshirish maqsadida ko‘rgazmada “O‘zbek brendi” nomi ostidagi zaminimiz neʼmatlari namoyish etilmoqda.

🔊Ilk natija yomon emas: 2024-2025 yillarda 30 mln. dollarlik eksportni amalga oshirish bo‘yicha ilk kelishuvlarga erishildi.

#xalqaro_korgazma #qishloq_xojaligi #Xitoy

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🍋 Qish oldidan limon daraxtlariga qanday agrotexnik ishlov berish kerak?

So‘nggi paytlarda limon butun Markaziy Osiyo bo‘ylab issiqxonalarda faol ravishda yetishtirib kelinmoqda. U, ayniqsa, mo‘l hosil olayotgan O‘zbekiston va Tojikistonda keng tarqalgan. Respublikamizda limonchilik sohasida boshqaruv tizimini isloh qilish, shuningdek, limon plantatsiyalari maydonlarini kengaytirish, iqlim sharoitimiz va tashishga yaroqli navlarni yetishtirish hisobiga mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilish hajmini oshirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda o‘zbekistonlik mutaxassislar issiqxona va ochiq maydonda sitrus mevalar ko‘chatlarining yangi navlarini, shuningdek, tugunlarini (ekish uchun tanlangan ikki yillik ko‘chatlar) yetishtirish, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashishga alohida e’tibor qaratishmoqda. Laboratoriyalarda ishlayotgan olimlar, issiqxona mutaxassislari limonning boshqa mamlakatlarga eksport qilish va tashish uchun yaroqli navlarini yaratishmoqda.

🔸 Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari mahalliy navlarning morfologik xususiyatlarini o‘rganib, serhosil va eksportbop navlarni joriy etishmoqda. Ularning fikricha, limonning ikki serhosil “Meyer” va “O‘zbekiston” navlarini issiqxonalar va xandaqlarda yetishtirish tavsiya etiladi. Bu navlar erta hosil beradi.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘z mahsulotini eksport qilayotgan toshloqliklar

🌍Farg‘ona viloyati Toshloq tumanidagi “Varzak” MFY odamlari o‘zining hunarmandlari va oilaviy tadbirkorlik bilan faol shug‘ullanib keladigan, tinib-tinchimas insonlari bilan alohida ajralib turadi. Ular ota-bobolarimizning qadimiy qadriyatlarini bugungi kunda faol davom ettirib kelmoqda.

🔎Ushbu mahalladagi 120 ta xonadon an’anaviy usulda kigiz bosish bilan mashg‘ul Har bir xonadonda bir kunda 200-250 kv. metr kigiz tayyorlash imkoni mavjud. 1 ta xonadonda besh oyda o‘rtacha 12 ming kvadrat metr mahsulot tayyorlanmoqda.

Tayyor mahsulotning asosiy qismi esa eksportga yo‘naltirilgan.

📌Bugungi kunda yangi ijtimoiy issiqxonalarni tashkil qilishda, umuman tadbirkorlik subektlarida issiqxonalarni ishga tushirishda mana shu kigizlarni issiq saqlovchi material sifatida ishlatish mumkin. Uning tannarxi ham ancha arzonga tushadi.

#kigiz #kasanachilik #issiqxona #eksport

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar 24” informatsion dasturida shu kunlarda hosildan bo‘shagan maydonlarga sovuqqa chidamli to‘qsonbosti ekinlarni ekish ishlari amalga oshirilayotgani haqida lavha efirga uzatildi.

Unda Andijon viloyati Baliqchi tumanida bo‘lib o‘tgan amaliy seminarda bog‘dorchilikka ixtisoslashgan femer xo‘jaliklarining yuqori hosil olish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalalari, shu orqali ommalashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgani haqida so‘z yuritilgan.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGIDA IQLIM O‘ZGARISHIGA MOSLASHISH - DAVR TALABI

Poytaxtimizdagi Xalqaro hamkorlik markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi tomonidan Mamlakat platformasi doirasidagi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ishchi guruhining “Qishloq xo‘jaligida iqlim o‘zgarishiga moslashish va sohaning iqlimga salbiy ta’sirini yumshatish” mavzusiga bag‘ishlangan ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Milliy dasturni amalga oshirish chora-tadbirlarining yakuniy loyihasi muhokama qilindi.
Yig‘ilishda Qishloq xo‘jaligi vazirligi va tizim tashkilotlari, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi kabi sohaga aloqador bir qancha vazirlik va tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Tadbir doirasida qishloq xo‘jaligida iqlim o‘zgarishiga moslashish va sohaning iqlimga salbiy ta’sirini yumshatish borasidagi "Yo‘l xaritasi"ning yakuniy muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Unda iqlim o‘zgarishiga bog‘liq holda yer va suv resurslaridan samarali foydalanishni tashkil etish, iqlim o‘zgarishi omillarini hisobga olgan holda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish agrotexnologiyasini takomillashtirish, chorvachilikni iqlim o‘zgarishiga moslashtirish va tarmoqda atmosferaga issiqxona effektini hosil qiluvchi gazlar ajralishini kamaytirish, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va sug‘urtalash tizimini rivojlantirish, iqlim o‘zgarishiga moslashish va unga bo‘layotgan tasirni kamaytirishda jahon tajribalari va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish kabi bir qator yechimlar muhokama qilindi.

#iqlim #ekologiya #islohotlar

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌿 Tokzorlarda qanday kuzgi agrotexnik tadbirlar o'tkaziladi?

Mo‘l va sifatli uzum olish uchun toklarni har yili kesib, ma’lum shaklga keltirib turish zarur. Toklar ikki muddatda: ko‘miladigan toklar kuzda – yig‘im-terimdan so‘ng, ko‘milmaydigan toklar esa asosan bahorda kesiladi. Novdalarining soni va tupda joylanishi tokning o‘sish kuchiga qarab tartibga solib kesiladi. Tok kesib turilganda uning hosilga kirishi tezlashadi, mo‘l hosil berish davri uzayadi, tokzorga ishlov berish va bunda mexanizatsiyadan foydalanish, tokning kasallik va zararkunandalariga qarshi kurash ishlari osonlashadi.

👤 Bu borada Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari o’z tavsiyalarini berib o’tdi.

Xususan, institutning Uzum seleksiyasi va agrotexnologiyalari bo'limi boshlig'i O’tkir Ochildiyev tok novdalari vaqtida kesilmasa keyingi yil ushbu novdalar g’ovlab ketishi mumkinlgini hamda qishda sovuq urishi oqibatida hosildorlik deyarli bo’lmasligini aytib o’tdi.

Novdalarni shunday kesish kerakki, ularni pastki simga bog‘lash mumkin bo‘lsin, zaifroq novdalar 2–3 ta ko‘zcha qoldirib kesiladi. Kelgusida 4–6 ta zang bo‘lishi uchun novdalar qoldiriladi, 9–10 yoshli zang novdalarni yangilash maqsadga muvofiq.

Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti bog'dorchilik va uzumchilikni mexanizatsiyalash bo'limi boshlig'i A'zam Musurmonov tok novdalarini ko’mishda texnikalar muhim o’rin tutishini ayta turib, texnika bilan ko’mish bir necha jarayonni tashkil etishini aytib o’tdi.

#tokzor #kuzgi_agrotexnika #novdalar

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zbek brendi” nomi ostida uzum va uzum mahsulotlari eksport qilinmoqda

Bugunga kelib O‘zbekiston O‘rta Osiyoda uzum va uni qayta ishlash mahsulotlarining asosiy ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Bu soha uchun qulay bo‘lgan iqlimiy shart-sharoitlar qish faslida yaxshi saqlanadigan, uzoq masofaga tashishga moslashgan, shuningdek, har turli vino, sharbat, konsentrat, konyaklar va shampan vinolarini ishlab chiqarishda xomashyo bo‘ladigan kishmish-mayiz, isteʼmol yo‘nalishidagi ko‘plab yuqori sifatli navlarni yetishtirishga imkon beradi.

🌍Jahon bozorida uzumga bo‘lgan talab yil sayin oshib bormoqda.

🇺🇿O‘zbekistonda uzumning ho‘l meva va quritilgan ko‘rinishda (mayiz) eksport qilish imkoniyatlari juda keng. Respublika hududida uzumchilik sanoatini rivojlantirish uchun Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumani, Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari iqlimi juda qulay hisoblanadi.

📌Farg‘ona tumanidagi “Fergana Frans” MCHJ qo‘shma korxonasining mavjud 1203 gektarlik yer maydonida uzum klasteri yaratilgan. Unda uzum yetishtirilib, qayta ishlanadi va vino mahsulotlari tayyorlanadi. Mahsulotlar Rossiya, Latviya, Litva, Ozarbayjon, Xitoy kabi xorijiy davlatlarga “O‘zbek brendi” ostida eksport qilinadi va ichki bozorga ham chiqariladi. Xususan, 2021-yilda korxona tomonidan 2 million 500 ming AQSH dollari miqdorida vino mahsulotlari eksport qilingan.

📝Yillik ishlab chiqarish hajmi 6500 tonna bo‘lgan korxonaga tumandagi 101 ta fermer xo‘jaliklari biriktirilgan.

#uzum #uzumchilik #eksport

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TIZIM TASHKILOTLARIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR SAMARADORLIGI OSHIRILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan  tizim tashkilotlarida  ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, ish yuritish hujjatlarini lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida  yo‘lga qo‘yishning  joriy holatini o‘rganish va amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida vazirlik tizimidagi oliy ta’lim muassasalarining 100 nafarga yaqin professor-o‘qituvchilaridan tashkil topgan 8 ta ishchi guruhi joriy yilning 1-noyabridan boshlab joylarga  yuborildi.  

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil
10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-son qarori 1-ilovasi 21-bandida tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, barcha tashkilotlarda ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish amaliyotini to‘liq joriy qilish belgilangan.

O‘rganish davomida ishchi guruhlar tomonidan amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatilmoqda. O‘rganish natijalari tashkilot va muassasa rahbari bilan bevosita joyida muhokama qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zaruriy choralar ko‘rilmoqda.
 
#davlat_tili #ishchi_guruh #manaviy_marifiy_ishlar

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zbekiston 24” telekanalining “Fakt 24” informatsion dasturida Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan g‘o‘zani takroriy ekin sifatida ham yetishtirish mumkinligi borasida amalga oshirgan ilmiy-tadqiqot natijalari haqida lavha efirga uzatildi.

Unda institutning tajriba maydonida joriy 4-iyun kuni dalaga takroriy ekin sifatida chigit qadalganligi va oktyabr oyining ikkinchi 10 kunligidan boshlab paxta qiyg‘os ochilgani haqida so‘z yuritilgan.

#repost

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM